O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet98/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

68-rasm. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘ziga dori tomizish.


(smazka) va shilliqlar (sliz) olinadi. Shundan keyin bolaning quyi qovog‘ini astagina pastga tortib turib, konyunktiva qopchasiga sulfatsil natriy eritmasidan steril pipetka yordamida bir tomchi tomiziladi. 30 % li sulfatsilning natriy eritmasini bola konyunktivasiga ikkinchi marta u tug‘ilgandan 2 soat o‘tgach, tomiziladi. Bordi-yu, biror sababga ko‘ra, sulfatsil natriy eritmasi bo‘lmay qolsa, u holda yangi tayyorlangan penitsillin eritmasidan foydalanish mumkin (pe- nitsillinning 25000 birligi 1 ml fiziologik eritmada eritiladi). Homila tug‘ilgach, 2—3 daqiqadan keyin kindik tomirlarning urishi (pulsatsiyasi) to‘xtaydi, kindik shundan keyin bog‘lanadi. Kindik tomirlari urib turganda homilaning tomirlar sistemasiga kindik venasi orqali platsentadan 2—3 daqiqada 50—100 ml qon kiradi. Pulsatsiya to‘xtagach, kindik qat’iy aseptika sharoitida qirqiladi va bog‘lanadi.

Bolani sovqottirib qo‘ymaslik uchun kindikning bola tomondagi uchi steril yo‘rgak yozilgan va grelka elektr reflektor bilan isitilgan yo‘rgaklash stolchasida tozalanadi. Kindik spirtga ho‘llangan steril paxta sharcha bilan artiladi va ikkita Koxer qisqichi orasiga olinadi. Bir qisqich kindik halqasidan 8—10 sm masofaga, ikkinchisi pichcha yuqoriga qo‘yiladi. Kindikning qisqichlar orasidagi qismi tumtoq qaychida qirqiladi. Kindikning ona tomondagi uchi jinsiy

239


yoriq oldidan tasma yoki ipak bilan bog‘lanadi va doka salfetkaga o‘raladi.

Hozirgi paytda kindik qoldig‘iga metall halqacha kiydirib qo‘yishni afzal ko‘rishmoqda. Metall halqacha quyidagicha kiydiriladi: kindikda tomir urishi to‘xtagach, ikkita qisqich: birini kindik halqasidan 10 sm naridan, ikkinchisini undan 2 sm keyin qo‘yiladi. Har ikki qisqich o‘rtasini yodning 5 % li spirtdagi eritmasi bilan artiladi va shu yerdan kesiladi. Shundan keyin chaqaloqni yo‘rgaklash stoliga olib, doya ikkinchi marta qo‘lini yuvadi va yuqumsizlantiradi, steril doka salfetka bilan kindik qoldig‘ini artadi, ko‘rsatkich barmog‘i bilan katta barmog‘i orasiga olib asta-sekin siqadi. So‘ng maxsus qisqich bilan metall halqacha (rogovinnik)ni olib, unga kindik qoldig‘i kiritiladi. Bunda halqachaning pastki cheti kindik tubidan 0,5—0,7 sm yuqorida turishi kerak, qisqichni halqaga «shiq» etib tutashgandan keyin ajratib olinadi. Halqacha kiydirib qo‘yilgan kindik qoldig‘i ochiq qoldiriladi va qunt bilan parvarish qilib turiladi; spirtdagi 2 % li borat kislota eritmasiga ho‘llangan steril doka salfetka bilan har kuni artiladi.

Yangi tug‘ilgan bola tozalanib bo‘lgandan keyin tarozida tortiladi, bo‘yi o‘lchanadi, boshi va yelkalarining o‘lchamlari aniqlanadi, qo‘liga steril kleyonkadan bilaguzuk taqiladi (69— 70-rasmlar). Bilaguzukka onaning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘uruq tarixining nomeri, bolaning jinsi, vazni, bo‘yi, tug‘ilgan vaqti oldindan siyohda yozib qo‘yiladi, so‘ngra bolaga steril iliq yo‘rgak bilan yo‘rgaklanadi va adyolga o‘raladi, 2 soat bola kuzatib turiladi.




69-rasm. Yangi tug‘ilgan bolaning vaznini o‘lchash. 240







70-rasm. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yini o‘lchash.




Og‘ir o‘tkir respirator kasalligi (atipikpnevmoniya)ning klinikasi va davosi. Kasallikning yashirin davri 3—10 kunga teng. Kasallik asosan holsizlanish, qaltirash, terlash, bosh og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, tomoq qichishi va achishishi, quruq yo‘tal, tana haroratini beqaror ko‘tarilishi 38—39°C gacha, kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, bir-ikki marta ozroq qusishdan boshlanadi.

Keyinchalik bir necha kun ko‘rsatilgan simptomlar o‘zgarmas- dan qolishi, ahvoli birmuncha yaxshilanishi mumkin; tana harorati normallashgan, ahvoli biroz yaxshilangan.

Kasallikning avj olish davrida esa, tana harorati juda yuqori, holsizlik, bosh og‘rig‘i kuchayadi. Kasalga xuddi havo yetish- mayotgandek tuyuladi, nafas olishi tez, qiyinlik bilan nafas oladi, kasal besaranjom bo‘lib, yurak qisishi va yuragi tez urishidan shikoyat qiladi. Obyektiv tekshirganda kasallik boshlanish davrida halqum orqa devori va tanglay shilliq qavatlari qizarishi (giperemiya) kuzatiladi.

Kasallik avj olish davrida esa, birinchi navbatda o‘pkalar zararlanadi, bunda ko‘krak qafasining pastki-yon va orqa bo‘limi perkussiya qilinganda, perkutor tovush bo‘g‘iq (притупление), eshitib ko‘rilganda (auskultatsiya) o‘pkada mayda pufakchali xirillashlar va shitirlaydigan (krepitatsiya) eshitiladi.

Kislorod yetishmasligi (gipoksiya) natijasida burun-lab uchbur- chagi sohasida sianoz, yurak qisqarishlarining tezlashishi, yurak tonlari bo‘g‘iq, qon bosimi tushishi mumkin. Kasallar, asosan, o‘pka yurak yetishmovchiligi o‘sishidan o‘ladi. Bemorlarni 50 % gospitalizatsiya qilishni talab qiladi, 10—15 % o‘pkani sun’iy

241


ventilatsiya qilishga muhtoj bo‘lishadi, o‘rtacha o‘lim 4 % ni tashkil qiladi.

Rentgenologik tekshirishda ba’zi bemorlarda kasallik avj olgan davrlarda o‘pkaning zararlangan joyiga yarasha, har xil tusli infiltratlar o‘pkaning periferik bo‘limida ko‘rinadi. Kasallik zo‘rayganda infiltrat kattalashib, kengayadi va ikki taraflama qoplab oladi. Bu kasallik uchun limfa tugunlarini zararlash, butun o‘pka to‘qimasini to plevra bo‘shlig‘igacha yallig‘lantirish xarakterli emas.

Qonni tekshirganda: leykopeniya, limfopeniya, neyrofillar sonining birmuncha oshishi, trombositopeniya, laktatdegidroge- nezlar, asparagin, alanin transaminazalar, kreatininfosfo- kinazlarning aktivligi oshganligi, qon zardobida natriy konsentrat- siyasi kamayganligi aniqlanadi.

Qonda kislorod bosimi, to‘yinishi kamayadi va o‘pka to‘qima- sining zararlanishi kuchayadi.

Tashxis qo‘yish uchun, eng avvalo, epidemiologik anamnez muhim o‘rin tutadi. Bemordan Osiyoning Janubi-sharqiy qismida zararlangan tumanlarda bo‘lganligi, kasallar bilan muloqotda bo‘lganmi-yo‘qligi so‘rab-surishtiriladi.

Agar tekshirish paytida bemorda biror shubhali belgilar aniqlansa, bemor alohida boks palatada yotqiziladi. Kasalga xizmat qilayotgan tibbiyot xodimi esa, albatta, ehtiyot himoya choralarini ko‘rishi lozim: himoya niqobi, ko‘zoynak, qo‘lqoplar kiyishi, qo‘llarni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvib tozalash kerak bo‘ladi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish