O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Hududiy o’sish nazariyalari, uni tahlil etish masalalari



Download 9,72 Mb.
bet124/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

3.Hududiy o’sish nazariyalari, uni tahlil etish masalalari.

Hududiy o’sish nazariyalari tahlilini boshlashdan oldin, u bilan bog’liq ikkita masalani ko’rib chiqish zarur. Birinchisi – «o’sish» va «rivojlanish» kategoriyalarining nisbatlari, ikkinchisi – o’sish muammolari ko’rib chiqiladigan mintaqalar chegaralarini aniqlash. «O’sish» va «rivojlanish» kategoriyalarining o’zaro nisbatlarini aniqlashga keladigan bo’lsak, davlat tomonidan tartibga solishning umume’tirof etilgan asosiy maqsadi oddiy o’sish emas, balki rivojlanish hisoblanadi. Bu haqda P.Samuelson shunday degan edi: «ishlab chiqarishning faqatgina oddiy miqdoriy o’sishiga intilish kerak emas (hatto aholi jon boshiga ham). U bilan birga jamiyatning hamma ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasi ichki rivojlanishiga erishish zarur». Keyinchalik esa ko’pincha olimlar shu narsani ta’kidlashdiki, nazoratsiz miqdoriy o’sish butun insoniyatga xavf solishi mumkin. Chunki u ekologik, energetik, xom ashyo va boshqa global muammolarni tug’diradi.

Shunga qaramasdan, hududiy nazariyalar doirasida va asosan hududiy siyosatning amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirishda gap ko’proq iqtisodiy o’sish haqida boradi. Birinchidan, «iqtisodiy o’sish»ni «rivojlanish»ga qaraganda miqdoriy baholash mumkin. Shuning uchun ham uni tadqiqotlarda va amaliyotda qo’llash ancha oson. Ikkinchidan, bir mamlakat doirasida iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi hududiy notengliklar haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ko’pgina tadqiqotchilar «o’sish» deganda «rivojlanish»ni tushunadilar.

Hududiy o’sish nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga ishlab chiqarish funktsiyasiga asoslangan neoklassik nazariyalar, ikkinchisiga neokeyschilar, institutsionallar va iqtisodchi – geografiyashunoslar modellarining sintezi bo’lgan kumulyativ o’sish nazariyalari kiradi (aniqroq qilib aytganda esa, birinchi bo’lib kumulyativ o’sish modelini institusionalistlar taklif etishgan, so’ng uni iqtisodchi-geografiyashunoslar rivojlantirishgan, neokeyschilar esa hududiy siyosat tadbirlarini amalga oshirishda unga tayanishgan).

Neoklassik maktab haqida gapiradigan bo’lsak, bu erda hududiy o’sish sur’atlaridagi farqlar yo’nalichidagi dastlabki tadqiqotlar umummilliy iqtisodiy o’sishni tushuntirishda foydalanilgan nazariyalarga asoslangan. Ushbu usulni birinchi bo’lib Dj.Bors qo’llagan.

Bunday yondashuv 1960 yillarning o’rtalarigacha mashhur bo’lgan, undan hozirgi paytda ham foydalaniladi. Bu erda asosiy e’tibor iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan omillarga qaratiladi. Ushbu yondashuvga ko’ra, hududiy o’sish parametrlari tabiiy resurslarning miqdori va sifati, mehnat resurslarining miqdori va malakasi, kapital zahirasi va texnologiya darajasi bilan aniqlanadi.

O’sishning ko’pgina oxirgi neoklassik modellarida dastlabki modellar kabi kapitalni investitsiyadan keladigan daromad kam, yuqori rivojlangan hududlardan keladigan investitsion daromadi yuqori bo’lgan, sust rivojlangan hududlarga ko’chirish yo’li bilan hududiylar o’rtasidagi farqlarni kamaytirishga intilishlar mavjud. Aksincha, ish haqi darajasi past hududlarda daromadlar kamroq bo’ladi, shuning uchun ham mehnat resruslari ko’proq rivojlangan hududlarga ko’chib o’tishadi. Biroq oxirgi neoklassik modellarda hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini bir-biriga yaqinlashtirish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashilgan.

A.Lesh shuni ta’kidlaganki, tenglashtirish faqatgina stixiyali bozor kuchlari orqali juda ham sekin amalga oshadi.

Kumulyativ o’sish nazariyalarida asosiy model muallifligi G.Mtordalga tegishli. Ko’p holatlarda u butun bir mamlakatlar misolida, qay tarzda ixtisoslashuv va miqyos samarasi yordamida arzimas ustunliklarga ega bo’lgan hududlar vaqt o’tishi bilan uni ko’paytirishlari mumkinligini ko’rsatadi.

Ushbu yondashuvdan shunday xulosaga kelish mumkinki, o’sish markazlari (qutblari) kabi hududlar ustunliklari ularning tez rivojlanishini ta’minlasa, bir paytning o’zida kam rivojlangan mintaqalar orqada qolishi yanada chuqurlashishi mumkin. Ushbu kontseptsiya N.Koldora va boshqa tadqiqotchilarning ishlarida matematik ko’rinishga keltirilgan.

O’ziga xos «o’sish qutblari», yirik sanoat markazlariga aylanayotgan shaharlar to’plamining shakllanishi haqida X.Richardson ham yozgan. Uning fikricha, aynan hududiy aglomerasion tejam muhiti bunda muhim rol o’ynaydi. U texnika taraqqiyotini va mehnat unumdorligini rag’batlantiradi, korxonalarni joylashtirish jarayonlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Richardson modeli asosida neoklassik modeldagi kabi funktsiya yotadi. U o’sish sur’atlari bilan kapital jamg’arish sur’atlari, mehnat taklifining ko’payishi va texnika taraqqiyoti tezligi o’rtasidagi aloqalarni aks ettiradi.

Dj. Fridman fikriga ko’ra, iqtisodiy o’sish ko’proq shaharlarda yuz beradi (biroq olimlar-urbanistlar faqatgina ustunliklarni emas, balki yirik shaharlarning kamchiliklarini ham aytib o’tadilar). Fridman «markaz-pereferiya» nazariyasining klassigi hisoblanadi. U mamlakatda o’sish markazlari (ular «yadro»lar deb ataladi) shakllanishining to’rt bosqichini ajratadi:



  1. O’z atrofidagi hududlarga kam ta’sir ko’rsatuvchi lokal yadrolarning mavjudligi.

  2. Keng pereferiyaga ta’sir ko’rsatuvchi va o’sish qutblarini shakllantiruvchi eng kuchli yadroning paydo bo’lishi.

  3. O’sish qutblarida potentrik tuzilma shakllanishiga olib keluvchi yana ko’pgina yadrolarning rivojlanishi.

  4. Yadrolarning baqquvat pereferiyaga ega urbanistik poliareal tuzilmaga aylanishi.

Chekka (pereferiya) hududlarning (rivojlanish markazida va ulardan tashqarida bo’lgan) rivojlanishini tasvirlashda Dj. Fridman, T.Xegerstrand va boshqa qator olimlar taklif etgan «yangiliklar diffuziya»si sxemasidan foydalaniladi.

J.R.Budvil o’sish qutblari nazariyasini rivojlantirishga sezilarli hissa qo’shdi. Uning kontseptsiyasiga ko’ra, ishlab chiqarishning rivojlanishi iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida bir xil bo’lavermaydi. Har doim dinamik, ya’ni «propulsiv» deb ataluvchi tarmoqlarni ajratish mumkin. Ular butun iqtisodiyotning rivojlanishi uchun rag’batlantiruvchi hisoblanadi va «rivojlanish qutblari» sifatida namoyon bo’ladi. V. Leontevning «xarajatlar – ishlab chiqarish» tipidagi o’zaro aloqalar tizimi orqali yangiliklar samarasi butun iqtisodiyotga tarqaladi. Ishlab chiqarish kontseptsiyasi jarayoni hisobiga, «promulsiv» tarmoqlar aniq bir nuqtada (rayonda) – «o’sish markazlarida (qutblarida) to’planadi». J.R.Budvil V.Kristallerning markaziy o’yinlar nazariyasiga asoslangan holda ularning ierarxiyasini taklif etdi. O’sish qutblari orasida quyidagilar ajratiladi:



    • uchinchi sektor tarmoqlarida ixtisoslashuvshi va yaqinidagi qishloq joylariga xizmat ko’rsatuvchi kichik va o’rta «klassik» shaharlar;

    • qaysi hududlarning iqtisodiy rivojlanishi davlat tomonidan rag’batlantirilishi kerak va nima uchun? Tashqi ta’sirlar hisobiga rivojlanayotgan, diversifikasiyalangan iqtisodiy tuzilmaga ega o’rta kattalikdagi sanoat korxonalari;

    • propulsiv tarmoqlarni o’z ichiga oluvchi, iqtisodiyot tuzilmasi rivojlangan yirik shahar aglomeratsiyalari;

    • bir qancha shahar tizimlarini qamrab oluvchi va hududiy tuzilmalar evolyutsiyasini aniqlab beruvchi integratsiya qutblari.

Hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish (yoki hududiy siyosat) nazariyalari quyidagi ikkita asosiy savolga javob berishi kerak:

    • qaysi hududlarning iqtisodiy rivojlanishi davlat tomonidan rag’batlantirilishi kerak va nima uchun? Boshqacha qilib aytganda, hududiy siyosatning maqsadlari va ob’ektlari qanday bo’lishi kerak, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning zarurati bormi?

    • tanlangan hududlarning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirish usullari qanday bo’lishi kerak?

Birinchi savolga javob hududiy o’sish nazariyalaridan kelib chiqadi. Neoklassik nazariyaning asosiy xulosasi shundan iboratki, vaqt o’tishi bilan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishi darajasi tenglashadi. Hududiy nazariyalar rivojlanishining dastlabki bosqichida ushbu ilmiy maktab tarafdorlari, hududlar iqtisodiy rivojlanishiga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelishadi. Biroq shu bilan birga ular, tabiiyki, ijtimoiy masalalarni hal etish muammoli hududiylarga moliyaviy yordam ko’rsatish zaruriyatini inkor etishmagan.

Kumulyativ o’sish nazariyasi tarafdorlari esa, hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlar kamayishi yoki ko’payishini hisobga olib, aksincha, faol hududiy siyosatini olib borishni taklif etishgan. Hududiy siyosatning hududlar iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi farqlarni kamaytirish maqsadini ular shakllantirilgan (yoki boshqacha qilib aytganda, hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini tekislash; bu erda «tekislash» deganda, tenglikka erishish emas, balki farqlarni kamaytirish tushuniladi). Bundan kelib chiqadiki, davlat ancha orqada qolgan hududlarning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishi kerak.

Dastavval, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari ushbu ikkita yondashuv bilan chegaralanar edi. Biroq bunda neoklassik nazariya tarafdorlarining fikrlari amaliy tasdig’ini topmas – qisqa muddatda hududlarning iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar yo’qolmas edi. Shuning uchun ham davlatni hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga u yoki bu darajada aralashishiga to’g’ri kelar edi.

G. Kam Eron uch oqimni ajratadi: birinchisi – «neintervalistlar» bo’lib, ular hududiy o’sishga davlat tomonidan aralashish zaruriyatini inkor etadilar; ikkinchisi – «adaptorlar» bo’lib, ular stixiyali bozor kuchlarini kamaytirish va ishchi kuchi migratsiyasi hamda investitsiyalarni rag’batlantirish hisobiga tabiiy jarayonlarni tezlashtirish yo’li bilan hududlar rivojlanishiga uncha sezilarli bo’lmagan to’g’rilashlar kiritib turish tarafdori; uchinchisi – «radikal qayta quruvchilar» bo’lib, intensiv tartibga solishni amalga oshirish tarafdorlari bo’lishgan.

«Adaptorlar» g’oyasining mohiyati davlatning tartibga solish vazifasi sifatida tabiiy jarayonlarni ularning yo’nalishini o’zgartirmasdan turib tezlashtirishdan iborat. Yanada aniqroq aytganda, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish xususiy kompaniyalar manfaatlari korxonalarni rivojlantirish va joylashtirishning umumiy tendentsiyalariga mos tushganda samarali bo’ladi. Bu esa, sanoati rivojlanmagan hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun sharoitlar mavjud yoki bunday sharoitlar paydo bo’layotganda yuz beradi. Ular esa davlatning maqsadli siyosati bilan mustahkamlanadi.

Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalarining «pionerlari» S.Dennison va A.Lesh hisoblanadi. Ular rivojlanishni tartibga solishda bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikkita kontseptual yondashuvga asos solishgan. S. Dennisonni «faol qayta quruvchilarga» kiritish mumkin, A.Leshni esa, yuqorida qayd etib o’tilganidek «adaptorlar»ga. S.Dennison urushdan oldingi Buyuk Britaniya uchun jiddiy muammo bo’lgan depressiv hududlarni tartibga solishni ko’rib chiqqan. U asosiy e’tiborini sanoat investitsiyalari geografiyasiga bevosita usullar yordamida ta’sir etishga qaratgan. Bu usullar sanoatga yangi kapital qo’yilmalarini joylashtirish ustidan markazlashgan nazoratni o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan.

A.Lesh hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishni ancha keng sohalar bo’yicha ko’rib chiqqan. Shu bilan birga u hududiy iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solish qobiliyatlarini yuqori baholagan. U konkret hududlarda tabiiy jarayonlarning kechishini engillashtiruvchi chora-tadbirlardan tanlab foydalanishni taklif etgan; ishlab chiqarishni ko’chirish, raqobatni rag’batlantirish uchun imtiyozli sharoitlar yaratish tarafdori bo’lgan hamda investitsiya kiritishning eng yaxshi yo’nalishlari haqida axborot beruvchi markaziy byuro yaratishni taklif qilgan. Bularning hammasi, Leshning fikriga ko’ra, hududiy notengliklarni tekislashning etarli sharti bo’lgan kapital mobilligini oshirishga olib keladi. Dennisondan farqli ravishda A.Lesh qoloq hududlarda investitsiyalarni rag’batlantirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblamagan.

Shuni ham aytib o’tish kerakki, 1940 yillar oxirida hududlar iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish nazariyalari rivojlanishiga E.Guver ham sezilarli hissa qo’shgan. U davlatning tartibga solish maqsadlariga xususiy korxonalarni mukammal joylashtirish, muammoli hududlar iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatish, ishlab chiqarish o’sishini rag’batlantirish va hududiy iqtisodiy tuzilmasini yaxshilashni kiritgan. E.Guver tartibga solish chora-tadbirlarini ikki guruhga ajratgan. Birinchisi – qaytaruvchi bo’lib, ular stixiyali bozor kuchlari faoliyatining salbiy oqibatlarini yumshatishga; ikkinchisi – oldini oluvchi hisoblanib, ular uzoq istiqbolda bandlikning holatini yaxshilashga qaratilgan. U shu bilan birga iqtisodiy kon’yunktura holatiga qarab, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga nisbatan selektiv (tanlama) tartibga solishni amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o’tgan.

Biroq, E.Guver uzoq muddatli tartibga solishning muhimligi haqida to’xtala turib, hududiy chora - tadbirlarni birinchi navbatda qisqa mudatli, antitsiklik tartibga solish bilan bog’lagan.

Shunday qilib, hududiy nazariyalarni o’rganish mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va amalga oshirilayotgan hududiy tartibga solish tadbirlari uchun uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu albatta, ushbu yo’nalishga e’tibor kuchayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan samarali foydalanish mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini belgilab beradi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish