O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet92/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Xloroform (Chloroformium)—tiniq rangsiz suyuqlik. Yorug‘da parchalanadi. Organizmdan, asosan, siydik bilan chiqariladi. Sofligini sinash:

  1. Filtr qog‘ozidan bug‘langanda hidi qolmasligi kerak.

226

  1. Ko‘k lakmus qog‘oz botirilganda xloroform uni qizartirmasligi kerak. Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 50 ml.dan chiqariladi, salqin joyda saqlanadi.

Ftoratan (Phtorotanum) — yoqimli hidga ega bo‘lgan rangsiz suyuqlik. Alangalanmaydi va portlamaydi. Efirdan birmuncha kuchli biroq toksini bor. Bemor 1—2 daqiqa ichida hushidan ketadi, narkotik holat tezda yuz beradi. Ko‘pincha azot (I)-oksid bilan birga qo‘llaniladi. Zarg‘aldoq rangli flakonlarda chiqariladi.

Pentran (Pentran), metoksifluran. Ingalan o‘ziga xos meva hidi keladigan tiniq suyuqlik, alangalanmaydi va portlamaydi. Narkotik faoliyati jihatidan efir va xloroformdan ustunlik qiladi. 0,5— 0,8 hajm foizini nafasga olish ro‘yirost analgeziyani keltirib chiqaradi. Narkoz apparatlarining rezina detallariga shimilib qolish va keyin qayta diffuziyalanish xossasiga ega, shunga ko‘ra operatsiya tugashidan 10—20 daqiqa oldin anestetik uzib qo‘yiladi. To‘q rangli zich bekitiladigan idishlarda saqlanadi.

Trixlor etilen (Trichloraethylenum) — trilen, narkogen—rangsiz o‘ziga xos hidli tiniq uchuvchan suyuqlik. Kuchli narkotik ta’siriga ega. 0,4—0,7 % hajm foiz konsentratsiyasida analgeziya hosil qiladi. 2—3 hajm foizi narkotik ta’sir beradi. Qisqa muddatli operatsiyalarda analgeziya uchun qo‘llaniladi. Germetik bekitilgan idishda, yorug‘lik tushmaydigan salqin joyda saqlanadi.

Vineten (Wineten) — tiniq benzin hidini eslatadigan uchuvchan suyuqlik. Kuchli anestetik. Nafasga olinadigan aralashmada 0,2 % konsentratsiyasida analgeziya keltirib chiqaradi. 2—3 hajm foizda yo‘qotadi, 4 hajm foizda narkozning xirurgik bosqichini hosil qiladi. To‘q rangli idishda past haroratda saqlanadi.

Gazsimon narkotiklar. Azot (I)-oksidi (Nitrogenium oxydula- tum) — shodlantiruvchi gaz. Po‘lat ballonlarda saqlanadi. Yonmaydi, hidi yo‘q. Kislorod bilan aralashmasi, aksariyat 70—80 % li azot (I) va 30—20 % li kislorod hisobidagi aralashmasi ishlatiladi.

Siklopropan (CH) tez yonuvchi gaz. Portlashi mumkin. Bal­lonlarda saqlanadi va tez ta’sir qiladi. Ko‘pincha boshqa vositalar (azot (I)-oksid, efir) bilan birga qo‘llaniladi.

Ingalatsiyali narkozda yuz beradigan asoratlar va ularning oldini olish. Bu asoratlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Narkoz o‘tkazish vaqtidagi.

  2. Narkozdan keyin.

227

Narkoz vaqtidagi asoratlar narkoz texnikasini noto‘g‘ri o‘tkazish, apparatlarning nosozligi, bemor ahvolining og‘irligi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda asfiksiya yuz berishi va yurak to‘xtab qolishi mumkin:



  1. Mexanik sabablar (tilning orqaga ketib qolishi, qusuq massasining tiqilib qolishi va hokazo).

  2. Toksinli sabablar (narkotik moddalar dozasini oshirib yuborish).

  3. Reflektor sabablar (narkotik modda ta’siri ostida yurak va nafasning to‘xtab qolishi).

Yurak to‘xtashi, odatda, asfiksiya sababli ro‘y beradi. Narkozdan keyingi davrda turli asoratlar sodir bo‘lishi mumkin. Nafas a’zolarida yuz beradigan asoratlar (yallig‘lanish, atelektaz, bronxitlar) aksariyat efir narkozidan keyin uchraydi. Bu asoratlarni profilaktika qilishda operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga faol harakatlar berish (davo badantarbiyasi, nafas gimnastikasi, balg‘am ajratish, erta o‘rindan turish), shuningdek, antibiotiklar va sulfanilamidlar qo‘llashning ahamiyati katta.

Yurak ishining buzilishi toksinli ta’sir qiladigan siklopropan va efir qo‘llanishdan so‘ng ko‘proq kuzatiladi. O‘tkir yurak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, bu ba’zan o‘limga olib keladi.



Profilaktikasi. Yurak dorilari yuboriladi va narkozning bir- muncha mukammal turini qo‘llash yo‘li bilan narkotik modda kamroq ishlatiladi.

Jigardagi asoratlar aksariyat efir va xloroform qo‘llanishdan so‘ng paydo bo‘ladi va funksional buzilishlar bilan yuzaga chiqadi, ba’zan yog‘li distrofiya va o‘tkir sariq atrofiya kuzatilishi mumkin. Miorelaksantlar qo‘llanib bemorni uyquning past bosqichlarida tutib turish hisobiga narkotik moddalar dozasini kamaytirishdan iborat.

Buyraklarda yuz beradigan asoratlar aksariyat oliguriya va albuminuriya ko‘rinishida yuzaga keladi. Siydikning zichligi oshadi, leykotsitlar va eritrotsitlar paydo bo‘ladi. Odatda, bu hodisalar tez o‘tadi va maxsus davolash usullarini talab etmaydi. Narkoz va operatsiyadan keyingi moddalar almashinuvi, eng ko‘p uglevod almashinuvi buziladi, natijada, asidoz rivojlanadi. Asidoz klinik jihatdan bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish va uyqusizlik bilan namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda ruhiy toliqish yuzaga keladi. Bemor allahlaydi, koma ro‘y berishi mumkin. Asidozni aniqlash uchun ishqoriy—kislotali holatni bilish lozim. Shu maqsadda hozirgi vaqtda

228


«Mikro-Astrup» yoki «AZIV» apparatlaridan foydalaniladi. Asidozga davo qilish uchun natriy bikorbonat, glukoza, insulin bilan birga qo‘llanilmoqda. Organizmning suvsizlanishiga va gipoxlorimiyaga olib keladigan suv-tuz almashinuvining buzilishi ikkinchi asorat hisoblanadi. Suv-tuz almashinuvi buzilganda ajratiladigan siydik miqdori va undagi natriy xlor konsentratsiyasini kuzatib borish lozim. Ko‘p miqdorda suyuqlik, osh tuzi, fiziologik eritma yuborish lozim.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish