Is gazi va yoritgich gazdan zaharlanishda birinchi yordam. Is gazidan (uglerod (II)—oksid — CO) qator organik moddalar (aseton, metil spirt, fenol va boshqalar)ni sintez qilish uchun foydalaniladigan korxonalarda, garajlarda ventilatsiya yomon bo‘lganda, yangi bo‘yalgan shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida — yoritgich gaz chiqib turganda va pechka bilan isitiladigan uylar (uy, hammom va boshqalar)da pechka qopqog‘i o‘z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.
Klinikasi. Zaharlanishning dastlabki simptomlari bosh og‘rig‘i, boshning og‘irlashishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, yurak urishidir. Keyinroq bemorning muskullari bo‘shashadi, qusadi. Havosida zaharli modda bo‘lgan xonada turilganda, odam battar bo‘shashadi, uyqusi keladi, es-hushi xiralashadi, nafasi qisadi. Zaharlangan kishida bu davrda teri qoplamlarini oqarishi, ba’zan badanda tiniq qizil dog‘lar paydo bo‘lishi qayd qilinadi. Keyinchalik is gazidan nafas olishda nafas yuzaki bo‘lib qoladi, muskullar tortishadi va nafas markazi falajlanishidan o‘lim ro‘y beradi.
197
Birinchi yordam. Avvalo, zaharlangan kishini shu xonadan zudlik bilan olib chiqish zarur. Issiq paytlarda uni hovliga olib chiqqan yaxshi. Yuza nafas olishda yoki nafas olish to‘xtab qolganda sun’iy nafas oldira boshlash, bu tadbirni bemor mustaqil nafas olgunga qadar yoki ro‘yirost biologik o‘lim alomatlari paydo bo‘lgungacha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo‘yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug‘larini hidlatish zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon beradi. Zaharlanib qolgan kishilar gospitalizatsiya qilinishi kerak, chunki birmuncha keyinroq o‘pka va asab sistemasi tomonidan og‘ir asoratlar vujudga kelishi mumkin.
Agar bemor hushida bo‘lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo‘shatiladi, issiq choy, qahva ichiriladi. Har qanday is gazidan zaharlanish darajasida ham bemorlarni shoshilinch holda reanimatsiya yoki toksikologiya bo‘limiga yetkaziladi. Kasalxonadan chiqqandan so‘ng bemorlar terapevt va nevropatolog kuzatuvida bo‘lishi shart.
Ovqatdan zaharlanishda birinchi yordam. Sifatsiz (infeksiya tushgan) hayvon mahsulotlari (go‘sht, baliq, kolbasa mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalari, sut va undan tayyorlangan taomlar — krem, muzqaymoq va hokazo) yeyilganda, ovqatdan zaharlanish — ovqat toksikoinfeksiyasi paydo bo‘ladi. Kasallikning shu mah- sulotdagi mikroblar va ularning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan toksinlar keltirib chiqaradi.
Go‘sht, baliqqa infeksiya hayvonning tirikligidayoq tushishi mumkin, biroq ko‘pincha bu hodisa ovqat tayyorlash jarayonida va oziq-ovqat mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlashda ro‘y beradi. Qiyma go‘shti (pashtet, yaxna, qiyma va boshqalarga) infeksiya, ayniqsa, oson tushadi. Kasallikning dastlabki simptomlari zararlanib qolgan mahsulot yeyilgandan so‘ng 2—4 soat o‘tgach paydo bo‘ladi. Kasallik ayrim hollarda ancha vaqt 20—24—26 soatdan so‘ng yuzaga chiqishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik, odatda, to‘satdan boshlanadi: umumiy lohaslik paydo bo‘ladi, ko‘ngil ayniydi, bemor ko‘pincha ketma- ket qusadi, qorni tutib-tutib og‘riydi, tez-tez ich ketadi, ba’zan axlatda shilliq va ipir-ipir qon aralashgan bo‘ladi. Intoksikatsiya tezda oshib boradi, bu hol arterial bosimning pasayishi, pulsning tezlashishi, rang oqarishi, tashnalik, yuqori harorat (38—40°C) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agar bemorga yordam ko‘rsatilmasa, intoksikatsiya hodisalari nihoyatda tez oshib boradi, yurak tomir yetishmovchiligi o‘sib boradi, muskullar tortishadi, kollaps va o‘lim yuz beradi.
198
Birinchi yordam. Me’da zondi yordamida me’dani tezlik bilan yuvish yoki atayin qustirish — iliq suvni ko‘p (1,5—2 litr) ichib, keyin til ildizini bosishdan iborat. Me’dani «toza suv» chiqquncha yuvish kerak. Bemor o‘zicha qusayotganida ham unga ko‘p suyuqlik ichirish kerak. Ichaklardan infeksiya tushgan mahsulotlarni tezroq haydash uchun bemorga karbolen (me’da ko‘miri) va surgi dori (yarim stakan suvga 25 gr tuz surgi yoki 30 ml kanakunjut moyi) berish zarur. Ovqat yeyish man qilinadi (1—2 sutkagacha), biroq, ko‘p ichimlik ichish buyuriladi. O‘tkir davrda (me’da yuvilgandan so‘ng) issiq choy va qahva beriladi.
Bemorni grelkalar bilan isitish lozim (oyoq-qo‘llariga qo‘yiladi). Kuniga 0,5 gr.dan (4—6 marta) sulfanilamidlar (sulgin,ftalazol) yoki antibiotiklar (0,5 gr.dan 4—6 marta levomitsitin) beriladi. Bemor axlati va qusuq massalarini bevosita tuvakda dezinfeksiya qilish zarur (quruq xlorli ohak bilan aralashtiriladi). Kasallangan kishiga tez tibbiy yordamni chaqirish yoki tibbiy muassasasiga olib borish lozim. Shubhali mahsulotlarni iste’mol qilgan kishilarning hammasi 1—2 sutka mobaynida kuzatib turilishi va ularda shunday simptomlar paydo bo‘lganda kasalxonada yotqizilishi kerak.
Dori moddalari va spirtdan zaharlanishda birinchi yordam. Dori moddalaridan zaharlanish. Dori-darmonlardan zaharlanish aksariyat bolalarda — doridan duch kelgan joyda pala-partish foydalaniladigan, bolalar bemalol oladigan joylarda saqlanadigan oilalarda kuzatiladi. Katta yoshli odam dori dozasi tasodifan oshib ketganda, suitsidal urinishda va narkomaniyaga uchraganda zaharlanadi. Og‘riq qoldiradigan va haroratni tushiradigan dorilar (butadion, analgin, aspirin, promedol va boshqalar) dozasi oshirib yuborilganda markaziy asab sistemasida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlari buziladi, kapillarlar parezga uchraydi va badandan issiqlik ajralishi kuchayadi. Bu ko‘p terlash, lanjlik, uyquchanlik bilan o‘tadi. Uyquchanlikdan, so‘ng chuqur uyqu va behushlik holati boshlanishi, ba’zan nafas olish buzilishi mumkin.
Birinchi yordam. Es-hush saqlanib qolganda me’dani yuvish, faol qustirish lozim. Nafas buzilganda sun’iy nafas oldiriladi. Zaharlangan kishi zudlik bilan davolash muassasasiga olib borilishi kerak.
Spirtdan zaharlanish. Metil spirti texnika tarmog‘ida juda keng qo‘llaniladi. Metalon tozalanganda etil spirtiga juda o‘xshash bo‘ladi (hidi, rangi, ta’mi), shuning uchun ko‘p hollarda etil spirti, deb odamlar yanglish iste’mol qiladilar va zaharlanishlar kuzatiladi
199
(8—10 gr tana massasining har 1 kg og‘irligiga to‘g‘ri kelganda). Texnik suyuqligi organizmda juda og‘ir zaharlanish keltirib chiqaradi va oqibatda o‘limga sabab bo‘ladi. Metil spirti organizmga tushganda birinchi fazada etil spirtidek kayf beradi, keyinchalik asab tizimiga, birinchi navbatda ko‘rish asabi hujayralarini zararlaydi. Shuning uchun zaharlanishning birinchi belgisi ko‘rish qobiliyatining buzilishi va ko‘rlikka sabab bo‘ladi, bundan tashqari bosh og‘rig‘i oshqozon og‘rig‘i, bo‘g‘ilish, hansirash, yurak tez urishi, ipsimon puls yuzaga chiqadi. Mastlikning og‘ir darajasida odam uxlab qoladi, so‘ngra uyqu behushlik holatiga o‘tadi. Ko‘pincha qusish, beixtiyor siyib qo‘yish kuzatiladi. Nafas markazining ishi keskin pasayib ketadi, bu hol siyrak nafas olishda yuzaga chiqadi. Nafas markazi falaj bo‘lib qolganda o‘lim ro‘y beradi.
Birinchi yordam, avvalo, bemorni sof havo bilan ta’minlash zarur. Metil spirtidan zaharlanishda birinchi yordam bemor qustirilib, 100—150 ml 30—40°C li etil spirti ichiriladi (aroq). Etil spirti metil spirtining antidoti hisoblanadi. Nafas to‘xtab qolganda, sun’iy nafas oldirish va boshqa reanimatsion tadbirlar o‘tkazish zarur. Kasalni tezda kasalxonaga, reanimatsiya bo‘limiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |