Zaharli ilonlar chaqishi. Ko‘zoynakli ilon, kobra, qora ilon, gyurza va boshqalarning chaqishi hayot uchun nihoyatda xavfli. Ilon chaqqan hamono shu joy qattiq achishib og‘riydi, qizaradi, momataloq bo‘ladi va shishib chiqadi. Tez orada limfatik tomirlar bo‘ylab taram-taram qizil izlar paydo bo‘ladi (limfangit). Shu bilan deyarli bir vaqtda umumiy zaharlanish simptomlari: og‘iz qurishi, tashnalik, uyquchanlik, qusish, ich ketishi, talvasaga tushish, nutq va yutinishning buzilishi, ba’zan kobra chaqqanda harakat a’zolarining falajlanishi kuzatiladi. O‘lim ko‘pincha nafas to‘xtashi oqibatida yuz beradi.
Birinchi yordam. Ilon chaqqan zahoti o‘sha joydan ancha yuqoriroqdan qon to‘xtatadigan jgut, burama bog‘lam bog‘lash, so‘ngra ilon chaqqan joy terisini qon chiqquncha kesish (pichoqni olovda qizdirish kifoya ) va shu joyga qon so‘radigan banka qo‘yish lozim. Maxsus banka bo‘lmaganda, shishasi qalin ryumka, stakandan foydalanish mumkin. Banka quyidagicha qo‘yiladi: cho‘p uchiga ozgina paxta o‘raladi, uni spirt yoki efrga botirib, yondiriladi. Yonib turgan paxtani bankaga tiqib olinadi (1—2 sekundga) so‘ngra bankani tezda ilon chaqqan joyga qo‘yiladi.
Bankaning terini yaxshi tortganiga ishonch hosil qilingach, jgutni asta-sekin bo‘shatiladi va uni olib qo‘yiladi. Banka qon bilan zaharni so‘rib olgach, jarohatni kaliy permanganat yoki soda eritmasi bilan artish va septik bog‘lam qo‘yish lozim. Ilon chaqqan odamni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak. Bu yerda unga malakali yordam (ilon zahariga qarshi zardob va boshqalar) beriladi. Jarohatdan qonni so‘rib olishning iloji bo‘lmasa, ilon chaqqan kishini jgutni yechmasdan kasalxonaga olib borish kerak. Bu muddat ichida bemorga suyuqlikni ko‘p ichirish zarur (issiq choy, qahva, sut va boshqalar).
204
Qorin bo‘shlig‘i organlarining o‘tkir kasalliklarida birinchi yordam
Qorin bo‘shlig‘i organlarining to‘satdan va tez boshlanadigan kasalliklarida ko‘pincha tezlikda jarrohlik yordami berishni talab etadigan asoratlar vujudga keladi. Bu asoratlarga: qorin pardasining yallig‘lanishi (peritonit) va qorin ichidan qon oqishi kiradi. Qorin pardasi yallig‘lanishi yoki ichdan qon ketishning klinik manzarasini keltirib chiqaradigan belgilar, ya’ni qorin bo‘shlig‘idagi biror falokatdan darak beradigan simptomlar qorindagi o‘tkir holat, degan nom olgan. O‘tkir appenditsit, me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichakdagi teshilgan yara, o‘tkir xoletsistit, qisilgan churra, ichakning o‘tkir tutilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i organlarining yopiq shikastlanishlari, o‘tkir pankreatit, bachadondan tashqaridagi homiladorlikda naychaning yorilishi, tuxumdon kistasining buralishi, qorin bo‘shlig‘i organlarining eng ko‘p tarqalgan kasalliklari bo‘lib, ana shular yuz berganda, qorindagi o‘tkir holat to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bu kasalliklarning hammasi uchun o‘ziga xos xususiyat shuki, kasallik boshlangan vaqtdan malakali shifokor yordami ko‘rsatilguncha o‘tgan muddat nechog‘li ko‘p bo‘lsa, bemorning ahvoli shunchalik og‘ir bo‘ladi va ko‘ngilsiz natija bilan tugaydigan hollar soni shunchalik ko‘payadi. Bu guruhdagi ko‘pchilik kasalliklar uchun umumiy simptomlardan (qorinda kuchli doimiy og‘riq, tutib-tutib og‘rish va hokazo) turlicha bo‘ladigan o‘tkir og‘riqni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Og‘riq soppa-sog‘ odamda to‘satdan paydo bo‘lishi, u yashirin, bilinar-bilinmas boshlanib, ma’lum vaqtdan so‘ng zo‘rayib ketishi mumkin. Ko‘ngil aynishi va qusish ikkilamchi simptomi bo‘lib, ba’zan to‘xtovsiz davom qiladi, qorindagi o‘tkir holatda ko‘pchilik bemorlarning ichi kelmay qoladi va yel ajralmaydi. Qorin bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish holati uchun qorin oldingi devoridagi muskullarning taranglashishi va qorinni paypaslab ko‘rilganda, yallig‘langan a’zo sohasida og‘riq bo‘lishi xosdir. Odatda, Shchetkin- Blyumberg simptomi aniqlanadi. Uni quyidagicha tekshirib ko‘riladi. Tekshirilayotgan kishi qornining oldingi devorini shifokor qo‘li bilan asta-sekin bosadi va qo‘lni tez tortib olayotganda bemor qattiq og‘riq sezsa, simptom musbat hisoblanadi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarining qay birida bo‘lmasin bemorga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa,
205
peritonit rivojlanib, u qaysi bir sababdan paydo bo‘lganidan qat’iy nazar, xatarli oqibatlarga olib keladi. Qorin ichiga qon oqishi qisqa vaqt ichida o‘tkir kamqonlikka va o‘limga olib kelishi mumkin. Tarqalgan yiringli peritonitda bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashish juda qiyin, peritonitning oldini olish, ya’ni uning sababini bartaraf etish birmuncha oson. Shunday qilib, «qorindagi o‘tkir holat», degan umumiy nom bilan atalgan kasalliklar guruhi shoshilinch jarrohlik yordami ko‘rsatiladigan kasalliklar sifatida qaralishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |