O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet59/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Qorin bo ‘shlig‘iga qon ketish. Qorin bo‘shlig‘iga qon oqishi qorin to‘mtoq narsadan shikastlanganda, aksari, jigar, taloqning yorilishi natijasida sodir bo‘ladi. Qorin ichiga qon oqishiga jigar va taloqning ayrim kasalliklari sababchi bo‘lishi mumkin, ayollarda qon oqishi bachadondan tashqaridagi homiladorlikda bachadon naychasining yorilishi natijasida ro‘y berishi mumkin.

Klinikasi: qorin bo‘shlig‘iga qon oqishidan qattiq og‘riq paydo bo‘lishi yuzaga chiqadi. Teri qoplamlari oqargan, puls tezlashgan bo‘ladi. Ko‘p qon oqqanda hushdan ketish mumkin. Bemorni gorizontal yotqizish, qorniga muzli xalta qo‘yish lozim, ovqat yeyish va suyuqlik ichish man qilinadi. Bemorni zudlik bilan transportda kasalxonaga olib boriladi.

  1. O‘tkir qon ketishining klinikasi

O‘tkir qon yo‘qotishining klinik manzarasi teri va shilliq pardalarning birdaniga oqarib ketishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorning yuzi so‘lib ko‘zi kirtayadi, arterial va venoz bosim pasayadi, puls tezlashadi, to‘liqligi sust va ipsimon bo‘ladi. Nafas tezlashadi, bosh aylanadi, a’zoyi-badani bo‘shashadi, tashnalik, ko‘z oldining qorong‘ilashuvi, ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish kuzatiladi.

Qon yo‘qotishda o‘lim, og‘ir kislorod yetishmovchiligi natijasida yuz beradi. Zaiflashgan bemorlarda, shu jumladan, och qolishi, toliqish, asab-ruhiy travmaga uchrashi va shok bo‘lgan holatlarda, hatto oz miqdordagi qon yo‘qotish ham o‘limga olib kelishi mum­kin, ayniqsa, chaqaloqlarda, bir yoshga to‘lmagan bolalarda, keksalarda oz miqdorda qon ketishi og‘ir asoratlarga, ba’zan o‘limga olib keladi.



Ko‘p qon yo‘qotilganda birinchi yordam ko‘rsatish

O‘tkir kamqonlik ko‘p qon yo‘qotilganda avj oladi. Bemorlar qon yo‘qotilishini turlicha boshdan kechirishadi. Qon yo‘qotilganida, bolalar va qariyalar, ayniqsa, sezuvchan bo‘lishadi. Uzoq vaqtgacha ko‘rpa-to‘shak qilib yotgan bemorlar, och, charchagan, qo‘rquv

holatidagi kishilar qon yo‘qotishni yomon o‘tkazadilar. Katta yoshdagi odam 300—400 ml qon yo‘qotishni deyarli sezmasligi mumkin, bunday qon yo‘qotish bolani o‘limga giriftor qiladi.

Qon hajmining yarmini (2—2,5 litr) bir vaqtning o‘zida yo‘qotish o‘limga sabab bo‘ladi. 1—1,5 litr qon yo‘qotish juda xavfli va o‘tkir kamqonlik manzarasi rivojlanishi bilan namoyon bo‘lib, qon aylanishi keskin buziladi va og‘ir kislorod tanqisligi avj oladi. Bunday og‘ir holat kam miqdorda, biroq, juda tez qon yo‘qotishda ham sodir bo‘lishi mumkin. Bemor ahvolining og‘ir-yengilligi to‘g‘risida faqat oqqan qon miqdoriga qarab emas, balki arterial bosim darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‘p qon yo‘qotilganda va bosim past bo‘lganda qon oqishi to‘xtashi mumkin. Shunga qaramay birinchi yordam ko‘rsatishda jarohatga bosib turadigan bog‘lam bog‘lash, shundan so‘ng shokka qarshi tadbirlar ko‘ra boshlash kerak.

Bosh miyaning qonsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shikastlangan kishini tekis yuzaga yotqizish lozim. Hushdan ketish, shok keltirib chiqargan ko‘p qon yo‘qotishda yaradorni boshini gavdasidan past turadigan holatda yotqiziladi. Ba’zan «o‘z-o‘zidan qon quyilishi» o‘tkazish foydalanayotgan holatdagi yaradorning hamma oyoq-qo‘llarini yuqoriga tik ko‘tariladi (47-rasm), natijada, o‘pka, miya, buyraklarda va boshqa hayotiy muhim a’zolarda aylanib yuradigan qon miqdorining vaqtincha ko‘payishiga erishiladi. Bemorning es-hushi yo‘qolmagan va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida shikastlanish bo‘lmaganda unga issiq choy, mineral suv agar bunday suv bo‘lmasa oddiy suv ichirish lozim.

Terminal holatlarda va yurak to‘xtab qolganda tiriltirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. O‘tkir kamqonlikka davo qilishning asosiy turi



zudlik bilan donor qonini quyishdir, shuning uchun shikastlangan kishini imkon boricha tezroq davolash muassasasiga olib borish za- rur. Maxsus tez yordam ma- shinasida transportirovka qilishda mashinaning o‘zida qon quyish mumkin, chunki bunday mashina-

47-rasm. Bemorning o‘tkir kamqonlikdagi larda zaxirada donor qoni vaziyati — «o‘z-o‘zidan qon quyilishi». boladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish