Tashqi qon ketishni ta’riflab bering:
qon aralash qusish;
teri butunligi buzilib, qon oqib chiqishi;
qon tuflash;
bo‘shliqlarga qon yig‘ilishi;
shilliq parda butunligi buzilib, qon oqib chiqishi.
Ko‘rsatilgan belgilarning qaysi biri qon yo‘qotishning yengil darajasiga kiradi:
puls 100 ta;
AB 110/70 mm sim.ust;
puls 130 ta;
AB 90/50 mm sim.ust;
puls 90 ta.
Quyidagi belgilarning qaysi biri qorin bo‘shlig‘iga qon yig‘ilishiga tegishli:
qorin pardasining ta’sirlanishi;
yurak tonlarining o‘zgarishi;
qorin sohasida perkutor tovushning bo‘g‘ilishi;
pulsning sekinlashishi;
gematuriya.
Quyidagi belgilarning qaysi biri qon yo‘qotishning og‘ir darajasiga tegishli:
puls 100 ta;
AB 110/70 mm sim.ust;
puls 130 ta;
AB 90/50 mm sim.ust;
puls 110 ta.
167
Ikkinchi qon guruhida qaysi agglutinen va agglutinogen bor:
0 (aP);
A a;
B a;
A P;
B p.
Agglutinogenlar qaysi qon tanachalarida bo‘ladi:
leykotsitlarda;
eozinofillarda;
bazofillarda;
trombotsitlarda;
eritrotsitlarda.
Birinchi qon guruhida qaysi agglutinin va agglutinogen bor:
0 (aP);
B a;
A P;
B P;
AB.
Qaysi hollarda gemontransfuziya o‘tkazib bo‘lmaydi:
o‘tkir qon yo‘qotishda;
o‘tkir kamqonlikda;
gipertonik kasallikda;
yiringli kasallikda;
shokda.
Reinfuziya nima:
bemor qonini venasidan olgan zahoti dumbasiga yuborish;
murda qonini bemorga yuborish;
donor qonini quyish;
bemorning bo‘shliqlariga yig‘ilib qolgan qonni o‘ziga quyish;
bemorga to‘g‘ridan to‘g‘ri qon quyish.
Uchinchi qon guruhida qaysi agglutinin va agglutinogen bor:
a P;
A P;
B a;
P a;
AB 0.
Autotransfuziya nima:
murda qonini bemorga yuborish;
donor qonini quyish;
168
bemor qonini konservatsiyalab o‘ziga quyish;
bemor qonining venasidan olgan zahoti dumbasiga yuborish;
bemorning bo‘shliqlariga yig‘ilib qolgan qonni o‘ziga quyish.
Qaysi hollarda gemotransfuziya o‘tkaziladi:
miokard infarkti;
gemoraggik insult;
postranfuzion shok;
o‘tkir kamqonlik;
bosh miya travmalari.
Rezus faktor qaysi qon tanachalarida bo‘ladi:
trombotsitlarda;
eritrotsitlarda;
leykotsitlarda;
ezinofillarda;
bazofillarda.
Gemotransfuzion shokda puls va arteral bosim qanday bo‘ladi:
arterial bosim pasayadi;
arterial bosim o‘zgarmaydi;
arterial bosim ko‘tariladi;
taxikardiya;
bradikardiya.
Jarohat bitishida birinchi faza qanday nomlanadi:
degidratatsiya;
abssesslanish;
gidratatsiya;
giperplatsiya;
granulatsiya.
Jarohatlarda birinchi yordam ko‘rsatish nimalarga qaratilgan:
qon to‘xtatish, bosimni aniqlash;
infeksiyaning oldini olish, qon to‘xtatish;
jarohatni tikish;
jarohatga kompress qo‘yish;
jarohatni drenajlash.
Lat yeyishda birinchi yordam ko‘rsatish:
grelka qo‘yish;
muz xalta qo‘yish, tinch holat berish;
inyeksiya qilish;
davolovchi gimnastika;
operativ davo.
169
intoksikatsiyani kamaytirish, aseptik bog‘lam qo‘yish;
yumshoq to‘qimalar nekrozini kamaytirish;
peritonial dializ o‘tkazish;
drenajlash;
gemotransfuziya.
30. Jarohat nima:
ichki a’zo butunligining buzilishi;
suyak butunligining buzilishi;
teri va shilliq parda butunligining buzilishi;
bo‘g‘im paylarining yirtilishi;
teri ostiga qon yig‘ilishi.
BU SO‘ZLARNI ESLAB QOLING
reinfuziya
autotransfuziya
qoqshol
gazli gangrena
gemoliz
gemotransfuziya
gidratatsiya
anemiya
gemotransfuzion shok
anatoksin
zardoblar
agglutinin
agglutinogen
sepsis
Suyaklar va bo‘g‘imlar shikastlanishi
Suyak butunligining buzilishiga — suyak sinishi, deyiladi. Suyak sinishining ikki turi farq qilinadi. Travmatik va patologik suyak sinishi. Patologik suyak sinishi suyakda patologik holatlar (sil, osteomiyelit, o‘smalar) borligiga bog‘liq bo‘lib, bu kasalliklar kechishining muayyan bosqichda odatdagi kuch ta’siri suyak sinishiga olib boradi. Travmatik suyak sinishi yopiq (teri shikastlanmay) va ochiq (sinish zonasida teri shikastlanadi) turlariga bo‘linadi.
Suyaklarning to‘liq yoki chala, ochiq yoki yopiq sinishi
Ochiq suyak sinishi yopiq sinishdan xavfliroq, chunki suyak siniqlariga infeksiya tushish va osteomiyelit avj olish ehtimoli juda ko‘p bo‘ladi, bu suyak siniqlarining bitib ketishini birmuncha qiyinlashtiradi. Suyak to‘liq va chala sinishi mumkin. Chala singanda suyak ko‘ndalangiga biror qismida, aksar uzunasiga ketgan yoriq shaklida shikastlanadi—suyak darz ketadi. Suyaklar juda xilma-xil
170
shaklda: ko‘ndalang, qiyshiq, spiralsimon, uzunasiga sinadi. Ko‘pincha parchalangan sinish kuzatiladi, bunda suyak ayrim bo‘laklarga bo‘linadi. Sinishning bu turi ko‘pincha o‘q tegib yaralanishda uchraydi.
Bosilish yoki ezilish oqibatida yuz bergan sinish kompression sinish, deyiladi. Suyak sinishlarning ko‘pi suyak siniqlarining surilishi bilan o‘tadi, bu bir tomondan sinishga sabab bo‘lgan kuch yo‘nalishiga, ikkinchi tomondan suyakka yopishgan muskullarning shikastlanishidan qisqarib tortishiga bog‘liq. Shikastlanish xarakteri sinish sathiga, joylashgan sohasiga, yopishgan muskullarning kuchiga va shunga o‘xshashlarga ko‘ra, suyak siniqlari har xil ko‘rinishda: burchak ostida, uzunasiga, yon tomonga suriladi. Suyak siniqlaridan biri ikkinchisining ichiga kiradigan suqilgan sinish ko‘p uchraydi.
Suyak sinishi uchun har qanday harakatga va oyoq-qo‘lga og‘irlik tushganda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi, oyoq-qo‘l vaziyati va shaklining o‘zgarishi, funksiyasining buzilishi (oyoq-qo‘lni ishlatib bo‘lmasligi) sinish zonasida shish va momataloq paydo bo‘lishi, qo‘l-oyoqning kalta bo‘lib qolishi, suyakning patologik (nonormal) harakatchan bo‘lib qolishi xosdir. Singan joy paypaslab ko‘rilganda, bemor qattiq og‘riq sezadi, bunda suyakning g‘adir-budirligini va yengil bosib ko‘rilganda g‘ijirlashini (krepitatsiya) payqash mumkin.
Oyoq-qo‘lni paypaslashda, ayniqsa, patologik harakatchanlikni aniqlashda, og‘ritmaslik va asoratlar keltirib chiqarmaslik (suyak siniqlari bilan qon tomirlar, asablar, muskullar, teri va shilliq pardalarni shikastlantirmaslik) uchun har ikki qo‘l bilan avaylab ushlash talab qilinadi. Ochiq sinishda aksari jarohatda suyak sinig‘i chiqib turadi, bu hol suyak singanligini yaqqol tasdiqlaydi (49-rasm). Singan sohani paypaslash va tekshirish man qilinadi.
49-rasm. Suyak sinishi turlari: a—yopiq sinish; b—ochiq sinish.
171
Suyak singanda birinchi yordam. Suyak singanda to‘g‘ri va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uni davolashning eng muhim sharti hisoblanadi. Birinchi yordamni tez ko‘rsatish singan suyakning bitishiga, qator asoratlarning oldini olishga (qon oqishi, suyak siniqlarining siljishi, shok va hokazo) ko‘p jihatdan imkon beradi. Suyak singanda birinchi yordamni asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
Singan sohada suyaklarni harakatlanmaydigan qilish.
Shokka qarshi yoki shok rivojlanishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish.
Shikastlangan kishini davolash muassasasiga tez olib borishni uyushtirishdan iborat.
Singan sohadagi suyaklarni tezda harakatsiz qilib qo‘yish — immobilizatsiya og‘riqni kamaytiradi va shok rivojlanishining oldini olishda asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Sinish hodisalarining ko‘p qismini oyoq-qo‘llarning sinishi tashkil etadi. Qo‘l-oyoqlarni to‘g‘ri immobilizatsiya qilish — suyak siniqlarining siljishiga yo‘l qo‘ymaydi, magistral tomirlar, asablar va muskullarning suyakning o‘tkir qirralaridan jarohatlanish xavfini kamaytiradi va bemorni transportda tashishda terining suyak siniqlaridan shikastlanish (yopiq sinishning ochiqqa o‘tish) ehtimolini bartaraf etadi.
Taxtakachlar qo‘yish
Oyoqni Diterixsning transport shinasi, qo‘lni Kramerning narvonsimon shinasi yordamida immobilizatsiya qilish eng qulay. Transport shinalari bo‘lmasa, duch kelgan materiallar (taxta, chang‘i, miltiq, kaltak, sim, qamish, poxol bog‘i, karton va boshqalar) — xonaki shinalar bilan immobilizatsiya qilinadi. Mahkam immobilizatsiya qilish uchun ikkita shina qo‘llaniladi, ularni oyoq-qo‘lga qarama-qarshi tomondan qo‘yiladi. Hech qanday qo‘shimcha material bo‘lmaganda immobilizatsiyani shikastlangan oyoq yoki qo‘lni tananing sog‘lom qismiga: qo‘lni gavdaga, oyoqni sog‘lom oyoqqa bintlash yo‘li bilan bajariladi. Transport immobilizatsiyasini qilishda quyidagi qoidalarni bajarish zarur:
Immobilizatsiya uchun foydalaniladigan shinalar mustahkam va singan sohani yaxshi ushlab turadigan bo‘lishi kerak.
Oyoq yoki qo‘lning ustini paxta yoki biror mato bilan bekitmasdan shinani qo‘yish mumkin emas.
172
Singan zonani harakatlanmaydigan qilib, singan joydan yuqorida va pastda ikkita bo‘g‘imni bemor uchun ham, uni transportda olib borish uchun ham qulay vaziyatda mahkam bog‘lash zarur, masalan, boldir singanda boldir-panja va tizza bo‘g‘imlari mahkamlanadi).
Son suyagi singanda oyoqning hamma bo‘g‘imlarini (tizza bo‘g‘imi, boldir-panja bo‘g‘imi, chanoq-son bo‘g‘imi) mahkam bog‘lash kerak.
Umurtqa pog‘onasining sinishi. Bu shikastlanish, odatda, balandlikdan yiqilganda, og‘ir yuklar bosib qolganda, orqaga bevosita va qattiq urilganda (avtotravma) paydo bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi sinishi aksari suvga sho‘ng‘ishda bosh suv tubiga urilganda ro‘y beradi. Umurtqa pog‘onasining sinishi juda og‘ir shikastlanishdir. Oz-moz harakat qilishdayoq, orqada kuchli og‘riq paydo bo‘lishi uning belgisi hisoblanadi. Umurtqa pog‘onasi singanda orqa miyaning travmaga (ezilishi, uzilishi), uchrashi mumkinligi eng xavflidir, bu holda oyoq-qo‘llarning falaj bo‘lib qolishi yuzaga chiqadi (ularda harakat sezuvchanligi yo‘qoladi). Bunday asorat birinchi yordam noto‘g‘ri ko‘rsatilganda ham rivojlanishi mumkin (50-rasm).
50-rasm. Bo‘yin umurtqasi chiqqanda qo‘llaniladigan immobilizatsiya.
173
Birinchi yordam. Shikast- langan kishini o‘tqazish, tik turg‘izib qo‘yish qat’iyan man qilinadi. Shikastlangan kishini, avvalo, tekis, qattiq yuzaga (taxta shchit, taxta) yotqizib, unga tinch sharoit yaratish lozim. Xuddi shu narsalardan transport immobilizatsiyasida ham foydalaniladi. Taxta bo‘l- maganda va shikastlangan kishi behush yotganda, uning yel- kalari va boshi tagiga yostiqlar qo‘yib zambilda yuz tuban yotqizib transportda olib borish xavfsizdir. Umurtqa pog‘ona-
mahkamlash; b-qum solingan xaltacha bilan sining bo‘yin bo‘limi singanda
bemor boshini kalla suyagi shi- kastlanishidagi kabi immobilizatsiya qilib, chalqancha yotganicha transportirovka qilinadi.
Umurtqa pog‘onasi shikastga uchragan bemorlarni, ayniqsa, ehtiyotlik bilan transportirovka qilish lozim. Bemorni bir joydan ikkinchi joyga olib yotqizish, transportga olib chiqishni bir vaqtning o‘zida 3—4 kishi bajarishi, bunda ular shikastlangan kishi gavdasini bir xil balandlikda ko‘tarishlari zarur (51-rasm).
Chanoq suyaklarining sinishi. Suyak shikastlanishining eng og‘ir turlaridan hisoblanadi, ko‘pincha ichki a’zolar shikasti va og‘ir shok bilan o‘tadi. Chanoq suyaklari balandlikdan yiqilishda, bosilishda, to‘g‘ridan to‘g‘ri zarb tekkanda sinadi. Oyoq-qo‘llarni oz-moz harakatlantirishda va umurtqa pog‘onasi holati o‘zgartiril- ganda chanoq sohasida juda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi travma belgilaridan hisoblanadi (52-rasm).
Birinchi yordam. Shikastlangan odamga og‘riq kam bo‘ladigan yoki kuchaymaydigan va ichki a’zolarning suyak siniqlaridan shikastlanish ehtimoliga yo‘l qo‘yilmaydigan vaziyatni berish birinchi yordamning vazifasi hisoblanadi. Bemorni tekis, qattiq yuzaga yotqizish, oyoqlarini tizza va chanoq son bo‘g‘imlarida bukish, sonlarni ikki tomonga oz-moz kerish (baqa holati) lozim. Oyoqlari tagiga yostiq, adyol, palto, poxol va shu kabi narsalarni yumaloqlab
174
qo‘yiladi. Shokka qarshi barcha tadbirlarni amalga oshirish juda muhim. Shikastlangan kishini qattiq shchitda unga berilgan vaziyatda tranportda olib boriladi.
52-rasm. Katta chanoq-son gipsli bog‘lami.
Qovurg‘alar sinishi. Ko‘krakka to‘g‘ridan to‘g‘ri qattiq urilganda, bosilganda, balandlikdan yiqilishda sodir bo‘ladi, sinish qattiq yo‘ta- lishda, aksirishda ham ro‘y berishi mumkin. Qovurg‘alar sinishi uchun singan sohadagi qattiq og‘riq, nafas olish, yo‘talishda, tana holatini o‘zgartirishda og‘riqning kuchayishi xarakterli. Qovurg‘alarning ko‘p sonli sinishi nafas yetishmovchi- ligining oshib borishi jihatidan xavfli.
Suyak siniqlarining o‘tkir qirralari o‘pkani shikastlantirib, pnevmo- traks avj olishiga va plevra ichiga qon oqishiga sabab bo‘lishi mum- kin.
Birinchi yordam. Qovurg‘alarni immobilizatsiya qilish — ko‘krak qafasiga qattiq aylanma bog‘lam bog‘lashdan iborat. Bint bo‘lmaganda sochiq, choyshab, mato parchasidan shu maqsadda foydalanish mumkin. Og‘riqni kamaytirish va yo‘talni to‘xtatish maqsadida analgin, kodein, amidopirin tabletkasini berish mumkin. Qovur- g‘alarning asoratlangan sinishlarida (pnevmotoraks, gemotoraks) birinchi yordam ko‘rsatish va bemorni davolash muassasasiga transportirovka qilish ko‘krak qafasining teshib o‘tadigan yara- lanishlarda ko‘rsatilgan yordamga o‘xshashdir.
O‘mrov suyagining sinishi. Travma sohasida og‘riq, shikastlangan tomondagi qo‘l funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Suyak siniqlarining o‘tkir qirralarini teri orqali oson paypaslab ko‘rish mumkin.
Birinchi yordam. Singan sohani immobilizatsiya qilishdan iborat. Bunga qo‘lni durracha bog‘lam, Dezoning bint bog‘lami yordamida yoki paxta doka halqalar yordamida fiksatsiya qilish yo‘li bilan erishiladi va tezda transportirovka qilinadi.
175
Suyaklar ochiq singanda birinchi yordam ko‘rsatish
Oyoq-qo‘lni immobilizatsiya qilishdan oldin jarohatga yod eritmasi yoki boshqa antiseptik modda surtish va aseptik bog‘lam bog‘lash zarur. Steril material bo‘lmaganda jarohatni ipdan to‘qilgan biror toza mato bilan bekitish kerak. Turtib chiqib turgan suyak siniqlarni olib tashlashga yoki jarohat ichkarisiga botirib to‘g‘rilashga urinmaslik kerak. Shunday qilinganda, jarohat qonashi va suyak hamda yumshoq to‘qimalarga qo‘shimcha ravishda infeksiya tushishi mumkin. Jarohatdan qon oqayotganda qonni vaqtincha to‘xtatish usullari qo‘llanilishi (bosib turadigan bog‘lam, jgut qo‘yish, burama yoki rezina bint bog‘lash) lozim. Ochiq sinishda aksari jarohatda suyak sinig‘i chiqib turadi, bu hol suyak singanligini yaqqol tasdiqlaydi. Singan sohani paypaslash va tekshirish joyini o‘zgartirish man qilinadi.
Suyak chiqishi va uni aniqlash. Bo‘g‘im xaltasida suyaklardan birining yirtilgan kapsula orqali bo‘g‘im bo‘shlig‘idan atrof to‘qimalarga chiqib, bo‘g‘im shikastlanishiga suyak chiqishi, deyiladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir-biriga batamom tegmay qolishiga to‘liq suyak chiqishi va bo‘g‘im yuzalarining bir-biriga qisman tegib turishiga noto‘liq suyak chiqishi deyiladi. Suyak chiqishining simptomlari quyidagilar: oyoq-qo‘ldagi og‘riq, bo‘g‘im sohasining keskin deformatsiyasi (ichiga botib kirishi), bo‘g‘imda faol harakatlarning yo‘qolishi va passiv harakatlar qilib bo‘lmasligi, qo‘l-oyoqni o‘zgartirib bo‘lmaydigan g‘ayritabiiy vaziyat vujudga kelishi, oyoq yoki qo‘l uzunligining o‘zgarishi, aksari uning kalta bo‘lib qolishidir.
Suyaklar chiqqanda birinchi yordam. Og‘riqni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar ko‘rish: shikastlangan bo‘g‘im sohasiga sovuq narsa qo‘yish, og‘riqni qoldiradigan dorilar (analgin, amidopirin, promedol va boshqalar) ishlatish, oyoq yoki qo‘lni shikastlanishdan keyingi holatida immobilizatsiya qilishdan iborat. Qo‘lni durrachaga yoki bintga osib qo‘yiladi, oyoqni taxtakach yoki qo‘shimcha vositalar bilan mahkamlanadi. Yangi chiqqan suyak eskisiga nibatan oson joyiga solinadi. Shikastlanishdan 3—4 soat o‘tgach shikastlangan bo‘g‘im sohasidagi to‘qimalar shishadi, qon to‘planadi, bu esa, suyakni joyiga solishni qiyinlashtiradi. Suyakni joyiga solish shifokorning ishi, shunga ko‘ra, shikastlangan kishini zudlik bilan shifokorga olib borish zarur. Qo‘l suyagi chiqqanda
176
bemorlar kasalxonaga o‘zlari borishlari mumkin yoki ularni biror transportda o‘tirgan holatda olib boriladi. Oyoq suyaklari chiqqan bemorlarni transportda yotgan holatda olib boriladi. Chiqqan suyakni joyiga solishga urinish yaramaydi, chunki ba’zan suyakning chiqqan yoki singanini bilib bo‘lmaydi. Shuningdek, suyak chiqishi ko‘pincha suyaklarning darz ketishi va sinishi bilan o‘tadi (53-rasm).
NAZORAT SAVOLLARI
Suyak sinishi nima?
Suyaklar to‘liq yoki chala, ochiq yoki yopiq sinish belgilarini ta’riflab bering.
Tananing har xil qismlarini immobilizatsiya qilish deganda nima tushuniladi?
Suyaklar ochiq singanda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
5.Suyak chiqishi nima? Uni aniqlash va yordam ko‘rsatishning asosiy
xususiyati nimada?
6.Transport taxtakachlarining necha xil turlari mavjud?
177
Do'stlaringiz bilan baham: |