2. Bemorlarni umumiy davolash jarayonida birinchi tibbiy yordamning o‘rni.
Insoniyat jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi texnika, sanoatning jadal taraqqiy qilishi, ilm-fanning ulkan yutuqlari bilan tavsiflanib, bu jamiyat uchun yangi farovonlik baxsh etadi, insonning mehnat qilish va dam olish sharoitlarni yaxshilash bilan ular umrini uzaytiradi. Biroq, texnika taraqqiyoti qator hollarda odamga yoqimsiz ta’sirotlar xavfini oshiradi, qurilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay, transport vositalarining ko‘payishi bilan bir qatorda transportdan shikastlanishning ko‘payib borayotganligi bunga eng xarakterli misol bo‘la oladi. Har yili minglab kishilar transportdan shikastlanib halok bo‘ladi, bundan ham ko‘plari esa, mayib-majruh bo‘lib qoladi.
Shikastlangan kishilarning hayotini qutqarib qolishga qaratilgan choralar orasida birinchi tibbiy yordamning ahamiyati katta bo‘lib, u nechog‘li erta ko‘rsatilsa, shunchalik samarador bo‘ladi. Tibbiy yordamning samaradorligi yil sayin oshib bormoqda. Bu avvalo, odam umrining uzayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasidagi bu yutuqlarga inson salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan rivojlangan mamlakatdagina erishish mumkin.
Malakali tibbiy yordam kasallik diagnostikasini, davolashni, shuningdek, tibbiyot xodimlari mehnatini osonlashtiradigan zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan maxsus davolash muassasalari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, dam olish maskanlari, sanatoriylar qurish, fizkultura va sportni rivojlantirishga juda katta mablag‘ ajratadi.
Tibbiyot muassasalari tarmog‘i to‘xtovsiz o‘smoqda, shifokorlar, feldsherlar, hamshiralar, laborantlar va boshqa tibbiyot xodimlari yil sayin ko‘payib bormoqda. Bu aholiga malakali tibbiyot yordami ko‘rsatishni maksimal darajada yaqinlashtirish va davolash natijalarini keskin yaxshilash imkonini beradi.
Biroq, tez yordam xizmati, hatto eng yuksak darajada tashkil qilingan bo‘lsa-da, to‘satdan kasallanish va baxtsiz hodisalarda yaqin joydagi fuqarolar birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olmasalar kechikib qolish mumkin. Mamlakatimizning yalpi aholisini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘rgatishga intilishning sababi ham ana shunda. Birinchi tibbiy yordam maktabda o‘rgatiladi, u o‘t o‘chiruvchilar, militsiya xodimlari, transport haydovchilarini tayyorlash rejasiga kiradi. Harbiy xizmatchilar o‘qib o‘rganadilar.
Tibbiyot xodimi shikastlangan kishiga ko‘chada, yo‘lda, jamoat joylarida birinchi chaqiriq bo‘yicha yordamga kelishi va baxtsiz hodisalarga va to‘satdan kasallanishlarda birinchi tibbiy yordamini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi shart. Bu burchni bajarmaslik, shikastlangan kishiga yordam bermaslik bizning qonunlarimiz bo‘yicha jinoyat bilan yonma-o‘n turadi. Asoslarning 17-moddasida kasb-koriga oid vazifalarni buzgan tibbiyot xodimlari bunday buzilishlar qonun bo‘yicha jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaganda, qonunchilikka belgilangan intizom javobgarligiga tortiladilar.
Birinchi (shifokorgacha) tibbiy yordam — zarar ko‘rgan yoki kasallanib qolgan kishiga hodisa yuz bergan joyda va uni tibbiyot muassasasiga yetkazish davrida o‘tkaziladigan shoshilinch tadbirlar kompleksi. Birinchi tibbiy yordam tadbirlarning quyidagi uch guruhini o‘z ichiga oladi:
l. Tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, yuqori va past harorat, og‘ir narsalardan ezilishi) ta’sirini zudlik bilan to‘xtatish va shikastlangan kishini u tushgan noqulay sharoitlardan chiqarish(suvdan olib chiqish, yonayotgan, zaharli gaz yig‘ilgan xonalardan olib chiqish).
2. Shikast, baxtsiz hodisa yoki to‘satdan boshlangan kasalliklarning xarakteri turiga ko‘ra, shikastlangan kishiga tez birinchi yordam ko‘rsatish (qon oqishini to‘xtatish, jarohatga bog‘lam qo‘yish, sun’iy nafas oldirish, yurakni uqalash, ziddi-zahar kiritish va boshqalar).
3. Kasallangan yoki shikastlanib qolgan kishini davolash muassasasiga tez olib borish (transportirovka qilish)ni uyushtirish. Birinchi punktdagi tadbirlar tibbiyot yordamiga emas, umuman, birinchi yordam ko‘rsatishga taalluqlidir. Birinchi yordam ko‘pincha o‘zaro va o‘z-o‘ziga yordam tariqasida beriladi, chunki cho‘kayotgan odamni suvdan chiqarilmasa, odamni o‘t tushgan xonadan olib chiqilmasa, uni bosib qolgan narsalardan ozod qilinmasa, uning halok bo‘lishi hammaga ma’lum. Shikastlovchi ta’sir muddati nechog‘li davomli bo‘lsa, shikastlanish shu qadar chuqur va og‘ir bo‘lishini ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning uchun birinchi yordamni shu tadbirlardan boshlash kerak.
Tadbirlarning ikkinchi guruhi esa, tibbiy yordamini tashkil etadi. Uni faqat tibbiyot xodimlari yoki shikastlarni asosiy belgilarini o‘rganib chiqqan va birinchi tibbiy yordamining maxsus usullarini egallab birinchi tibbiy yordami ko‘rsatishga o‘rgatilgan kishilargina (militsionerlar, o‘t o‘chiruvchilar, harbiylar va boshqalar) ko‘r- satishlari mumkin.
Tez tibbiy yordam. Mamlakatimizda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maxsus tibbiyot muassasalari tez tibbiy yordam stansiyalari va kechiktirib bo‘lmaydigan yordam punktlar (travma- tologik, stomatologik punktlari va boshqalar) tashkil qilingan.
Tez yordam stansiyasining ishi ko‘p qirrali. Unga shikastlanganda va to‘satdan ro‘y bergan kasalliklarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch jarrohlik va terapevtik yordamga muhtoj bemorlarni kasalxonaga, tug‘adigan xotinlarni tug‘uruqxonaga yotqizish vazifasi yuklangan. Tez yordam mashinalari har qanday chaqiriq bo‘yicha so‘zsiz yetib borishlari shart. Hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan tez yordam shifokori yoki feldsheri birinchi tibbiy yordami ko‘rsatadi va shikastga uchragan yoki kasallangan kishini malakali transportirovka qilishni ta’minlaydi.
Tez yordam xizmati to‘xtovsiz rivojlanib va takomillashib borayapti. Hozirgi vaqtda hamma yirik shaharlarda yuqori malakali shifokorlik birinchi yordamini ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus mashinalar bor.
Bu mashinalarda ishlaydigan shifokorlar va feldsherlar zarurat bo‘lganda hodisa yuz bergan joyda, mashinada statsionarga kelinayot- gan paytda bemorga qon yoki qon o‘rnida ishlatiladigan suyuqlik- larni quyadilar. Yurakni sirtdan massaj qiladilar yoki maxsus asboblar yordamida sun’iy nafas oldiradilar, narkoz beradilar va boshqa dori preparatlari kiritadilar. Tez yordam xizmatini shunday mashinalar bilan ta’minlash shoshilinch yordam ko‘rsatishni birmuncha yaxshiladi, uning samaradorligini oshirdi.
Tez yordam stansiyalarida bemorlarni xirurgik va terapevtik statsionarlarga, yuqumli, psixiatrik va boshqa ixtisoslashgan kasal- xonalarga malakali transportirovka qilinishni amalga oshiradigan bo‘linmalar mavjud. Bu mashinalar poliklinikalar, tibbiyot- sanitariya qismlari, shoshilinch yordam punktlari shifokorlarining chaqiriqlari bo‘yicha shu davolash muassasalaridagi bemorlarga xizmat qiladi.
bo‘ynidan o‘tkazib oladi. Yordamchi esa bemorning taqimidan ushlab ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |