10.6. Yevropadagi iqtisodiy uyushma
Yevropadagi iqtisodiy uyushma (Yevropeyskoe ekonomicheskoe soobshestvo – YeES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. YeeSning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushmada olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Yevropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlatlar orasida bojxonalar yo‘q qilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotlarning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham, ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi.
1972 yili bu uyushmaga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa YeeS tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlyandiya va Shvetsiya) vakillari bilan to‘ldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga yetdi. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy uyushmasining doimiy idorasi – Yevropa kengashi (Yes) hisoblanadi. Yesning Vazirlar Kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan.
Yevropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi (YOUS) ham kiradi.
Yevropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bular esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standarlariga mos keladi.
Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qumitasi (SEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Yevropa qumitalari (SENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standartlar sinov laboratoriyalarining sertifikatlashtirish va laboratoriyalarni akkreditlash faoliyatlariga bag‘ishlangan.
10.7. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti
Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti (ASMO) arab iqtisodiy birligining Kengashi qaroriga binoan 1965 yil 12 dekabrda tashkil qilindi.
ASMOning huquqiy holati 1967 yil 24 iyulda tan olindi. Tashkilot Bosh qumitasining birinchi majlisi 1968 yil 21 martda bo‘ldi, bu sana uning faoliyatini boshlanishi bilan tavsiflanadi. Bu tashkilotning yaratilishidan maqsad – standartlashtirish, metrologiya va turli sohalarda sifatni boshqarish bo‘yicha ishlar olib borish; standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish doiralarida ishlayotgan xodimlarning malakasini oshirish hamda bu sohalarda hujjatlar va axborot masalalari bilan shug‘ullanishdir. ASMOning Oliy idorasi Bosh qumita bo‘lib, u tashkilot a’zolarining vakillaridan tashkil topgan. U har yili o‘z majlisini o‘tkazadi. ASMO rasmiy ravishda – arab, ingliz, frantsuz tillarida ish olib boradi. Uning joylashgan o‘rni Ummon (Iordaniya)dir. U turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlamoqda, bularga YunesKO, ISO, XEK, MOZM, YeoK lar kiradi. ASMOning hujjatlari «Standartlashtirish» jurnalida uch tilda nashr etilmoqda; ASMO – Informative Bookeet; Promotion of Industrial Standartization; Quality Control Glossary. Bundan tashqari standartlashtirish va metrologiyaga oid risolalar; rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyot darajasini oshirishda mahsulot sifatini boshqarish va boshqa ishlar kiradi.
Nazorat savollari:
Metrologik xalqaro tashkilotlar nomlarini sanang.
Metrologik xalqaro tashkilotlarning asosiy vazifasi nima
Xalqaro tashkilotlarning kengaytmasini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |