O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik – pedagogika instituti muhandislik – texnika fakulteti


Mexnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana03.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#314830
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
organik yokilgida ishlaydigan energetik kurilmalarni atrof-muxitga tasirini organish

Mexnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi 

Elektr toki bilan ishlaganda  hayot faoliyoti xavfsizligi. 

 

Elektr  tokining  kishi  organizmiga  ta’siri.  Elektr  toki  kishi  organizmidan  o‘tganida 



muskullarni  qisqartiradi  va  badanni  kuydiradi.  Muskullarning  qisqarishi,  kishining  nafas  olishi 

va yurakning xarakati to‘xtaydi. 

 

Odamning  elektr  toki  bilan  shikastlanishi  elektr  jarohati  va  elektr  (tok)  urishiga  farq 



qiladi.  Elektr  jarohatiga  kuyish,  elektr  yoy  bilan  ko‘zning  zararlanishi,  elektr  toki  bilan 

shikastlanishi  oqibatida  odamning  xushini  yo‘qatish  natijasida  yiqilishi  tufayli  vujudga  kelgan 

sinish, chiqish va shunga o‘xshash mexanik shikastlanishlar kiradi. 

 

Elektr toki urganda odamning ichki a’zolari shikastlanadi. Elektr toki urishi uncha katta 



bo‘lmagan  25-100  mA  toklarda  sodir  bo‘ladi.  10mA  gacha  bo‘lgan  tok  inson  hayoti  uchun 

xavfsiz  bo‘lib,  yoqimsiz  sezgi  xosil  qiladi.  Agar  tok  10-25  mA  dan  oshsa,  qo‘l  muskullari 

tortishib  qolishi  mumkin.  Natijada  odam  o‘zini  tok  o‘tkazuvchi  qismdan  mustaqil  ajratib 

olmaydi. Bunday tok 15-20 sekundan ko‘p ta’sir qilsa odamning nafas olishi qiyinlashib, butkul 

to‘xtashi  mumkin.  Agar  tok  100  mA  va  undan  ko‘p  bo‘lsa,  odamni  darxol  o‘ldiradi.  Odam 

tanasidan o‘tuvchi tok miqdori teshib ketish kuchlanishi va chastotasiga hamda odam tanasining 

elektr  qarshiligiga  bog‘liq.  Odam  tanasining  elektr  qarshiligi  uning  kayfiyatiga,  vazniga, 

jismoniy  chiniqqanligiga,  terisining  holatiga  va  boshqalargi  bog‘liq.  Odam  terisi  quruq  va 

shikastlanmagan bo‘lganda uning elektr qarshiligi 10-100 kOm atrofida bo‘lali. Shuning uchun 

xavfsiz kuchlanishining qandaydir miqdori to‘g‘risida gapirishi juda qiyin. Elektr qurilmalarini 

ishlatishdagi  ko‘p  yillik  tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki,  eng  yomon  sharoitli  xonalar  12V  dan 

kichik  xamda  quruq  va  toza  xonalar  uchun  36  V  dan  kichik  kuchlanishlarni  xavfsiz 

kuchlanishlar  deb  xisoblash  mumkin.  Shuningdek,  quruq  xonalarda  odam  tanasining  elektr 

qarshiligi bir necha o‘n ming Om ga yetadi. Bu xolda 100 V atrofidagi kuchlanish xam xavfsiz 

bo‘lishi mumkin. 

 

Elektr qurilmalarining qoidalariga atrof  muxit sharoitlariga qarab quyidagi kuchlanishlar 



belgilangan: 36 va 12V li elektr qurilmalar  – kichik kuchlanishli qurilmalarga kiradi. 65 V dan 

250  V  gacha  qurilmalar  past  kuchlanishli  qurilmalarga,  agarda  elektr  kuchlanishi  250  V  dan 

katta bo‘lsa yuqori kuchlanishli qurilmalarga kiradi. 

 

Xavfsizlik  texnikasida  ko‘zda  tutilgan  qator  ximoya  vositalari  va  tadbirlarini  qo‘llash 



elektr qurilmalarining xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Bunday tadbirlarga xamma tok o‘tkazuvchi 

qismlarini  maxsus  himoya  to‘siqlari  yordamida  himoyalash,  elektr  qurilmalarini  yerga  yoki 

nolga  ulash  vositasiga  biriktirish,  ximoyalovchi  tagliklar,  rezina  kalish,  qo‘lqop  va  boshqa 

himoyalovchi vositalarni qo‘llash, kamaytirilgan kuchlanishdan foydalanish kabilar kiradi

  



Elektr tokidan shikastlanish sabablari: 

-  tok  o‘tkazuvchi  qismlarga,  ochiq  simlarga,  elektr  mashinasining  kontaktlariga 

rubil’niklarga,  saqlagichlar  va  kuchlanish  manbaiga  ulangan  boshqa  apparat  va  asboblarga 

(ularning tok o‘tkazuvchi qismlariga) tegib ketganda; 

- elektr qurilmalrining aslida kuchlanish ostida bo‘lmagan, biroq izolyatsiya buzilganligi 

natijasida kuchlanish ostida bo‘lgan qismlariga tegib ketganda; 

- elektr qurilmasining  qismlari bo‘lmagan,  biroq tasodifan kuchlanish ostida bo‘lgan tok 

o‘tkazuvchi narsalar (masalan, nam devor) ga tekkanda; 

-  elektr  tarmog‘ining  uzilgan  simi  yerga  tegib  qolgan  joyga  yaqinlashganda  kishini  tok 

urishi mumkin. 

 

Kishi  organizmining  biror  qismi  elektr  tokiga  tegsa,  badanning  ikki  nuqtasidagi 



potensiallar bir – biridan farq qiladi. 

 

Elektr apparatdan ancha narida kishi organizmining hamma nuqtalaridagi elektr potensial 



nolga  teng  bo‘ladi.  Ammo  kishi  potensiali  bo‘lgan  elektr  apparatiga  yaqinlashsa,  u  elektr 

maydoni ta’siridagi zonaga tushib qoladi, chunki kuchlanish ostida bo‘lgan elektr apparatining 

qismlari atrofida doimo elektr maydoni mavjud bo‘ladi . 



 

Kishi  organizmining  tokka  tekkan  eng  yaqin  nuqtasining  potensiali  noldan  farq  qiladi, 

organizmning  elektr  potensiali  nolligacha  qoladi.  Ana  shunday  vaqtda  kishi  organizmi  ikki 

nuqtasining elektr potensiallari bir –biridan farq qiladi. Bu holda kishi organizmidan tok o‘tadi. 

 

Amalda ko‘pchilik hollarda 127, 220 va 380 vol’tli elektr apparatlari bilan ishlayotganda 



xavfsizlik  qoidalariga  qatiy  rioya  qilish  zarur.  Aks  xolda  ko‘ngilsiz  xodisalar  ro‘y  berishi 

mumkin.  Statistika  ma’lumotlariga  ko‘ra  ko‘pchilik  baxtsiz  xodisalar  past  kuchlanishli  elektr 

apparatlariga to‘g‘ri keladi. 

Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish. 

  

Elektrdan shikastlanishning oldini olish uchun himoya vositalari: rezina qo‘lqoplar, rezina 



etiklar, rezina gilamchalar, izolyatsiyalovchi shlanglar va shunga o‘xshashlar ishlatiladi. Elektr 

mantaj  ishlarida  ishlatiladigan  metall  dastali  asboblarning  dastalariga  izolyatsiya  trubkalari 

kiydiriladi. 

 

Elektr  tokidan  shikastlanishdan  ogoxlantirish  uchun  “Kirmang,  xayot  uchun  xavfli”, 



“Ulamang, odamlar ishlashmoqda” deb yozib qo‘yilgan va boshqa plakatlardan foydalaniladi. 

 

Plakatlar  odatda  elektr  qurilmalari  joylashgan  binoning  eshik  va  devorlariga,  elektr 



shchitlar,  rubilniklar,  elektr  uzatish  liniyalarining  tayanchlariga  va  boshqa  joylariga  osib 

qo‘yiladi

  





 

Elektr qurilmalarini mantaj qilish va ta’mirlashda qator talablarga rioya qilish kerak: 

- barcha elektr qurilmalari ularning tok o‘tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketmaslik 

choralari ko‘rilgan xolda o‘rnatilishi lozim; sim va kabellar yaxshi izolyatsiyalangan, barcha tok 

o‘tkazuvchi  qismlari g‘ilof, qutilar, shkaflar singari ximoya  to‘siqlari bilan berkitilgan bo‘lishi 

kerak; 


- elektr jixozlarining tok o‘tishi mo‘ljallanmagan metall qismlari simlar yordamida yerga 

ulanishi kerak. Yerga ulangan tok o‘tkazishga mo‘ljallanmagan, biroq kuchlanish ostida bo‘lib 

qolgan simlarga tasodifan tegib ketganda uncha zarar bermaydi. Yerga ulovchi sim qarshiligi 4 

Omdan ortiq bo‘lmasligi kerak; 

- elektr qurilmalarida kuchlanish bo‘lganda ularni montaj qilish va ta’mirlash man etiladi. 

Bu  ishlarni  bajarishdan  oldin  tekshirish  lampochkasi  yoki  kuchlanish  ko‘rsatkichi  yordamida 

kuchlanish yo‘qligi aniqlab olinishi lozim. 

Elektr apparatlarni yerga ulash. 

 

Elektr  apparatlarining  tok  o‘tib  turmaydigan  yoki  normal  ravishda  kuchlanish  ta’sirida 



bo‘lmaydigan metall qismlari yerga ulanadi. 

 

Elektr  apparatlarini  yerga  ulashdan  maqsad  shuki,  tok  o‘tib  turgan  appartning  biror 



qismiga qo‘li tegib qolsa ham yerga nisbatan elektr kuchlanish hosil bo‘lmaydi, shuning uchun 

tokli appartga tegib ketish xech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bunday xolda elektr apparatning tok 

o‘tib turadigan qismi yerga tutashgan bo‘ladi. 

Quyidagilar yerga ulanish kerak: 

  

-elektr  dvigatellari,  transformatorlar,  turli  kattalikdagi  to‘g‘rilagichlari,  kuchaytirgichlar 



va boshqa elektr apparatlarining metall korpuslari; 

-elektr apparatlarining metall o‘tkazgichlari; 

-taqsimot shchitlari; 

  

-kabellarning metall qoplamalari; 



  

-razryadniklar va himoya apparatlari; 

  

Kuchlanish  220/380V  bo‘lgan  elektr  apparatlarning  nolinchi  simi  tarmoqni  elektr 



energiya  bilan  ta’minlovchi  yo‘nalishi  bo‘ylab  ko‘p  marta  yerga  ulangan  generator  yoki 

transformatorning  yerga  ulangan  simiga  ulanadi.  Bunda  elektr  apparatlarning  yerga  ulanishi 

kerak  bo‘lgan  qismlari  nolinchi  simga  ulangan  bo‘ladi.  Liniya  simlarning  birortasi  uzilib, 

armaturaning yoki elektr dvigatelining yerga ulangan metall qismiga tegib qolsa, generator yoki 

transformatordan shikastlanish joyigacha bo‘lgan zanjirida juda katta tok vujudga keladi. Bu tok 

qisqa tutashish tokidan iborat. 




 

Qisqa tutashish toki shu zanjirdagi saqlagichni tezda kuydiradi, natijada iste’molchida tok 

bo‘lmaydi.  Elektr  apparatlarini  yerga  ulashda  tabiiy  yerga  ulashdan,  masalan,  bino  va 

inshootning  yerga  yaxshi  tegib  turgan  metall  konstruksiyalari,  yerga  ko‘milgan  vodoprovod 

trubalari va shu kabilardan foydalaniladi. 

Elektr qurilmalarida qo‘llanniladigan ximoya vositalari. 

 

Elektr  qurilmalarini  ishlatish  jarayonida  ko‘pincha  shunday  sharoit  yuzaga  keladiki, 



bunda  ular  xatto juda  mukammal  bo‘lsa  ham, ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlay olmaydi 

va  qo‘shimcha  himoya  vositalaridan  foydalanishga  to‘g‘ri  keladi.  Himoya  vositalarini  shartli 

ravishda uch guruhga: ihotalovchi, to‘suvchi va yordamchi vositalarga bo‘lish mumkin. 

 

Ihotalovchi  vositalar  odamga  tok  o‘tkazuvchi  yoki  ulangan  qismlardan,  shuningdek, 



yerdan elektr toki o‘tmasligini ta’minlaydi. Ular asosiy va yordamchi vositalarga bo‘linadi. 

 

Asosiy  ihotalovchi  himoya  vositalari  uzoq  vaqt  mobaynida  elektr  qurilmasining 



kuchlanishga  chidash  xossasiga  ega,  shu  sababli  ular  vositasida  kuchlanish  ostida  bo‘lgan  tok 

o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi: 

 -kuchlanishi  1000  V  dan  oshmaydigan  elektr  qurilmalarida  –  elektr  o‘tkazmaydigan 

rezina qo‘lqoplar, dastasi ihotalangan asboblar va tok izlagichlar; 

-1000  V  dan  yuqori  kuchlanishli  elektr  qurilmalrida  –  ihotalovchi  shtanglar,  ihotalovchi 

va tok o‘lchash ombirlari, shuningdek, yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi taxtachalar. 

Qo‘shimcha ihotalovchi himoya vositalariga quyidagilar kiradi:  

-kuchlanishi  1000  V  dan  oshmaydigan  qurilmalarda  –ihotalovchi  poyandozlar  va 

tagliklar; 

-kuchlanishi 1000V dan katta bo‘lgan qurilmalarda –rezina etiklar va tok o‘tkazmaydigan 

qo‘lqoplar. 

Ihotalovchi  shtanglar  bir  qutbli  ajratgichlarni  uzib  qo‘yish  va  ulashga  mo‘ljallangan. 

Ihotalovchi  ombirlardan  kuchlanish  ostida  bo‘lgan  naychasimon  saqlagichlar  bilan  ishlashda 

foydalaniladi.  Tok  o‘lchash  ombiri  ko‘chma  asbob  bo‘lib,  u  sim,  shina  va  shu  kabilardan 

o‘tayotgan tokning elektr zanjirini tarmoqdan uzmasdan o‘lchash uchun ishlatiladi. 

Yuqori  kuchlanishni  ko‘rsatuvchi  asbobdan



 

1000  V  dan  yuqori  kuchlanishli  elektr 

qurilmalarining  tok  o‘tkazuvchi  qismlarida  kuchlanish  borligi  yoki  yo‘qligini  aniqlashda 

foydalaniladi.  Bunday  tekshiruv,  masalan,  uzib  qo‘yilgan  tok  o‘tkazuvchi  qismlarda  ishni 

boshlashdan  oldin,  albatt  o‘tkazilishi  lozim.  Tok  izlagichlarning  vazifasi  ham  yuqori 

kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob kabidir, ammo ular kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr 

qurilmalarida qo‘llaniladi. 

Rezinadan  tayyorlangan  tok  o‘tkazmaydigan  himoya  vositalari  –  qo‘lqop 



,

  rezina  etik, 

kalish    va  poyandozlar    asosiy  himoya  vositalari  yordamida  bajariladigan  ishlarda  qo‘shimcha 

sifatida  ishlatiladi.  Bundan  tashqari,  qo‘lqoplardan  1000  V  gacha  kuchlanish  ostida 

ishlayotganda, shuningdek, ajratkichlar, uzgichlar  bilan bog‘liq ishlarda elektr o‘tkazmaydigan 

kalish va rezina etiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita sifatida ham foydalaniladi. 

Elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqop, kalish, rezina etik va poyandozlar elektr o‘tkazmaydigan 

maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta’siriga juda chidamli bo‘ladi. Ihotalovchi tagliklar 

taxta to‘shama  va chinni oyoqchalardan tashkil topadi. Elektr o‘tkazmaydigan poyandozlar kabi 

tagliklar ham elektr qurilmalari bilan bog‘liq turli ishlarni bajarishda ihotalovchi ashyo sifatida 

ishlatiladi. Ular zax xonalarda qo‘llaniladi. Asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari doimo 

birgalikda ishlatilishi kerak. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan ximoya 

vositalari vaqti-vaqtida elektr, ayrim xollarda esa mexanik mustaxkamlikka ham, albatta, sinab 

turilishi darkor  

Elektr tokidan shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish. 

 

Hozirgi  zamon  tibbiyoti  elektr  tokidan  shikastlanganlarga  samarali  yordam  ko‘rsatish 



uchun ko‘plab mukammal vositalarga ega. Ammo elektr qurilmalarida ishlaydigan xar bir kishi 

to  tibbiyot  xodimlari  yetib  kelguniga  qadar,  elektr  tokidan  shikastlanga  birinchi  yordam 

ko‘rsatishni  bilish  kerak.  Ko‘ngilsiz  xodisa  yuz  berganda  ko‘rsatiladigan  birinchi  yordam  ikki 



bosqichdan:  shikastlangan  odamni  tok  ta’siridan  xalos  qilish  va  tibbiy  yordam  ko‘rsatishdan 

iborat.  Ammo  odamda  xayot  alomatlari  sezilmasa  –  nafas  olmayotgan,  yuragi,  qon  tomiri 

urmayotgan  bo‘lsa  ham  yordam  ko‘rsataverish  kerak,  chunki  klinik  o‘lim  bir  necha  minut 

davom etadi. Shu vaqt ichida unga yordam ko‘rsatishga ulgurish lozim. 

 

Shikastlangan  odamni  tok  ta’siridan  bir  necha  usullar  bilan  xalos  qilish  mumkin.  Eng 



oddiy usul – elektr qurilmasining tegishli qismlarini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish. Agar buni 

tezda  amalga  oshirishning  imkoni  bo‘lmasa,  u  xolda  kuchlanish  1000  V  dan  oshmaganda 

simlarni kesib tashlanadi. 

 

Bu xollarda yordam ko‘rsatayotgan kishi simlarni dastasi tok o‘tkazmaydigan asbob bilan 



yoki elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqop kiyib uzish, bunda xar qaysi simni alohida  –alohida kesish 

kerak.  Tok  urgan  odamga  tegib  turga  simni  olib  tashlash  uchun  tok  o‘tkazmaydigan  quruq  

yog‘och, tayoq, taxta va boshqa narsalardan foydalanish mumkn. Kuchlanish 1000 V dan katta 

bo‘lganda  bu  maqsadda  elektr  o‘tkazmaydigan  qo‘lqop,  rezina  etik,  zarur  hollarda  esa 

ihotalovchi shtang yoki ombirda foydalanish kerak. Shikastlangan kishini elektr ta’siridan xalos 

etgandan so‘ng uni o‘sha joyning o‘zida darxol yordam ko‘rsatish zarur.                

 



 

 

 



 

Xulosa 


Men diplom loyihasini bajarish davomida quyidagi xulosalarga keldim. 

1.

 



Organik yoqilg‘ilarning turlari tahlil qilindi. 

2.

 



Birlamchi va ikkilamchi hamda issiqlik energetika resurslari keltirib o‘tildi. 

3.

 



Yoqilg‘ining  yonish  jarayonida  ajralib  chiqadigan  turli  moddalarning  zarari 

keltirildi. 

4.

 

Issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning usullari keltirib o‘tildi. 



5.

 

Yoqilg‘i-energetika  majmuasi  tarmoqlarining    atrof-muhitga  ta’siri  va  uni 



pasaytirish yo‘llari tahlil etildi.  

6.

 



Turli texnologiyalar asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish qiymati keltirildi. 

7.

 



Havo iflochlanishini dunyo aholisining kasallanishiga ta’siri o‘rganildi. 

8.

 



IES va atmosfera o‘rtasidagi ta’sir o‘rganildi. 

9.

 



IES chiqindilarining tarkibi o‘rganildi. 

10.


 

O‘txonalarda azot oksidlarini kamaytirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. 





Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish