5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish;
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |