O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet84/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Birinchi yordam. O‘tkir yurak yetishmovchiligida yurakning qisqarish xususiyatini kuchaytirishga qaratilishi kerak. Buning uchun strofantin, korglikon, digoksin singari preparatlardan foydalaniladi. 0,5 ml strofantinni (0,5 % li eritmasidan) 20 ml 40 % li yoki 5 % li glukozada suyultiriladi va asta-sekin venaga yuboriladi. Stenokardiya bilan bog‘liq o‘tkir yurak yetishmovchiligida bemorga til tagiga qo‘yish uchun nitroglitserin tabletkasi beriladi. O‘pka tomirlarida qon dimlanishini kamaytirish uchun eufillin kiritish juda yaxshi samara beradi. Bu preparatni 2,4 % li eritma holida venaga va 24 % li eritma holida muskul orasiga yuborish mumkin. 2,4 % li eufillin eritmasini suyultirib, asta-sekin vena ichiga yuboriladi. Bemorga, shuningdek, siydik haydovchi vositalardan birini furotsemid (laziks) yoki novurit yuborish lozim. Gipoksiyani kamaytirish uchun nam kislorodni nafasga berish mumkin. O‘tkir yurak yetishmovchiligida bemorni juda ehtiyotkorlik bilan transportirovka qilish lozim. Agar arterial bosim kam pasaygan bo‘lsa, bemor qaddini baland qilingan vaziyatda yotqiziladi, yurakka qon oqib kelishini kamaytirish uchun esa, oyoq-qo‘llarga faqat venoz tomirini bosib jgut qo‘yiladi. O‘tkir yurak yetishmovchiligida kasalxona sharoitidagina samarali davo qilish mumkin. Shunga ko‘ra, bemorni tezroq gospitalizatsiya qilish uchun hamma choralarni ko‘rish shart.

O‘pka shishida birinchi yordam. O‘pka shishi turli xil kasalliklarning eng og‘ir asoratlaridan biri hisoblanadi va turli sabablardan vujudga kelishi mumkin. Miokard infarktida o‘pka shishishi, yurak yetishmovchiligi shunga bog‘liq holda paydo bo‘ladigan qonning o‘pka tomirlaridan oqishning buzilishidan yuzaga keladi. Gipertoniya yoki anemiya kasalligi bor bemorlarda o‘pka shishi, asosan, vegetativ asab sistemasining qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu hol organizmda qonning noto‘g‘ri taqsimlanishiga va uning o‘pka sistemasida yig‘ilishiga olib keladi. Shikastlanishlarda va miya kasalliklarida ham shu hodisa ro‘y beradi.

208


Uremiyada, toksinli moddalar (xlor, fosgen)dan zaharlanishda o‘pka kapillari devori o‘tkazuvchanligining oshishi o‘pka shishi rivojlanishida juda katta rol o‘ynaydi.

Qanday sababdan paydo bo‘lganidan qat’iy nazar, o‘pka shishi nafas olish va gipoksiyaning buzilishiga olib keladi. Qiynalib tezlashishi o‘pka shishining dastlabki simptomlari hisoblanadi. Keyinchalik nafas xirillab chiqadi va hatto g‘arg‘ara bilan chiqadi, yo‘tal tutib oq yoki pushtirang ko‘pikli balg‘am ajratiladi. Bu ko‘pik havoning o‘pka alveolalariga o‘tishiga xalaqit beradi, bemorda kislorod tanqisligi boshlanadi. Teri va shilliq pardalarning ko‘kimtir tusga kirishi (sianoz) ana shu hodisaning belgilaridir. Kislorod tanqisligi qon aylanishi buzilishini yanada kuchaytiradi, metabolik asidoz rivojlanadi.



Birinchi yordam. O‘pka shishida birinchi yordam gipoksiyani bartaraf qilishga qaratilishi lozim. Avvalo, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, ko‘piksimon balg‘amni tugatish lozim. Shu maqsadda balg‘amni ajratish chorasi ko‘riladi. Kislorodni spirt bug‘lari bilan nafas oldiriladi. Spirt ko‘pikka ta’sirchan vositalardan biri hisoblanadi. O‘pka tomirlarida qon to‘liqligini kamaytirish uchun oyoq-qo‘llarga jgutlar qo‘yish maqsadga muvofiq. Bunda faqat venoz tomirini bog‘lash va arterial qon oqimini normalligicha saqlash lozim. Shuning uchun jgut qo‘yilgach, jgut qo‘yilgan joydan pastdagi arteriyada puls borligi tekshirib ko‘riladi.

Bundan tashqari, o‘pka tomirlarning qon bilan to‘liqligini kamaytirish uchun turli xil dori preparatlari: siydik haydovchi dorilar (urosemid, novurit) arterial bosimni pasaytiradigan dorilar qo‘llanish tavsiya etiladi. Arterial bosim past bo‘lganda, bu preparatlarni juda ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim. O‘pkasida shishi bor bemorlarga yordam ko‘rsatishda uning rivojlanish sabablari va mexanizmlari turli-tuman ekanligini unutmaslik kerak. Chunonchi, yurakda nuqsoni bo‘lgan bemorda o‘pka shishganda nafas qisishni kamaytirish uchun morfin yuborish yaxshi natija bersa, miyaning shikastlanishi yoki kasallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘pka shishida bu preparatni qo‘llash mumkin emas. Shuning uchun ko‘pikka qarshi terapiya, kislorod ingalatsiyasi va jgutlar qo‘yishdan iborat birinchi yordam ko‘rsatib turib shifokorni chaqirish lozim. U o‘pka shishi sababini aniqlashi va to‘g‘ri intensiv terapiyani davom ettirishi mumkin.



Miokard infarktida birinchi yordam. Miokard infarkti — yurak muskuli uchastkasining nekrozi (jonsizlanishi) o‘limning eng ko‘p

209


uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi. U koronar tomirlar aterosklerozi, ularning spazmga uchrashi yoki qon laxtasi bilan bekilib qolishi natijasida yurakning qon bilan ta’minlanishi qattiq buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Odatda, yurak muskulida qon aylanishning buzilishi to‘sh orqasida kuchli og‘riq ko‘rinishidagi stenokardiya (ko‘krak qisishi) xurujida namoyon bo‘ladi. Bu xurujning qon tomirlarni kengaytiradigan vositalar (nitroglitserin, papaverin va boshqalar) yordamida o‘z vaqtida davolash miokard infarktining bundan keyingi rivojini to‘xtatishi mumkin. O‘tkir yurak tomir yetishmovchiligi miokard infarktining eng ko‘p uchraydigan og‘ir belgisi hisoblanadi. Bu shu qadar xavfli holatki, hozirgi vaqtda uni og‘ir shok, deb qaralmoqda. Miokard infaktining ikkinchi asorati o‘pka shishi va qorinchalar fibrillatsiyasidir.

Birinchi yordam.

Shifokor kelguncha:



  1. Chalqancha yotqizib, siquvchi kiyimlar yechiladi.

  2. Yuqori nafas yo‘llari tozalanadi.

  3. Mutlaqo tinch, qimirlamasdan yotish kerak.

  4. Til ostiga 1—2 tabletka nitroglitserin yoki validol tashlanadi.

Shifokor bo‘lmasa:

  1. Morfin gidroxlorid 1 % 1 ml (v/i yuboriladi).

  2. Atropin 0,1 % 0,5—0,75 ml (v/i yuboriladi).

  3. Fentanil 0,005 % 1—1,5 ml (v/i yuboriladi).

  4. Agar foyda bermasa, kislorod 20 %+azot (I) oksidi beriladi. Foyda bo‘lganidan keyin kamaytiriladi.

  5. Geparin 10—15 TB (v/i yuboriladi).

  6. Streptokinaza yoki streptodikaza (v/i 30 daqiqa davomida yuboriladi).

  7. Lidokain 2 % 5 ml (v/i yuboriladi).

  8. Yurak to‘xtab qolsa, yurakni tashqi tomondan uqalash.

  9. O‘pka shishi boshlansa, tez yordam choralari ko‘riladi.

  10. Agar shok boshlansa, «kardiogen shok»dagi tez yordam choralari ko‘riladi.

Isterik xuruj. Isterik tutqanoq, odatda, kunduzi rivojlanadi va tutqanoq tutishidan oldin bemor yoqimsiz kechinmani boshidan kechiradi. Isteriyali bemor, odatda, asta-sekin qulay joyga yiqiladi, hech qayeriga shikast yetmaydi, kuzatiladigan muskul tortishishi

210


tartibsiz, ataylab qilinayotgandek yoki qaltirash ko‘rinishida bo‘ladi. Og‘izdan ko‘piksimon suyuqlik chiqmaydi, es-hushi joyida bo‘ladi, nafas buzilmaydi, qorachiqlar yorug‘likni sezadi. Tutqanoq uzoq muddat davom qiladi, bemor o‘ziga nechog‘li ahamiyat bersa, tutqanoq shunchalik ko‘p vaqtga cho‘ziladi. Tutqanoqning bu turida beixtiyor siyib qo‘yish kuzatilmaydi. Xuruj to‘xtagandan so‘ng uyquga ketish va karaxtlik kuzatilmaydi, bemor bamaylixotir o‘z ishini davom ettirishi mumkin.

Birinchi yordam. Isterik tutqanoqda ham bemorga yordam berish talab qilinadi. Uni ushlab turish kerak emas, bemorni tinch joyga ko‘chirish yoki begona kishilarni chetlashtirish, nashatir hidlatish va uning atrofida g‘ala-g‘ovur bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunday sharoitda tez tinchlanadi va xuruj to‘xtaydi.

To‘satdan boshlangan tug‘uruqqa birinchi yordam ko‘rsatish

Tug‘uruqxonalar tarmog‘ining beqiyos o‘sganligiga va homilador ayollarning yaxshi dispanserizatsiya qilinishiga qaramay, ba’zan homiladorlar uy sharoitlarida, poyezdlarda, samolyotlarda va shu kabilarda birinchi yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Tug‘uruqqa yordam ko‘rsatuvchi odam, avvalo, aseptik sharoitlar yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kerak: qo‘lni yaxshilab yuvish va zararsizlantirish, qaychi yoki pichoqni dezinfeksiya qilish, kindikni bog‘lash uchun steril bint tayyorlash yoki spirtga (yod eritmasiga) pishitilgan ip tasmachani solib qo‘yishi lozim. Bordi-yu bola asfiksiya bo‘lib tug‘ilganda burun yo‘llari va og‘zidan homila oldi suvlarini tortib olish uchun rezina nokchani (grusha) taxt qilib qo‘yish kerak.

Tug‘ilgan chaqaloqni qaynoq dazmol bilan dazmollangan toza choyshabga (yo‘rgakka) yotqiziladi. Kindikdagi pulsatsiya aniqlanmay qolganda kindik tizimchasini bola kindigidan 5—10 sm da tayyorlab qo‘yilgan ip, tasmacha yoki bint tilimi bilan ikki joydan bog‘lanadi, so‘ngra kindikni bog‘langan ligaturalar o‘rtasidan kesiladi (60—61-rasmlar).

Agar bolaning nafasi chiqmasa, bolaning og‘zi va burnidagi suvlarni rezina nokcha bilan tortib olgandan so‘ng, «og‘izdan— og‘izga» usulida sun’iy nafas oldira boshlash lozim. Onani va yangi tug‘ilgan chaqaloqni imkon boricha tezroq tug‘uruqxonaga olib borish kerak. Statsionardan tashqarida tug‘uruqqa yordam berish zarur bo‘lib qolsa, akusherlik xaltasidan foydalaniladi.

211
60-rasm. Kindikni ikki qisqich orasidan kesish.







61-rasm. Kindik qoldig‘ini bog‘lab, doka salfetka o‘rash:
a—birinchi holat; b—ikkinchi holat.

212


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish