O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet93/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Periferik asablar falaji. Narkoz vaqtida birorta asab o‘zagining mexanik shikastlanishi natijasida va birmuncha kamroq hollarda giyohvand moddaning markaziy asab sistemasiga toksinli ta’siri natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha yelka chigali yoki qo‘lning ayrim asablari (bilak, tirsak, o‘rta asab) falajlanishi kuza- tiladi. Bu narkoz vaqtida qo‘lni yozib qo‘yish yoki asab o‘zagining operatsiya stoli qirrasi bilan suyak o‘rtasida bosilib qolishi tufayli o‘sha asablarning cho‘zilib ketishi natijasida yuz beradi. Falajning yengil darajasi tez tuzaladi. Birmuncha og‘ir falajlanish hollarida esa, maxsus davo olib boriladi: prozerin, dibazol ishlatiladi, elektr muolajalari amalga oshiriladi.

Mahalliy og‘riqsizlantirishning asosiy asoratlari va birinchi yordam ko‘rsatish. Mahalliy og‘riqsizlantirish (anesteziya) deganda, bemorning es-hushi saqlanib qolgani holda operatsiya maydoni sohasidagina og‘riq sezuvchanlikni yo‘qotish tushuniladi. Hozirgi vaqtda jarrohlik amaliyotida mahalliy og‘riqsizlantirishning quyidagi turlari farq qilinadi:

  1. Dori surtib anesteziya qilish.

  2. Infiltratsiyali anesteziya.

  3. Futlar (niqob) anesteziya.

  4. Regionar anesteziya.

  5. Vena ichi va arteriya ichi anesteziyasi.

  6. Suyak ichi anesteziyasi.

  7. Sovitish bilan anesteziya qilish.

  8. Peridural anesteziya.

  9. Orqa miya anesteziyasi.

Mahalliy anesteziya amaliy va xavfsizligi jihatidan keng qo‘llaniladigan usuldir. Og‘riqsizlantirishning bu turi kichik operatsiyalarda (appendektomiya, churrani kesish va hokazo) qo‘llaniladi, biroq, yetarlicha malaka bo‘lganda, mahalliy anesteziya bilan katta operatsiyalarni ham bajarish mumkin. Operatsiyalarning

229


qariyb 80 % mahalliy og‘riqsizlantirish usulida bajariladi. Mahalliy anesteziya uchun nisbatan xavfsiz va kam toksinli novakain keng qo‘llaniladi. Novakain 0,25—0,5 % eritma holida va kamroq hollarda o‘tkazuvchi yo‘llar anesteziyasi uchun birmuncha yuqori konsentratsiyada (1—2 % li eritmasi) ishlatiladi. Steril eritmasi operatsiyadan oldingi xonada saqlanadi. Novokain eritmasi solingan flakonga «Novokain eritmasi» deb yozilgan etiketka yopishtirilishi, bunda konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti ko‘rsatiladi. Novokaindan foydalanishda operatsiya hamshirasi va shifokor etiketkani, albatta, tekshirib, uning boshqa modda emas, balki novokain ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Mahalliy anesteziya uchun shprislar, ignalar va novokain uchun idish zarur bo‘ladi. Shpris va ignalarni distillangan suvda boshqa asboblardan alohida sterillash lozim, chunki hamma asboblar sterilizatsiya qilinadigan soda eritmasi novokainni inaktivatsiya qiladi. Mahalliy anesteziyaning asoratlari juda kamdan kam ro‘y beradi. Novokainga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan ayrim bemorlarda novokaindan zaharlanishning klinik manzarasi namoyon bo‘ladi: boshi aylanadi, holsizlanadi, ko‘ngli ayniydi, teri va burundagi shilliq pardalar bo‘zaradi, tomir urishi tez, to‘liqligi sust bo‘ladi.

Birinchi yordam. Tegishli klinik manzara paydo bo‘lganda anesteziyani to‘xtatish, 1—2 ml 20 % kofein eritmasi, 1 ml 1 % li dimedrol eritmasini inyeksiya qilish zarur. Barbiturat kislota preparatlaridan: 5—10 ml 2 % li teopental-natriy eritmasini venaga yuborish yoki 2—3 ml 10 % li barbital natriy eritmasi yoki 0,1 gr lyuminal ichirish yoki 5—10 ml 5 % li etaminal-natriy eritmasini venaga yuborish maqsadga muvofiq. Kislorodli ingalatsiyalar buyurish muhimdir.

Mahalliy anesteziya, blokadalar o‘tkazishda tibbiyot hamshirasi bevosita shifokorga ko‘maklashadi. U bemorga anestetiklar olishi mumkin emasligini aniqlash maqsadida sinamalar qo‘yishi va natijasini shifokorga bildirishi lozim. U aytilgan anestetiklarni: shpris, igna, spirt, paxta va boshqalarni, anesteziyani bajarish uchun tayyorlashi, anestetiklarni blokadalarda tana haroratigacha isitishi kerak. Asoratlarning oldini olish maqsadida kerakli dorilar: kofein, lobelin, yurak va o‘pka faoliyatini yaxshilovchi dorilarni tayyorlab qo‘yish kerak.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish