Birinchi yordam. Zudlik bilan elektr toki ta’sirini to‘xtatish lozim. Shikastlangan kishi ko‘pincha usti ochiq simni ushlab olib, muskullari qisqarganidan uni qo‘yib yubora olmaydi. Shuning uchun tezda elektr tokini o‘chirish yoki buning iloji bo‘lmaganda, shikastlangan kishini tortib olish lozim. Bunda elektr tokini o‘tkaz- maydigan rezina qo‘lqop, kalish yoki etik, jun adyol, ipak gazlama, quruq yog‘ochdan foydalanish zarur.
195
Yashin urishi. Yashindan shikastlanishda umumiy hodisalar bir- muncha ko‘proq yuzaga chiqadi. Falajlik, kar, soqov bo‘lib qolish va nafasning falajlanishi shunga xos belgilardan sanaladi. Yashin tekkanda ro‘y beradigan mahalliy shikastlanishlar texnikada qo‘llaniladigan elektr ta’sirida sodir bo‘ladigan shikastlarga o‘x- shaydi. Terida ko‘pincha daraxt shoxlariga o‘xshash to‘q ko‘kimtir rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi, bu hol tomirlarning falajlanishiga bog‘liq.
Birinchi yordam. Aholi o‘rtasida yashin tekkanda, bemorni yerga ko‘mish kerak, degan mutlaqo xato fikr tarqalgan. Yashindan shikastlangan kishini yerga ko‘mish qat’iyan taqiqlanadi. Yerga ko‘mish shikastlangan kishiga qo‘shimcha noqulay sharoitlarni vujudga keltiradi: nafasni qiyinlashtiradi (nafas olayotgan bo‘lsa), shikastlangan kishi sovqotadi, qon aylanishi qiyinlashadi va ayniqsa, eng muhimi, ta’sirchan yordam ko‘rsatishni (isitish, sun’iy nafas oldirish, yurakni massaj qilish o‘z vaqtida transportda olib borish va hokazo) kechiktiriladi.
Birinchi yordam ko‘rsatishda bemorni, avvalambor isitish, agar u nafas olmayotgan bo‘lsa, nafas berishning eng oddiy usullarini qo‘llash kerak bo‘ladi («og‘izdan—og‘izga», «og‘izdan—burunga»). Agar shikastlangan kishining yurak urishi juda sust bo‘lib, tomirlarda pulsni aniqlab bo‘lmasa, darhol yurakni tashqi massaj qilishga kirishish kerak. Mustaqil nafas olishi va yurak urishi tiklangandan so‘ng bemorni shoshilinch ravishda yaqin oradagi tibbiy muassasaga yuborish kerak bo‘ladi.
Issiq va oftob urganda birinchi yordam. Issiq urishi — tashqi muhitning yuqori harorati uzoq vaqt ta’sir qilishidan organizmning issiqlab ketishi natijasida o‘tkir rivojlanadigan kasallik holatiga issiq urishi, deyiladi. Tana sathidan issiqlik chiqarishning qiyinlashganligi (yuqori harorat va namlik, havo harakatining yo‘qligi) va issiqlikni ko‘p chiqarish (jismoniy ish) termoregulatsiyasining buzilishi issiqlab ketishning sababchisi hisoblanadi.
Oftob urishi. Yozning issiq kunlarida tik tushadigan quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga ta’sir qilishi bosh miyani og‘ir kasallantirishi (qizitishi) mumkin — buni oftob urish, deyiladi.
Klinikasi. Bu kasalliklarning (oftob urishi, issiq urishi) simptomlari bir-biriga o‘xshash. Bemor avvaliga o‘zini charchagan his qiladi, boshi og‘riydi. Bunga bosh aylanishi, lohaslik, oyoq, yelka og‘rishi, ba’zan qusish qo‘shiladi. Keyinchalik quloq shang‘illaydi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, nafas qisadi, yurak urishi
196
tezlashadi. Agar shu davrda tegishli choralar ko‘rilsa, kasallik og‘irlashib ketmaydi. Yordam ko‘rsatilmaganda va shikastlangan kishi xuddi shu sharoitlarda qolaverganda, markaziy asab sistemasi zararlanishi oqibatida ahvoli og‘irlashadi — yuz sianozi, og‘ir nafas qisishi (nafas harakati bir daqiqada 70 tagacha bo‘ladi) paydo bo‘ladi, pulsi tez va sust bo‘lib qoladi. Bemor hushidan ketadi, muskullari tortishadi, alahlaydi, ko‘ziga allanimalar ko‘rinadi, tana harorati 41°C ko‘tariladi va bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Bemorning ahvoli yomonlashadi, nafasi notekis, pulsi bilinmaydigan bo‘lib qoladi, nafas falajlanishi va yurak to‘xtashi natijasida bir necha soat ichida halok bo‘lishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorni tezlik bilan soya-salqin joyga olib borish, kiyimlarini yechib, boshini balandroq qilib yotqizish lozim. Tinch sharoit yaratib beriladi. Bosh va yurak sohasiga sovuq muolajalar qilinadi (boshidan sovuq suv quyiladi, sovuq suvli kompress qilinadi) biroq tez va birdaniga sovitish yaramaydi. Bemorga sovuq ichimliklardan ko‘proq berish kerak. Nafas olishni yaxshilash maqsadida nashatir spirt hidlatish, Zelenin tomchisi, marvaridgul damlamasi ichirish foyda qiladi. Nafas olish buzilganda biror usulda tezlik bilan sun’iy nafas oldira boshlash zarur. Bemorni statsionarga yotgan holatda transportda olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |