Kurs ishining asosiy maqsadi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi jamiyatning siyosiy tizimi, ijtimoiy, siyosiy jarayonlar va siyosiy
hokimiyat hamda uning tarkibiy qismlari, siyosiy partiyalar, va boshqa ijtimoiy,
siyosiy tashkilotlar ularning o‘zaro munosabatlarini chuqur tahliliy o‘rganish.
Shuningdek, ushbu kurs ishida istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar ularning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini to’la ochib berishga harakat qilindi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib kurs ishi oldida quyidagi vazifalar qo'yildi:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda faol
ishtirok etish.
Talabada O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida, mahalla va
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o‘rni haqidagi tushunchalarni berish.
Fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish.
Talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish.
Fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |