O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet76/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

TEST SAVOLLARI

  1. Kuyish kasalligining birinchi davri qanday nomlanadi:

  1. rekonvalissensiya;

  2. kuyish shoki;

  1. kuyish toksimiyasi;

  2. septikotoksemiya;

  3. surunkali kechishi.

  1. Kuyishning nechta darajasi bor:

  1. 4 ta;

  2. 1 ta;

  1. 5 ta;

  2. 2 ta;

  3. 3 ta.

  1. Kuyish maydonini 9 lar qoidasiga binoan o‘lchaganda tananing oldingi yuzasi necha foizni tashkil etadi:

  1. 2 %;

  2. 3 %;

188


  1. 4 %;

  2. 15 %;

  3. 18 %.

  1. Kuyishning II darajasida to‘qimalardagi o‘zgarishlar qanday bo‘ladi:

  1. terida qizarish bo‘ladi;

  2. terida pufaklar paydo bo‘ladi;

  1. teri o‘sish zonasi nekrozlanadi;

  2. teridan ichkari to‘qimalarning nekrozi kuzatiladi;

  3. terida o‘zgarish bo‘lmaydi.

  1. Kuyish kasalligining 3-davri qanday ataladi:

  1. shok davri;

  2. rekonvalissensiya;

  1. surunkali kechish;

  2. toksemiya davri;

  3. septikotoksemiya.

  1. Kuyish maydonini 9 lar qoidasiga muvofiq o‘lchaganda, bitta qo‘l yuzasi

necha foizni tashkil qiladi:

  1. 5 %;

  2. 77 %;

  1. 18 %;

  2. 9 %;

  3. 10 %.

  1. Kuygan zahoti kuyish shokining oldini olish uchun quyidagi qaysi tadbirlar o ‘tkazilmaydi:

  1. analgetiklar;

  2. novokainli blokada;

  1. kuygan yuzani xirurgik tozalash;

  2. iloji bo‘lsa, infuzion terapiya o‘tkazish;

  3. AKDS bilan emlash.

  1. Kuyish kasalligining 2-davri qanday ataladi:

  1. shok davri;

  2. rekonvalisensiya davri;

  1. surunkali kechish;

  2. toksemiya davri;

  3. septikotoksemiya.

  1. Kuyishni mahalliy davolashda qanday bog‘lamlardan foydalaniladi:

  1. yodli bog‘lam;

  2. brilliant yashili bilan bog‘lam;

189


  1. spirtli bog‘lam;

  2. immobilizatsiya;

  3. chok qo‘yish.

  1. Kuygan bemorlarning ovqatida qaysi moddalar ko‘proq bo‘lishi kerak:

  1. glukoza;

  2. yog‘lar;

  1. oqsillar;

  2. vitaminlar;

  3. mineral tuzlar.

BU SO‘ZLARNI ESLAB QOLING


    • infuzion terapiya

    • 9 lar qoidasi

    • giperemiya

    • nekroz

    • mumifikatsiya

    • pigmentatsiya

    • dermatit

    shok davri

  • rekonvalissensiya davri

  • toksemiya

  • septikotoksemiya

  • gipertonik bog‘lam

  • bullyoz

  • eritema

  1. Sovuq urishi

Sovuq urishi, darajalari. Past harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishiga—sovuq urishi, deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma’lum sharoitlarda ortiqcha namlik, tor va ho‘l poyabzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta’sir qilishi, shamol, shikastlangan kishi umumiy ahvolining yomonligi — kasallik, qoqsuyak bo‘lib oriqlash, mastlik, qon yo‘qotish va hokazo. Harorat, hatto noldan yuqori 3 — 7°C bo‘lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko‘pincha qo‘l-oyoqning distal bo‘limlarini quloq, burun uchini sovuq uradi.

Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda og‘riq, so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi. Bunday og‘riq sezmaslik past harorat ta’siri davom etayotganini bilintirmay qo‘yadi, bu aksari to‘qimalarda tik- lanmaydigan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Sovuq urishining to‘rt darajasi farq qilinadi (58—59-rasmlar).



I darajasi terining oqarishi (tomirlar spazmi) va sezuvchan- ligining yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bemor isitilgandan keyin badan terisining shu qismi ko‘kimtir-qizil bo‘lib qoladi (tomirlar

190
falaji), ozgina shishadi va og‘riydi. So- g‘ayishdan oldin odam sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi, ba’zan terining ko‘kimtir rangi saqlanib qoladi.






58-rasm.
Sovuq urishining IV darajasida nekroz to‘qimalarining ko‘chishi.

II darajasida qon aylanishining bir- muncha chuqur buzilishi kuzatilib, keyiroq tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar atrofidagi teri ko‘kimtir qizil tusga kiradi. Infeksiya tushmasa, o‘rta hisobda ikki hafta ichida tuzaladi. Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati ko‘tariladi, eti junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi, ikkilamchi infeksiya rivojlanmasa, shikast- langan zonada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari granulatsiya va yamoqlar hosil qilmay asta-sekin (15—30 kunda) ko‘chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha, ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi.




59-rasm. Sovuq urishining IV darajasida nekroektomiya. Nekroz to‘qimalari olib tash- langan, barmoqlar kesilgan.



  1. darajasida teri va uning ostidagi to‘qimalar irib, nekrozlanadi. Jonsiz- lanish gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan yumshoq pufaklar hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bu pufaklar po‘stloq paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha unga yiringlanish qo‘shiladi. Nobud bo‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushganidan keyin ularning o‘rnida granulatsiyalar yuzaga kelib, chandiq- lanish va epitelizatsiya boshlanadi. Kasallik 1—2 oy ichida tuzaladi.

  2. darajasida nekroz chuqur joy- lashgan to‘qimalar, shu jumladan su- yaklarni ham qamrab oladi. Gavda- ning shikastlangan qismi to‘q ko‘kim- tir rangga, qoramtir suyuqlikka to‘la pufaklar bilan qoplanadi. Odatda, pufaklar sovuq olishidan 2 hafta keyin paydo bo‘ladi (ikkilamchi pufaklar).

191
Demarkatsiya chizig‘i asta-sekin ko‘rinadi va unchalik yaqqol sezilmaydi. Sovuq olgan sohalarda sezuvchanlikning hamma turlari yo‘qoladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib (mumifikatsiya), ko‘chib tushadi va o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. Sovuq urishda bemorning umumiy ahvoli uning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sovuq urishning dastlabki ikki darajasida bemorning umumiy ahvoli unchalik yomon bo‘lmasa, keyingi darajalarida toksemiya va infeksiya qo‘shilishiga bog‘liq holdagi klinikasi namoyon bo‘ladi (yuqori harorat, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, leykotsitoz, EChT oshishi va hokazo) .

Sovuq urishda birinchi yordam. Birinchi yordam shikastlangan kishini va ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan bemorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kerak. Avvalo, tananing sovuq urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim. Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho‘llangan toza qo‘l bilan, ba’zan ancha vaqtgacha massaj qilish yo‘li bilan erishiladi. Terida sezuvchanlik tiklanishi bilan ishqalashni to‘xtatish mumkin. Tananing sovuq urgan qismlarini qor bilan ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari esa, terini shikastlaydi, bu hol suvuq urgan sohaga infeksiya tushishiga imkon beradi.

Terida shish va pufakchalar bo‘lganda uni ishqalash va massaj qilish mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv haroratini 20—30 daqiqa ichida asta-sekin 20— 40°C darajagacha oshira borish mumkin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak. Vannadan va ishqalanishdan so‘ng shikastlangan sohani quritish (artish) steril bog‘lam bog‘lash va issiq qilib o‘rash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog‘ va mazlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni ancha qiyinlashtiradi.

Shikastlangan kishini isitish bo‘yicha tadbirlar birinchi yordam ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq qahva, choy, sut, beriladi. Sovuq urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sanitariya transporti yetib kelguncha birinchi yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday yordamni transportda olib borish vaqtida ko‘rsatish lozim.



Umumiy muzlash. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro‘y beradi. Umumiy sovqotish va muzlash kuch- quvvatini yo‘qotib, yo‘lda adashib qolgan, kasalliklardan tinka-

192
madori qurigan yoki juda oriq kishilarda ro‘y beradi. Ko‘pincha qattiq mastlik holatida bo‘lgan shaxslar, alkogoliklar muzlab qolishadi. Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, uyquchanlik sezgisi paydo bo‘ladi. Tana harorati bir necha darajaga pasayganda, behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta’sirining davom qilishi tezda nafas olish va qon aylanishining to‘xtashiga olib keladi.



Birinchi yordam. Shikastlangan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilib suvni asta-sekin 36 darajagacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi, sun’iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi.

Bemor o‘zicha nafas ola boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng uni karavotga olib yotqiziladi, issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq qahva, sut, choy, beriladi. Oyoq-qo‘llarining sovuq urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganida tegishli yordam ko‘rsatiladi. Shikastlangan kishilarni, albatta, davolash muassasasiga olib borish kerak. Transportda olib borishda ularning qaytadan sovqotmasligi uchun hamma choralarni ko‘rish shart.



NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qanday holatlarda sovuq urishi kuzatiladi?

  2. Sovuq urishining necha xil darajalari farq qilinadi?

  3. Sovuq urishining profilaktikasi qanday o‘tkaziladi?

  4. Sovuq urganda birinchi yordam ko‘rsatish.

  5. Umumiy muzlashning belgilarini sanab bering.

  6. Umumiy muzlash va sovuq urganda birinchi yordam qay tarzda ko‘rsatiladi?


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish