2.3. 3- sinf ona tili darslarida gap mavzusi yuzasidan qo‘llaniladugan metodlar.
Ifoda maqsadiga ko`ra gaplar 1) darak gaplar, 2) so`roq gaplar , 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo`linadi.
Navbatdagi rejada darslik bilan ishlanadi. 1-2-topshiriqlarda berilgan sharti asosida bajariladi. Ushbu reja Bu meniki usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar har bir varaqda alohida yozilgan gaplarni tanlab, ularning turini aniqlashadi
1-topshiriq
1-guruh (darak gaplar)
2-guruh (so`roq gaplar)
3-guruh (buyruq gaplar)
4-guruh (istak gaplar)
Gapning ma’no jihatdan turlariga misollar toping.
1.Mana senga qog`oz bilan qalam, shunga sen bitta e’lon yozasanmi?
2.Qani endi hamma ham sizday bo’lsa…
3.Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk
4. Qani til bo`lsa-yu,u bilan suhbatlasha olsam…
2- topshiriq
Namoyish qilindi, tomosha qildingizmi, o`qib chiqing, bilsa edi fe`l shakllarini kesim vazifasida qo`llab, gaplar tuzing va ularni ifoda maqsadiga ko`ra qaysi turga kirishini ayting . Ushbu topshiriqda 4 tala guruhga bittadan misol berib, ularni gapga aylantirish va turini aytish talab etiladi. Bu topshiriq yozuv taxtasida bajariladi Masalan,
Bugun maktabimiz dargohida O`zbekiston Respublikasi bayrog`ining tashkil etilgan kuniga bag`ishlab ajoyib tadbir namoyish qilindi. (darak gap)
Maktabimizda nishonlangan bayramni tomosha qildingizmi? (so`roq gap)
IV. Mustahkamlash. ( Ijod gulshanida ifoda maqsadiga ko`ra gap turlarining berilishi)
Masalan: Nega buncha go`zal ko`rinar olam?
Nega qarab to`ymas ko`zlarim?
Nega jo`sh uradi, ko`piradi qon?
Nega misdek qizir yuzlarim?
(she`riyatda so`roq gaplardan foydalanilgan)
Bu rejani amalga oshirishda 1-guruh Yosh tilshunoslar guruhiga she`riyatda , 2-guruh “Vatan g`unchalari”guruhiga topishmoqlarda, 3-guruh Tafakkur guruhiga maqollarda , 4-guruh Kamolot guruhiga esa hikmatli so`zlar va ibratli fikrlarda ifoda maqsadiga ko`ra gap turlarining berilishiga misollar topish tayinlanadi
Shundan so`ng Ravon so`zlashaylik rejasida slayd orqali darslikdagi rangli tasvir qatorida har bir guruhga alohida rangli tasvir ko`rsatiladi va matn tuzish talab etiladi. Matnda qo`llangan darak, so`roq, buyruq va istak gaplarni aniqlash topshiriladi. O`quvchilar o`z guruhlari bilan o`zaro matn tuzishga kirishishadi va og`zaki matnlarini bayon etishadi. Bunda Fikrni davom ettiring usulidan foydalaniladi.
So`ng o`quvchilarimizning mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini bilish maqsadida test olinadi va g`olib guruhlar aniqlanadi. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlanadi
Test
1. Ifoda maqsadiga ko`ra gaplar qanday turlarga bo`linadi?
a) darak gap, so`roq gap
b) sodda va qo`shma gap
s) buyruq gap , istak gap
d) a va s javoblar to`g`ri
2. Komil insonlardagi oliyjanob xislat- unutmaslik . Berilgan gapning ifoda maqsadiga ko`ra turini aniqlang.
a) buyruq gap
b) darak gap
s) istak gap
d) so`roq gap
3. Kesimi sa shaklidagi fe`llar orqali ifodalangan gaplar qanday gaplar hisoblanadi?
a) darak gap
b) so`roq gap
s) istak gap
d) buyruq gap
4Agar sharmisor bo`lmayin desang, qilmagan ishingni qildim dema. (Qobusnomadan) Berilgan gapning ifoda maqsadiga ko`ra turini aniqlang.
a) istak gap
b) buyruq gap
s) qo`shma gap
d) yoyiq gap
5. So`roq gaplar nimalar vositasida ifodalanadi?
a) so`roq olmoshlari
b). so`roq yuklamalari
s) so`roq ohangi
d) a,b,s, javoblar to`gri
Javoblar
1.D 2.B 3.S. 4.B 5. D
V. Baholash Demak, aziz o`quvchilar biz bugungi darsimizda gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha olgan bilimlarimizni mustahkamladik, deb yakunlaydi va uy vazifasini topshiradi. G`olib guruhlar aniqlanadi va dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Ta’lim to’g’risidagi qonun ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” ta’lim berishning yangi usullarini izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan. Boshlang’ich ta’lim jarayonida turli usullardan foydalaniladi. Lekinbir usul borki, bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi yaqinlikni ta’minlaydi, darsning mana shu jarayoni “o’yin”deb ataladi.
Bunda deyarli barcha o’quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o’quvchilar nimadir o’rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a’lochi ham, o’rta o’quvchi ham, past o’zlashtiruvchilar ham sergak tortadi. Chunki sinfda o’tirgan bolajonlar yaqindagina o’yinlar olamiga kelgan. Agar o’qituvchi ta’limiy o’yinlarni o’ynab qiziqarli qilib o’tkazsa bolada “hayratlanish”tuyg’usi uyg’onadi, ta’lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o’quvchilarning yodidan chiqmaydi va o’yindan ko’zda tutilgan maqsad shakllana boradi. O’yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo’lib, ular ta’limiy va tarbiyaviy.
Ta’limiy ahamiyati shundaki,bolalarda o’qituvchi tomonidan berilayotgan bilim,malakalar o’yin orqali o’zlashtiriladi. Bolalarga singdirilayotgan bilim,ko’nikma va malakalar orqali axloqiylik,mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi sifatlari shakllantiriladiva tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Ta’limiy o’yinlarning bir necha turlari mavjud. Ular Grammatik, didaktik topishmoqli, muammoli o’yinlardir. Boshlang’ich sinflarda ishlash jarayonida o’ylashga, yangi o’quv vositalarini izlab topishga, ijod qilishga to’g’ri keladi. O’yinlarning jozibali nomlari bolalarni diqqatini tortadi, ularni charchatmaydi,darsga nisbatan ijodiy hissiyotlar uyg’otadi. Dars uchun muayyan bir o’yin tanlar ekanmiz, quyidagi berilgan o’yinlardan mosini olishimiz yoki shu kabi o’yinlarni ijodiy ravishda qo’llashimiz mumkin. Har bir darsning mavzusiga qarab didaktik yoki ta’limiy o’yinlarni tanlasak maqsadga muvofiq bo’ladi, to’g’ri tanlangan o’yin darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Masalan:
“TOPOG’ON” o’yini
1.Tulki, sichqon, mazali non, qochdi,dum, yong’oq, daraxt;
2.xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, darto, osmon;
3.ovchi, tulki, qafas, kabutar, dala, gul;
Berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing va bu gaplardan foydalanib matn yarating.
“MEVA SALATI”harakatli o’yin
Sinf o’quvchilaribesh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar,ya’ni “olma”,”nok”,”shaftoli”,”behi”,”anor”.
Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorrlashini aytsa, o’quvchilar belgilangan meva nomlariga ko’ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo’sh o’rinlardan biriga tez o’tirib olishi kerak. O’tirolmay qolgan o’quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O’yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi:”Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman”-deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o’rinlarini almashtiradilar.
“Quyosh”metodi
Bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya’ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga birinchi guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa birinchi guruh a’zolarining ma’lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo’yicha qolgan joylarini to’ldiradilar. Ikkala guruh bir-birlarining javoblarini nazorat qilishlari talab qilinadi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogik texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. Shunga ko‘ra pedagogik texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.
Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogik texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq deb o‘ylayman.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boy faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.
bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |