O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika isntituti “menejment” kafedrasi


Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi



Download 0,52 Mb.
bet67/80
Sana02.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#312549
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Bog'liq
strategik menejment

7.5. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi
Diversifikatsiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh tarmoqlarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversifikatsiyalash strategik muvofiqlikdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Strategik muvofiqlik turli korxonalar o’xshash ishlab chiqarishga ega bo’lgan taqdirda mavjud bo’ladi. Bu esa quyidagilar uchun imkoniyat yaratadi:

a) maxorat va tajribani bir korxonadan boshqa korxonaga o’tkazish;

b) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida turlicha bo’lgan ishlab chiqarishni yagona tizimga birlashtirish.

Strategik muvofiqlikka asoslangan aloqalar ishlab chiqarish sohasida, personal maxoratiga bo’lgan talablarda, materail resurslar va ta’minotchilarning manbalarining yagonaligida, detallar va komponentlarni birgalikda ishlab chiqarish uchun saloxiyatda, o’xshash ishlab chiqarish usullari va boshqaruv nou-xaularida, marketing va mahsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni qo’llashda, bir xil ulgurji xaridorlar va chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish saloxiyatida, shuningdek umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada namoyon bo’ladi.

Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash xaqiqatda jozibali ko’rinadi. U mavjud ishbop faollik darajasini saqlab qolish, maxorat va tajribani o’rgatish xisobiga raqobat ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi korxonalar bilan bo’lishish imkoniyatini beradi.

Qachonki ikkita korxonaga raxbarlik qilish, ularning aloxida faoliyat ko’rsatishiga nisbatan arzonga tushsa, shundagina turdosh diversifikatsiyalashda faoliyat miqyoslaridagi tejamkorlik mavjud bo’ladi.

Turdosh tarmoqlar o’rtasidagi strategik muvofiqlik quyidagilar xisobiga raqobat ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi:

a) ancha past ishlab chiqarish xarajatlari.

b) bir tarmoqdan ikkinchisiga asosiy malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar, boshqaruv nau-xaularini samarali o’zatish.

v) umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari.

Biznesning yaqin sohalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat ustunligi individual ishlab chiqarishga qaraganda qushimcha saloxiyat beradi.

Raqobat ustunligining qushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi bo’yicha 2+2=5 samarasini olish imkonini beradi.

Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalashning eng tarqalgan yo’llari quyidagilar:


  1. Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin bo’lgan tarmoqlarga kirish.

  2. Turdosh texnologiyalardan foydalanish.

  3. Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turlariga o’tkazish.

  4. Yangi mahsulotga korxonaning nomi va istemolchilarning ishonchini o’tkazish.

  5. Faoliyatning asosiy turini quvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish