O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi


Quloq, burun, ko‘z, nafas yo‘llari, me’da-ichak yo‘llariga yot jismlar tushganda birinchi yordam



Download 2,28 Mb.
bet80/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Quloq, burun, ko‘z, nafas yo‘llari, me’da-ichak yo‘llariga yot jismlar tushganda birinchi yordam

Quloqqa yot jismlar tushganda birinchi yordam. Quloqqa tushadigan yot jismlar ikki turda bo‘ladi.

  1. Jonsiz narsalar.

  2. Jonivorlar.

Jonsiz mayda narsalar (tugmacha, munchoq, no‘xat, meva danaklari, pista, paxta bo‘lakchasi va boshqalar). Jonivorlar har xil hasharotlar (kana, suvarak, chivin, pashsha va boshqalar) tashqi eshituv yo‘liga tushadi. Ko‘pincha bolalarning qulog‘iga yot jismlarning tushishi kuzatiladi. Jonsiz yot jismlar aksari hech qanday og‘riqqa sabab bo‘lmaydi va ularning quloqqa tushishi biror jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Shuning uchun bu o‘rinda birinchi yordam ko‘rsatish talab etilmaydi. Aksincha, atrofdagilar yoki qulog‘iga yot jism tushgan kishining o‘zi uni chiqarishga urinishi foyda bermay, yot jism eshituv yo‘li ichkarisiga surilib, to‘qimalarni shikastlantiradi va eshituv yo‘li shishuviga sabab bo‘ladi. Bunday

200


yot jismlami mutaxassis shifokor bo‘lmagan shaxsning chiqarishi qat’iyan man qilinadi, chunki bu og‘ir asoratlarga: quloq pardasi teshilishiga, o‘rta quloq bo‘shlig‘iga infeksiya tushishiga olib kelishi mumkin. Jonivorlar subyektiv sezgilarga—parmalayotgandek sezgi paydo bo‘lishiga, achishiga va og‘riqqa sabab bo‘ladi. Jabrlanuvchi quloqda noxush jizillash, qimirlash sezadi, ba’zida qisqa vaqtli hushdan ketish kuzatiladi.

Birinchi yordam. Jonsiz narsalar quloqqa kirib qolganda mutaxassisga murojaat qilish kerak. Jonivorlar kirib qolganda esa, eshituv yo‘lini suyuq moy (kungaboqar moyi) spirt yoki suv bilan to‘ldiriladi va bemorni bir necha daqiqagacha sog‘lom tomonga yotish so‘raladi. Bunda hasharot o‘ladi hamma subyektiv sezgilar tez orada o‘tib ketadi. 5—7 daqiqa o‘tgandan keyin kasalni yonboshga ag‘darish kerak bo‘ladi. Bemorning qulog‘ida yoqimsiz sezgilar yo‘qolgandan so‘ng, u sog‘ tomoni bilan yotqiziladi. Aksari suyuqlik bilan birga quloqdagi yot jism ham chiqadi. Yot jismlarni chiqqanligini aniqlash uchun bemorni otolaringologga olib borish lozim.

Burunga yot jism tushishi. Aksari bolalarda uchrab, ular burunga mayda narsalarni (sharcha, munchoq, toshcha, qog‘oz, paxta bo‘lakchasi, meva danagi, tugmacha kabilarni) o‘zlari tiqishadi.

Birinchi yordam. Birinchi yordam shundan iboratki, bemor burnining bitta katagini bekitib turib qattiq qoqishi lozim. Burundan yot jismlarni chiqarishga urinish taqiqlanadi. Yot jismlarni shifokor chiqaradi. Burundan yot jismni tezlikda chiqarishga shoshilish yaramaydi, biroq, yot jism burun ichida uzoq muddat qolganda yallig‘lanish, shish avj olishi, ba’zan esa, yara-chaqa paydo bo‘lishi va qonashi mumkin.

Ko‘zga yot jismlar tushishi. Mayda o‘tmas narsalar (chang- g‘ubor, chivin, qum, pashsha va boshqalar) konyunktivaga (shilliq pardaga) tushib, ko‘zni achishtiradi, bu ko‘zni ochib-yumishda kuchayadi, yoshlantiradi. Agar yot jism olib tashlanmasa, konyunktiva shishadi, qizaradi, ko‘z funksiyasi buziladi. Yot jism, odatda, ustki yoki pastki qovoq ostida joylashadi.

Birinchi yordam. Yot jism nechog‘li tez olib tashlansa, u keltirib chiqargan hodisalar shunchalik tez yo‘qoladi. Ko‘zni ishqalash mumkin emas, bu konyunktivani ko‘proq ta’sirlantiradi. Ko‘zni sinchiklab qarab, unga tushgan narsani olib tashlash lozim. Avval pastki qovoq konyunktivasi ko‘zdan kechiriladi: bemordan yuqoriga

201


qarash so‘raladi, yordam berayotgan kishi pastki qovoqni quyiga tortadi, bunda konyunktivaning pastki qismi to‘la-to‘kis ko‘rinadi.

Yot jismni quruq yoki borat kislotasi eritmasida ho‘llangan paxta pilik bilan chiqariladi. Ustki qovoq tagidan yot jismni chiqarish birmuncha murakkab—ustki qovoqni konyunktivasi bilan sirtiga ag‘darish zarur. Buning uchun bemorga pastga qarash buyuriladi, yordam ko‘rsatuvchi kishi o‘ng qo‘lining ikki barmog‘i bilan ustki qovoqni kipriklardan ushlab, uni oldinga va pastga tortadi, so‘ngra chap qo‘lining qovoq ustiga qo‘yilgan ko‘rsatkich barmog‘i bilan uni pastdan yuqoriga harakat qilib ag‘daradi. Yot jism chiqarilgandan so‘ng bemorga yuqoriga qarash buyuriladi va ag‘darilgan qovoq mustaqil ravishda o‘z holiga qaytadi. Yot jism chiqarilgandan so‘ng profilaktika maqsadida ko‘zga 2—3 tomchi 30 % li sulfatsil-natriy (albutsid-natriy) eritmasi tomiziladi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish