Temir yo’l transporti.
U mamlakatimiz taraqqiyotida va tashqi aloqalarda g’oyat katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda birinchi temir yo’l 1886-1888 yillarda (Krasnovodsk-Shorjo’yoning davomi tarzida) Forob bekati (Buxoro viloyati)dan Samarqandgacha o’tkazilgan. Keyinchalik bu yo’l (1895-97 yy.) Ursatevskaya (Xovos)ga va undan qo’qongacha davom qildirilgan. 1899 yilda Ursatevskaya - Toshkent yo’li, 1906 yilda esa Toshkent - Orenburg yo’li qurilgan. XX asrning birinchi choragida respublikaning Janubiy mintaqalarida xam temir yo’llar qurilgan. Jumladan, Qarshi-Kitob (1924), Amudaryo-Termiz (1925) va boshqa temir yo’llar qurilgan.
Hozirgi vaqtda mamlakatning barcha mintaqalarida temir yo’l transporti qatnovi yo’lga qo’yilgan. "O’zbekiston temir yo’llari" 50 mingdan ortiq turli tipdagi zamonaviy yuk vagoni Germaniyada tayyorlangan referejatorlar, yo’lovchilar tashiladigan har xil tipli vagonlarga ega. Aksariyat viloyat markazlarida yangi temir yo’l shoh bekatlari kurilib ishga tushirilgan.
Buxoro, Guliston, Termiz shaharlarida esa ana shunday yirik shoh bekatlar qurilishi tugallanmoqda. 1997 yilda mamlakat temir yo’llarining umumiy uzunligi 6,7 ming km ni tashkil qildi. Shundan umumiy foydalanishda bo’lgan temir yo’llar uzunligi 3,7 ming km. Temir yo’llar yuk aylanmasi 16-18 mlrd. t/km ni, yuk jo’natish esa 46-47 mln. t. ni, yo’lovchi aylanmasi 2,5 mlrd yo’lovchi km ni, yo’lovchi junatish esa 14-15 mln kishini tashkil etdi.
25-jadval
Temir yo’llarni elektrlashtirish ishlari dastlab 1970 yilda Toshkent-Sirdaryo yo’li (148 km), keyinchalik Xovos - Bekobod va Xovos - Jizzax yo’llari elektrlashtirilgan. Endilikda elektrlashtirilgan asosiy yo’llar uzunligi 350 kmdan oshib ketdi. Mamlakat temir yo’llarining serqatnov qismini 2000 yilgacha elektrlashtirishning bosh dasturi ishlab chiqilgan va u muvaffaqiyatli hal qilinmokda.
Mamlakat mustaqilligi ayniqsa temir yo’l transportini har tomonlama rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Shu jihatdan avvalo mamlakatning yagona temir yo’l transport tizimini yaratish vazifasi hal qilinmoqda. Bu borada, O’zbekiston o’z manbalari hisobidan ikkita yirik strategik muhim temir yo’l magistralini uzunligi 342 kilometr bo’lgan "Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvays-Nukus hamda uzunligi 223 kilometr bo’lgan G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on magistrali qurilishini 1995 yildayoq boshlab yubordi. Ularni foydalanishga topshirish bu mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, tabiiy minerallarni katta zahiralaridan keng foydalanish
imkoniyatlarini yaratib beradi.
Turkmanistonni Eron-Turkiya va so’ngra Evropa bilan bog’laydigan 305 kilometrlik Tagan-Saraxs-Mashxad temir yo’lining O’zbekiston uchun ahamiyati juda katta va shuning uchun ham uning 133 kilometrlik Tajan-Saraxs yo’l qurilichida mamlakatimiz quruvchilari faol qatnashdi.
O’zbekiston MOD ning ayrim davlatlari orqali Xitoy va (Xitoy orqali esa Tinch okeani) ga chiqish uchun Toshkent-O’sh-Qashg’ar temir yo’li qurilishini ham olib bormoqda. Bu yo’l qurilishida Qirg’iziston va Xitoy ham qatnashmoqda.
Avtomobil transporti.
Avtomobil transportining rivojlanish holati ichki va tashqi aloqalarini rivojlantirishda g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekistonning relefi ancha murakkabligi (tog’lik, yassi tog’liklarning mavjudligi) tomondan temir yo’l transportini rivojlantirishni tabiiy ravishda chegaralagan va bunday hududlarda avtomobil transportini rivojlantirishni taqozo qiladi.
Respublika avtotransportida turli xil avtomobillardan foydalanish soni va turi yilma-yil ortib bormoqda. Endilikda avtomobil transportida yo’lovchilar tashishga 14-15 ming avtobus xizmat qilmoqda. Ulardagi marshrut yo’nalishlarining soni salkam 3 mingga etadi. Avtobuslar bilan mamlakatimizning turli mintaqalarida har kuni 5 mln atrofida yo’lovchi tashiladi.
Mamlakat avtotrasportining asosiy ko’rsatkichlariga avtomobil yo’llari uzunligi va ularning sifati ta’sir qiladi. Hozirda Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llaring uzunligi 42 ming, idoraviy yirik korxonalar bo’yicha 2 ming, qattiq qoplamali yo’llar 44 ming, shaharlar va aholi punktlari ko’chalari 61664 ming km, xo’jalik avtomobil yo’llari 79367 km, halqaro ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar 3900 kmni tashkil etadi.
Yo’llarni ta’mirlash, ularni asfaltlash ishlari tez sur’atlar bilan olib borilmoqda. Respublikada 90 dan ortiq asfalt zavodlari ishlab turibdi. Avtotrasportning yuk aylanmasi yiliga o’rtacha 10 mlrd. t-km ni tashkil qiladi, yo’lovchilar tashish aylanmasi esa 17,1 mlrd. yo’lovchi - km ga teng.
Mamlakat avtomobil transporti ham isloh qilinmoqda, uning yangi yo’llari qurilmoqda, yirik avtomagistrallar (jumladan, 708 kilometrlik eng uzun Toshkent-Termiz trakti) qayta ta’mirlanmoqda va uning avtomobil o’tkazich quvvati oshirilmoqda.
O’zbekiston Osiyo davlatlarining xalqaro ahamiyatga molik bo’lgan yirik avtomagistrallar qurilichida tashabbuskor bo’lib chiqmoqda. Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeaniga) chiqish imkoniyatini beruvchi "Andijon-Osh-Ergashtom-qashqar" avtomobil yo’li hamda Hind okeaniga chikishga imkon beradigan "Termiz-Hirot-Karochi" avtomobil yo’li qurilichida va shu yo’nalishda mavjud bo’lgan yo’llarni qayta ta’mirlashda o’z ulushini qo’shmoqda.
"O’zbekiston, - deydi Islom Karimov, - Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-Osh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek Buxoro-Saraxs-Mashxad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandahor-Karachi avtomobil yo’llarini qurish va qayta ta’mirlash ishlariga hissa qo’shgan holda qatnashishdan ham manfaatdor" .
2 6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |