Birinchiyordam. Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish holatida birinchi yordamning asosiy vazifasi bemorni tezlik bilan jarrohlik statsionariga transportda olib borish hisoblanadi. Birinchi yordam sifatida bemorga tinch sharoit yaratish, qoringa muz yoki sovuq suv solingan xaltachani qo‘yish lozim. Bemorlarga ovqat berish, suyuqlik ichirish, tozalash klizma qilish, me’dasini yuvish, surgi dorilar berish mumkin emas. Chunki bu yallig‘lanish jarayonining tarqalishiga imkon beradi, xolos. Narkotiklar, og‘riqsizlantiruvchi vositalar, antibiotiklar va boshqa dori vositalarini qat’iyan man qilinadi, chunki bu kasallikning klinik manzarasini yashirib, diagnostikani g‘oyat qiyinlashtiradi va noto‘g‘ri davolashga yoki davo qilish fursatining kechikib qolishiga olib kelishi mumkin.
Buyrak sanchig‘i. Sabablari: siydik yo‘llarini torayib yoki bitib qolishi:
Buyrak va siydik yo‘li tosh kasalliklarida.
Sil, o‘smalar yallig‘lanishida.
Jarohatlar, qon laxtalari to‘planganda.
Parazitar kasalliklarida.
Belgilari: to‘satdan bel sohasida kuchli sanchuvchan, siquvchan og‘riq paydo bo‘ladi. U yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi. Bemor qattiq bezovtalanadi, ingraydi, yig‘laydi. Og‘riq belda paydo bo‘lib, ko‘pincha qorinning old-pastki yonboshidan jinsiy a’zolarga siljiydi va ko‘ngil ayniydi, qusadi, bosh aylanadi. Puls, nafas tezlashadi, qon bosimi, ba’zan tana harorati ko‘tarilgan, siydikda eritrotsitlar paydo bo‘ladi, tez-tez siydigi qistaydi, oligouriya, siydik og‘riq bilan chiqadi.
Birinchi yordam.
Bemor tinchlantirilib, isitgich, gorchichniklar qo‘yiladi, issiq vannalar qilinadi.
206
Avisan 0,5—1 g, sistenal 10—20 tomchi, papaverin, baralgin 1 tabletkadan.
Baralgin, trigan, maksigan 3—5 ml (m/o).
No-shpa 2 %—2 ml (m/o) yoki papaverin 2 %—2 ml (m/o).
Atropin 0,1 %—1 ml (t/ost).
Og‘riq juda kuchli bo‘lsa, promedol 1 %—1 ml (m/o). Pantopon 2 %—1 ml (m/o).
Kuchli nazorat, parhez.
Jarohatlar, qon ketishlar bo‘lsa, bog‘lanadi, to‘xtatiladi.
Siydikning o‘tkir tutilishi. Siydik birdaniga tutilib qolganda, ya’ni bemor o‘zi mustaqil siya olmaganda ham shunday og‘ir holat yuz berishi mumkin. Bunga ko‘pincha prostata bezining o‘sma kasalliklari, qovuqdagi toshlar, orqa miya kasalliklari sabab bo‘ladi. Siydik tutilishi qovuqning cho‘zilishiga va qorinda qattiq og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi, bular o‘z navbatida boshqa a’zolar (ichak, o‘pka va boshqalar) funksiyasining reflektor ravishda buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Birinchi yordam. Birinchi yordam tariqasida bir qancha muolajalar qilish mumkin, bular ba’zan spazmning yo‘qolishiga imkon beradi va demak mustaqil siyishga yordam beradi. Bemorga bir stakan sovuq suv ichiriladi, chot oralig‘iga iliq grelka qo‘yiladi, bemorga oqayotgan suv tovushini eshittiriladi, ozroq tozalash kliz- masi qilinadi. Belladonnali shamchalar qo‘yiladi. Agar bu choralar ham natija bermasa, bemorni tezda kasalxonaga olib borish kerak, bu yerda siydikni kateter bilan chiqariladi (kateter — maxsus rezina yoki metall naycha bo‘lib, uni siydik chiqarish kanali orqali qovuqqa kiritiladi).
O‘tkir yurak yetishmovchiligida birinchi yordam. O‘tkir yurak tomirlar yetishmovchiligi qon aylanishning eng og‘ir buzilish- laridan biridir. U qon yo‘qotish yoki nafas olishning buzilishi, travmatik shok, yurakdagi nuqsonlar (mitral stenoz) gipertoniya kasalligi, miokard infarkti, toksinli moddalardan zaharlanish sababli uzoq vaqtgacha kislorod tanqisligi (gipoksiya) natijasida yuz berishi mumkin. O‘tkir yurak yetishmovchiligida yurak muskuli o‘zining qisqarish xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun yurak o‘ziga oqib kelayotgan qonni hayday olmaydi.
Yurakning qon haydash kuchi keskin kamayib ketadi. Buning natijasida qon dimlanadi. Agar yurakning chap qorinchasidagi yetishmovchilik ustunlik qilsa, qon, asosan, o‘pkada to‘xtab qoladi.
207
Bu hol nafas qisishi, taxikardiya, sianoz, kuchli gipoksiya, asidoz, boshqa muhim a’zolar, xususan, buyraklar funksiyasining buzilishida namoyon bo‘ladi. Chap qorinchaning ro‘yirost yetishmovchiligida o‘pka shishi rivojlanishi mumkin. O‘ng qorincha yetishmovchiligi ustunlik qilsa, qon katta qon aylanish doirasida dimlanib qoladi, shishlar paydo bo‘ladi, jigar kattalashadi, qon oqish tezligi va turli to‘qima hamda a’zolarning qon bilan ta’minlanishi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |