O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet90/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Birinchi yordam. Birinchi yordam ko‘rsatguncha jabrlanuvchiga ko‘zga tegmaslik, artmaslik kerakligi tushuntiriladi. Pastki qovoqni ko‘rish uchun bemorga yuqoriga qarash buyuriladi. Bir vaqtda pastki qovoq pastga tortiladi va ichidagi yot jism olib tashlanadi. Yuqori qovoqni tekshirish uchun bemorga pastga qarash buyuriladi. Yordam beruvchi o‘ng qo‘lining ikki barmog‘i bilan oldinga va pastga tortadi va chap qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan qovoqni chappa qiladi (pastdan yuqoriga qarab) yot jismni chiqarib olgandan so‘ng bemordan yuqoriga qarash so‘raladi, chappa qaytgan qovoqlar o‘z holiga keladi. Bemorga okulist-shifokorga uchrashishi tushuntiriladi.

Ko‘z kimyoviy shikastlanganda birinchi yordam. Ko‘z kimyoviy moddalardan kuyganda, oqib turgan suv bilan darhol yuvib tashlash zarur. Ko‘z nechog‘li tez yuvilsa, nafi shuncha yaxshi bo‘ladi. Ko‘zni yuvib bo‘lgach, 0,5 % dikain eritmasi bilan anes- teziya qilib, qovoqlar ag‘dariladi. Oraliq burmalar sohasi ko‘zdan kechirilib yuvib tashlanadi. Ana shundan keyin ko‘zga 20 % albutsid eritmasi va steril vazelin moyi tomiziladi hamda 3000 AE (anatoksik birlik) miqdorida qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Ko‘z siyohli qalamdan kuyganda, avval nam paxta sharcha bilan qalam bo‘laklari olib tashlanadi, keyin ko‘z 1—3 % li tanin eritmasi bilan yaxshilab yuviladi. Qovoq orasiga antibiotik va sulfanilamidlardan tayyorlangan ko‘z malhami qo‘yiladi. Malakali davolash uchun ko‘z kasalxonalariga yuboriladi.

    1. Qizilo‘ngach, oshqozon va o‘pkadan to‘satdan tashqi qon oqishida birinchi yordam

Ovqat hazm qilish sistemasidan qon ketish sindromi sabablari: oshqozon, ichak eroziyasi, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, yaralari, dizenteriya, qorin tifi, Kron kasalligi, parazitar kasalliklar, zaharlanishlar, o‘smalar, sil, salitsilatlar va gormonlarning tartibsiz ishlatilishi.

222


Belgilari: ko‘ngil aynishi, qon qusish, axlat qorayishi, qizarishi, qorinda og‘riq, puls 82—95 tagacha, nafas 17—20 tagacha, qon bosimi 80/40 mm sim.ust.gacha yoki undan ham past, lanjlik, bosh aylanishi, darmonsizlik, teri oqimtir bo‘ladi. Qonda gemoglobin miqdori past, eritrotsitlar cho‘kkan, rang ko‘rsat- kichlari past, temir miqdori kamaygan, tez charchash, kollaps, behushlik.

Tez yordam choralari:

  1. Bemor o‘rin-ko‘rpa qilib yotadi. Qon ketayotgan joyga muz xalta qo‘yiladi yoki muz bo‘laklari yutiladi.

  2. Vikasol 1 % 2 ml.

  3. Kalsiy xlorid 10 % 10 ml (v/i).

  4. Gemostatik gubkani maydalab yoki osh qoshiqdan har ikki soatda ichiladi.

  5. Askorbin kislota 5 % 4—5 ml (m/o).

  6. Jelatin 10 % 10 ml (m/o).

  7. Novokain 0,5 % 100 ml (v/i).

  8. Aminokapron kislota 5 % 100 ml (v/i).

  9. Natriy xlorid 10 % 10 ml (v/i).

  10. Ko‘p qon ketgan bo‘lsa, o‘z guruh qoni quyiladi 200— 300 ml (v/i).

  11. Sharoitga qarab kofein, kordiamin, glikozidlar qilinadi.

Kuchli nazorat: puls, nafas, qon bosimi, gemoglobin, eritrotsitlar, trombotsitlar. Transportirovka chalqancha yotqizilib, amalga oshiriladi.

O‘pkadan qon ketishi. Sabablari: sil, rak, silikoz, bronxoektaz, qon kasalliklari, pnevmoniya, yurakning mitral stenozi, ko‘krak qafasi jarohatlari, o‘pka abssessi, o‘pka raki, o‘pka infarkti.

Belgilari: bemor qattiq yo‘taladi, bezovtalanadi, yo‘taldan so‘ng og‘iz va burundan tiniq alvon rangda ko‘pik bilan qon keladi. Ko‘pik- li qon ivimaydi, ovqat qoldiqlari yo‘q. Balg‘am, o‘pka parchalari, parazitarlar va ularning chiqindilari bo‘lishi mumkin. Bemor oqaradi, bezovtalanadi. Gavda harorati ko‘tarilgan, nafas olish 17—19 martagacha, puls 80—88 martagacha, qon bosimi 100/60 mm sim.ust.gacha, sovuq ter bosadi.

Bu belgilar qon ketishini keltirib chiqargan kasallik belgilari bilan birga kuzatiladi.



Tez yordam choralari:

  1. Bemorning orqasiga yostiq qo‘yib, suyab yotqiziladi.

223

  1. Sovuq suv ichiriladi yoki muz bo‘laklari yuttiriladi.

  2. Xonaga toza havo kiritiladi.

  3. Suv yoki spirt bilan namlab kislorod beriladi.

  4. Analgin 50 % 2 ml (m/o) + pipolfen 2,5 % 2 ml (m/o) yoki og‘ir jarohatlarda, o‘pka shishida, promedol, pantopon, amnopon, morfin 1 ml (m/o).

  5. Vikasol 1 % 3 ml (m/o).

  6. Askorbin kislota 5 % 5 ml (v/i).

  7. Kalsiy xlorid, kalsiy glukonat 10 % 10 ml (v/i).

  8. Aminokapron kislota 5 % 100—150 ml (v/i).

  9. Jarohatlar tozalanadi va bog‘lanadi.

  10. Miokard infarktida 40—50 ming TB fibrinolizin + natriy xlo­rid 0,9 % 200—300 ml (v/i), geparin 15—20 ming (t/o).

  11. Agar o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi bo‘lsa, jelatin 10 % 20—30 ml (teri ostiga, songa).

  12. Agar qon to‘xtamasa, vena ichiga I guruh qon 100—250 ml yuboriladi.

  13. Jelatin 10 % 20—30 ml (t/o, songa).

  14. Agar o‘pka infarktidan qon ketish bo‘lsa:

  1. vibrinolizin 40—50 ming TB + natriy xlorid 0,9 % 300 ml (v/i);

  2. geparin 15 ming TB. Antibiotiklar;

d) og‘riqsizlantiruvchilar.

  1. Glikozidlar.

  2. O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligida laziks 1 % 2 ml (m/o).

  3. Kodein 0,005 — 0,02 g kuniga 3 marta ichishga.

  4. Kalsiy xlorid 10 %—1 osh qoshiqdan 3 marta ichishga.

  5. Ktiks (DVS) boshlansa, 1 litr qon zardobi quyiladi. Geparin 5 ming BK, kontrikal 100 ming TB (v/i). O‘pkani sun’iy nafas oldirish.

    1. Qusganda birinchi yordam ko‘rsatish

Qusish, qayt qilish — me’da diafragmasi, qorin oldingi devori muskullari, shuningdek, epiglotis hamda yumshoq tanglay ishti- rokida yuzaga kelib, qusuq massalarini og‘iz orqali me’dadan chiqarib tashlashga olib boradigan murakkab reflektor akt. Qusish me’da-ichak yo‘li kasalliklari, zaharlanish, til ildizi va yumshoq tanglay ta’sirlanishining oqibati bo‘lishi mumkin. Kalla ichki bosimi

224


ko‘tarilib ketganda, miyada o‘smalar bo‘lganida, gipertoniya kasalligi va boshqalarda odam qusishi mumkin. Odam zo‘r bilan ko‘p qusganda, ovqat massasiga o‘n ikki barmoqli ichakdan o‘t aralashib tushadi. Ataylab odamni qustirish uchun reflektor ta’siridan foydalaniladi: til ildizi shpatel bilan ta’sirlantiriladi yoki teri ostiga 0,5 ml 1 % li apomorfin eritmasi yuboriladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish