O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet91/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Birinchi yordam. Birinchi yordam berishda bemorni qulay o‘tqazib, ko‘kragiga sochiq yoki kleyonka tutish, og‘ziga toza lotok, tog‘oracha tutib turish yoki chelak qo‘yish kerak. Yasama tishlarni olib qo‘yish lozim. Bordi-yu, kasal darmonsiz bo‘lsa, yoki unga o‘tirish taqiqlangan bo‘lsa, boshini gavdasidan pastroq turadigan qilib bir yon tomonga burib qo‘yish va og‘zi burchagiga latok tutish zarur. Yostiq bilan ich kiyimlar iflos bo‘lmasin, deb bir necha marta taxlangan sochiq yoki choyshabni tutsa ham bo‘ladi. Kasal qusayotgan paytida hamshira uning oldidan nari ketmasligi kerak. Kasalning qusganligi to‘g‘risida darhol shifokorni xabardor qilmoq zarur. Kasal qusib bo‘lganidan keyin, issiq suv bilan og‘zini chayqatish, lablari bilan og‘iz burchaklarini artib qo‘yish kerak.

Juda zaiflashib qolgan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini har safar qusganidan keyin suv yoki birorta dezinfeksiyalovchi eritmaga ho‘llangan paxta bilan artib qo‘yish zarur (borat kislota eritmasi, och pushti rangli kaliy permanganat eritmasi, 2 % li natriy gidrokarbonat eritmasi va boshqalarga ho‘llangan). Qusuq massalarida, odatda, hazm bo‘lmay qolgan ovqat zarralari, aralashgan o‘t bo‘ladi va ulardan achimsiq hid keladi. Qusuqning qahva quyqasidek bo‘lib tushishi me’da qonaganini ko‘rsatadi, gemoglobinga me’da shirasi ta’sir qilishi tufayli u shunaqa bo‘lib tushadi. Qusuq «qahva quyqasi»dek bo‘lib tushganida yoki odam qon qusganida tibbiyot hamshirasi tezda shifokorni chaqiradi.

Bemor darhol o‘rniga yotqizib qo‘yilishi lozim, me’da sohasiga muz solingan yengilgina xalta qo‘yib qo‘yiladi. Muzi erigan sayin almashtirib turiladi. Bemorga biror narsa yedirish va ichirish, hattoki, dori ichirish mumkin emas. Bunda bemorlarni biror joyga olib borish zarur bo‘lsa, zambilga solib olib boriladi va yo‘lda barcha ehtiyot choralariga rioya qilinadi.


  1. Umumiy og‘riqsizlantirishning asosiy asoratlari

Umumiy og‘riqsizlantirish deganda sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish tushuniladi. Bunda es-hush, sezuvchanlikning hamma turlari birin-

225


ketin yo‘qoladi, skelet muskullari bo‘shashadi va reflekslar so‘nadi. Narkoz vaqtida uzunchoq miya funksiyasi (nafas, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar) saqlanib qoladi. Narkotik moddalar ta’siri bundan ham kuchaytirilganda, bu markazlar ishining buzilishi odamning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Narkoz turlari. Narkotik moddani kiritish yo‘llariga ko‘ra, ingalatsiyali va ingalatsiyasiz umumiy og‘riqsizlantirish farq qilinadi. Ingalatsiyali narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Ingalatsiyasiz narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teri osti turlari kiradi. Narkotik uyquning chuqurligiga ko‘ra narkoz yuzaki va chuqur bo‘lishi mumkin. Bitta narkotik modda yuboriladimi yoki ularning aralash- masimi, shunga ko‘ra quyidagilar farq qilinadi: bitta modda beriladigan sof narkoz (azot (I) — oksidi, efir, ftoratan va bosh- qalar). Moddalarning aralashmasi qo‘llaniladigan narkoz — aralash narkoz deyiladi, faqat narkotik moddalar emas, balki ularni yuborish yo‘llari ham kombinatsiya qilinadigan narkoz — kombinatsiyali narkoz, deyiladi. Ko‘pincha narkozning bir turi bazis (asosiy) narkoz sifatida qilinadi, so‘ngra boshqa narkotik modda bilan davom ettiriladi.

Ingalatsiyali narkoz. Narkozning bu turiga turli xil narkotik moddalar (efir, ftoratan, xlor etil va boshqalar) yoki gazlar (azot (I)-oksid, siklopropan va boshqalar)ni nafasga olish (inga- latsiya) yo‘li bilan erishiladi. Ingalatsiya uchun quyidagi moddalar keng qo‘llanilmoqda.

Suyuq narkotiklar. Efir (aetherpro narcosis) — o‘ziga xos hidi achishtiruvchi ta’mi bo‘lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Oson alanga- lanadi. Efirning havo bilan aralashgan bug‘lari portlashi mumkin. Efirning sifati quyidagi usullar yordamida sinab ko‘riladi:

  1. Filtr qog‘ozidan bug‘langandan so‘ng hidi qolmasligi kerak.

  2. Oynadan bug‘latilgandan so‘ng nordon reaksiya beradigan cho‘kma qolmasligi kerak (eritilganda ko‘k lakmus qog‘ozni qizartiradi). Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 100 ml.dan chiqariladi. O‘tdan uzoqda, yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlanadi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish