27-jadval
Havo transporti.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga chuqur kirib borishi bilan havo transporti dolzarblik qilmoqda.
"O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi turli tipdagi havo transporti vositalariga ega. Jumladan unda qishloq xo’jalik ishlariga mo’ljallangan AN-2, mahalliy yo’llarda qatnaydigan AN-24, YaK-40, xalqaro yo’nalishlarda qatnaydigan IL-76, IL-63, IL-86, TU-154, BOING, A-310 kabi samolyotlar bor. Vertolyot parkida esa MI-2, MI-8, ISA-26, kabi mashinalar bo’lib, ulardan mamlakat muassasalari, metereologiya, geologiya-qidiruv ishlarida keng foydalaniladi.
Mamlakat havo transporti xizmatini yaxshilash masalasi o’z-o’zidan aeroportlarning har xil yangi tipdagi samolyotlarni qabul qilishiga ko’ra jihozlanishi va ta’mirlanishini taqozo qilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 12 ta zamonaviy aerovokzal (aeroport) bor. Ular Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Nukus, Termiz, Urgansh, Farg’ona, Qarshi, Qo’qon shaharlarida joylashgan. Shuningdek har bir viloyatdagi yirik shaharlarda mahalliy yo’llarda qatnaydigan o’nlarsha aerovokzallar mavjud.
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston havo transportining xizmat ko’rsatish ko’lami nihoyat darajada kengaydi. Endilikda O’zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Hamdo’stlik jamiyatining barcha davlatlari va yirik shaharlari bilan havo transporti aloqasiga ega. Shuningdek respublikaning uzoq xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishda havo transportining ahamiyati ortib bormoqda.
O’zbekiston havo yo’llarining bir qancha Evropa, Osiyo va Amerika
mamlakatlarida vakolatxonalari ochilgan. 1993-1995 yillarning o’zida O’zbekistonda 18 yo’nalishda xalqaro marshrutda samolyot qatnovi yo’lga qo’yildi.
Jumladan, London, Manchester, Franfrukt-Mayn, Tel-Aviv, Jidda, Kuala-Lumpur, Bangkok, Jakarta, Istanbul, Karochi, Pekin, Seul, Afina, Amsterdam, Nyu-York va boshqa chet el shaharlariga muntazam xalqaro aviareyslar tashkil qilingan.
Suv transporti.
U rayonlararo xalq xo’jalik yuklarini tashish hamda Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Respublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi katta. 1950 yilda Amudaryoning Surxondaryo viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan, 1952 yilda esa Xo’jaylida kema ta’mirlash zavodi qurilgan. Amudaryo sohillarida yangi Sharlavuq, To’rtkul, Beruniyo, qoratov, Xo’jayli bandargoh (pristan) lari qurilgan.
1994 yildan boshlab mamlakat suv transportini yaxshilash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan O’rta Osiyo paroxodchiligining O’zbekistondagi bo’limlari negizida "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo porti", "Qoraqalpog’iston daryo porti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etilgan (1995). "Uzavtotrans" koorporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo’yicha (Toshkentda) boshqarma tuzilgan bo’lib, u mamlakat suv transportiga umumiy rahbarlik qiladi.
O’zbekistoninng quvur transporti rivojlanib bormoqda. Respublika hududida neft quvuri dastlab Chimyon neft koni bilan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi o’rtasida qurilgan edi.
Sovet hokimiyati yillarida Farg’ona vodiysida bir qancha neft konlari topilib ishga tushirilgach bu konlardan Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlariga neft quvurlar orqali keltiriladigan bo’ldi.
Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor, Qumqo’rg’on) ishga tushirilishi bilan Amudaryo konidan Amu Zangacha, Qashqadaryo viloyatidagi G’arbiy Toshloqdan Qashqadaryo bekatigacha, Shimoliy O’rtqabuloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992 yilda Mingbuloq – Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi esa Ko’kdumaloq – Qoravulbozor neft quvurining yotqizilishiga olib keldi.
O’zbekistonda tabiiy gaz konlarining ishga tushirilishi quvur transportining rivojlanishida yangi istiqbollar ochib berdi.
Gaz quvurlarini qurish 1958 yilda boshlandi. 1960 yilgacha Asaliy So’x–Farg’ona Quvasoy, Gazli –Kogon gaz quvurlari bitkazildi. O’zbekistonning deyarli barcha viloyat markazlari Qozog’iston va Qirg’iziston gaz quvurlari o’tkazilgan. Respublikadagi Jaro–Buxoro, Samarqand–Toshkent gaz quvurlari juda muhimdir. O’tgan yilda yiliga 25 milliard kub metr gazni uzatish imkonini beradigan Markaziyo Osiyo – Xitoy gaz quvurining 1 ming 830 kilometr uzunlikdagi uchinchi tarmog’i ishga tushirildi.
28-jadval
Respublikadagi elektr stanttsiyalarning O’rta Osiyo elektr tizimiga ulanishi bilan trasportnig yangi turi – elektron transport vujudga keldi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojanishida bu transportning salmog’i tobora ortib bormoqda.
O’zbekistonda birinchi elektr uzatgich liniyasi 1933 yilda GES i bilan Sharqiy Toshkent podstanttsiyasi orasida qurilgan edi. 1958 yilda Qayraqum GESi bilan Qo’yliq (Toshkent) orasida elektr uzatkich liniyasi qurildi. So’ngra Sirdaryo GRESi – Toshkent, Andijon–To’xtaul, Toshkent – GRESi – Chimkent, Tursunzoda–G’uzor–Sirdaryo orasida elektr uzatkich liniyalari barpo etildi.
Shunday qilib, O’zbekistonning asosiy elektr energiyasi manbalari qo’shni respublikalar bilan birlashtirildi, ya’ni O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston energetika tizimi barpo etildi. Hozirda O’zbekistonda 15 ming kilometrdan ortiq yuqori voltli kuchlanish elektr uzatkich liniyalari ishlab turibdi.
Bizga ma’lumki, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yana inshoat va qurilmalar, kommunikatsiya va tarmoqlar, jumladan elektr uzatish yo’llari, taqsimlash tarmoqlari, suv, gaz, neft o’tkazgichlari issiqlik trassalari, telefon tarmoqlari va boshqalar kiradi. Xalq xo’jaligini ishlab chiqarish infrastruktura tizimi bilan ta’minlanganligini ko’rib chiqamiz. (shahar va qishloq joylarda)
Do'stlaringiz bilan baham: |