6.6. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi
Korxonalarning xalqaro bozorga chiqishlarini asosiy sabablari quyidagilardir:
yangi bozorlarni egallash,
boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xuquqini olish yoki yana xam past xarajatlarga erishish zaruriyati.
Sanab o’tilgan xar bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat strategiyalarini ishlab chiqishga milliy bozorlardagiga qaraganda ancha qattik talablar quyadi. Bir mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning didlari, sotish kanallari, o’sish istiqbollari, xarakatlantiruvchi kuchlar va raqobatchilarning ta’ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan qanchalik farqlanishi kiradi. Bundan tashqari bunday farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari xam kiradi.
1. Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini xar-xilligi.
2. Valyuta kurslarining o’zgaruvchanligi.
3. Xukumatlarning savdo siyosati.
4. Xalqaro raqobatning xarakteri.
Xalqaro bozorda raqobat global va ko’p millatli bo’ladi. Turli milliy bozorlarda raqobat sharoitlari bir-biri bilan o’zviy bog’langan taqdirda global raqobat mavjud bo’ladi. Bu esa xaqiqatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global raqobatning mavjud bo’lish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilg’or korxonalar o’zaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Ko’p millatli raqobat davomida korxonalar milliy bozorda ilg’orlik uchun kurashadilar, global raqobatda esa korxonalar dunyo miqyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Dunyo bozorida korxona faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud bo’ladi:
1. CHet el korxonalariga uning mahsulotini ishlab chiqarish uchun uning xususiy texnologiyalaridan foydalanish xuquqini berish.
2. Milliy ishlab chiqarishni mustaxkamlash va xorij bozorlariga tovarlar chiqarish.
3. Ko’p millatli strategiya tomon yul tutmoq. Bunda korxona o’z faoliyatini amalga oshirayotgan xar bir davlat uchun aloxida strategiya ishlab chiqadi. Ayni paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va raqobat sharoitlariga mos kelishi kerak.
4. Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmoq.
5. Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmoq.
6. Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmoq.
Kompaniya mustaxkam mavqega ega bo’lgan va katta foyda olayotgan mamlakat bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng daromadli bozor bo’lib xisoblanadi. CHunki yapon qonunchiligi tomonidan yaratilgan savdo tusiqlari uni xorijiy raqobatchilardan samarali ximoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |