"Sifat bo’yicha ekspert-auditor" - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi bo’lgan mutaxassis;
"Sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi" - belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirig’iga binoan amalga oshiruvchi organ;
"Nazorat yo’sinidagi tekshiruv"- belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chog’ida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili.
O’zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 yil № 373-sonli qarori qabul qilindi va bu qarorga binoan O’zbekiston Respublikasi Ppezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to’g’risida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ushbu qarorni qabul qildi. O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi)ning tashkiliy tuzilmasi va markaziy boshqaruv apparati 5-rasmning a) va b) rasmlarda keltirilgan.
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora bo’lib hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi – «O’zstandart» agentligi O’zbekiston Respulikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
O’z SMT ning yagona qoida va tadbirlarini, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni, sertifikatlashtirish natijalari bo’yicha hujjatlarni ro’yxatga olishni, respublika va horijiy iste’molchilarni ma’lumot bilan ta’minlashni belgilaydi;
muvofiqlik belgisini va uni qo’llash qoidalarini belgilaydi;
Sinov savollar.
1. Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi?
2. Sertifikat nima?
3. Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi vaqtlarga to’g’ri keladi?
4. Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |