O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov


 Quritishning absorbsiya usuli va uglevodorod gazlarini



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

 
6.2. Quritishning absorbsiya usuli va uglevodorod gazlarini 
benzinsizlashtirish texnologiyasi 
 
Gaz  sanoatida  absorbsiya  jarayoni  gazlarni  quritishda  va  undan  og„ir 
uglevodorodlarni ajratib olishda keng  qо„llaniladi. 


 
 
153 
Absorbsiya
  –  gazlarni  yoki  suyuqlik  bug„larini  yutuvchilarga  -
absorbentlarga yutilishiga aytiladi. Bunday jarayonda moddalarning yoki bir guruh 
moddalarning  gaz  fazasidan  yoki  bug„li  fazadan  suyuqlikka  о„tish  jarayoni  sodir 
bо„ladi. 
Absorbsiya
  –  tanlangan  va  orqaga  qaytmas  jarayonlardir.  Moddalarni 
suyuq  fazadan  bug„li  fazaga  yoki  gazga  о„tishi 
desorbsiya
  deyiladi.  Bu  ikkala 
jarayon ham birlashib ishlab chiqarish siklini tashkil qiladi. 
Desorbsiya 
absorbsiyadan keyin о„tkaziladi va  bunda  maqsadli  komponent 
suyuq  yutuvchilardan  ajratib  olinadi.  Kо„rinib  turibdiki,  absorbsiya  va  desorbsiya 
bir-biriga qarama – qarshi bо„lgan jarayonlardir. Birinchi holatda gazni suyuqlikka 
erib  kirishi  sodir  bо„ladi  va  bosimni  oshishiga  olib  keladi  hamda  haroratni 
pasaytiradi.    Absorbentni  absorbsiya  jarayonida  maqsadli  komponentlarining 
yutilishiga  tо„yinish  yoki  ishlanish  deb  ataladi.  Absorbent  desorbsiya  jarayonida 
maqsadli  komponentlardan  ozod  bо„lgandan  keyin  regeneratsiyalanadi  va 
sovutiladi,  keyin  nasos  yordamida  qaytadan  absorbsiyaga  qaytarilishi  mumkin. 
Shunday qilib yopiq absorbsiya – desorbsiya tizimi paydo bо„ladi. 
Absorbsiya  jarayonida  tabiiy  gazni  quritishda  glikol  xizmat  qiladi. 
Absorbsiya jarayonida glikol (DEG, TEG) tabiiy gazdagi suv bug„lariga yutiladi.  
Regeneratsiyalangan aralashma yana qaytadan absorberga qaytadi. 
Gazni  quritish  qurilmasini  texnologik  sxemasida    (6.1-rasm)  nam  gaz 
ajratgichga  (1)  tо„planadi,  u  yerda  suyuqlik  tomchilaridan  ajratiladi  va  keyin 
absorberga  (2)  kelib  kiradi.  Absorberda  gaz  pastdan  yuqoriga  absorbentga 
tо„qnashishi uchun harakatlanadi, quritiladi, keyin esa tomchi tutqichdan (3) о„tadi,  
u  yerda    yuqori  likopchadan  olib  ketiluvchi  absorberning  yuqori  konsentratsiyali 
tomchilaridan  ajratiladi.  Absorberdan  ajratilgan  gaz  magistral  gaz  uzatmasiga 
beriladi. 
Absorbentga  tо„yingan  eritma  absorberdan  shamollatgich  orqali  (5)  filtrga 
(6)  va  desorberga  (7)  yо„naltiriladi,  keyin  desorberning  (7)  pastki  qismiga 
о„rnatilgan  bug„li  qizdirgichga  beriladi  va  belgilangan  haroratgacha  qizdiriladi. 
Eritma reboylerda qizdirilgandan keyin bug„lantirish kolonnasiga beriladi (7). 


 
 
154 
 
6.1- rasm. Gazni glikol bilan quritish qurilmasining prinsipial sxemasi:  
1  –  kirishdagi  ajragich; 2  –  absorber;  3  – tomchi  tutqich; 4  –  sath  rostlagich;  5  – 
shamollatgich; 6 – filtr; 7 – desorber; 8 – kondensatni yig„gich; 9 – bug„ ejektori; 
19 – sovutgich; 11 – issiqlikni almashtirgich; I – kirib keluvchi gaz; II – quritilgan 
gaz;  III  –  konsenratsiyalangan  glikol;    IV  –  sovutuvchi  suv;    V  –  aralashtirilgan 
glikol; VI – kolonnani sug„orish oqimi; VII – suvli bug„        
 
Suv bug„i  eritmadan ajralib chiqqandan keyin suvutgichga (10) tо„planadi, 
u  yerda  asosiy  qismi  kondensatsiyalanadi,  keyin  esa  kondensatni  yig„gichga  (8) 
beriladi. Bu yig„gichdan suvning bir qismi teskariga kolonnaning yuqori qismiga 
yо„naltiriladi va haroratni pasaytiradi. Natija yuqoriga kо„tariluvchi absorbentning 
bug„lari  kondensatsiyalanadi  va  pastga  tomon  oqadi  hamda  absorbentning 
yо„qotilishini qisqartiradi.  
Belgilangan 
konsentratsiyagacha 
regeneratsiyalangan 
absorbentning 
aralashmasi avval issiqlik almashtirgich orqali о„tadi (10), tо„yingan eritma bilan 
sovutiladi, keyin esa qо„shimcha sovutgichda qaytadan (10) sovutiladi va sug„orish 
uchun kontaktorga tо„planadi. 
Tabiiy gazni quritish uchun absorbent sifatida glikoldan keng foydalaniladi, 
DEG  va  TEGning  afzalliklari  yuqoridir.  Agar  tabiiy  gazni  quritish  talab  qilinib 


 
 
155 
uning  tarkibida  aromatik  uglevodorod  bilan  kondensat  uglevodorodlari  kо„p 
bо„lganda absorbentni tanlash kо„proq etilenglikolga qaratiladi. Bunday sharoitdap 
etilenglikol  DEG  va  TEG  ga  nisbatan  iqtisodiy  tejamkor,  u  aromatik 
uglevodorodlar tarkibidagi uglevodorod kondensatida kam eruvchan hisoblanadi. 
Tabiiy gazni quritishda glikolning keng qо„llanilishiga sabab, uning yuqori 
gigroskopikligi  nam  tortgichligi),  qizdirilganda  chidamliligi  va  kimyoviy 
yoyiluvchanligi,  bug„  bosimining  pastligi  va  nisbatan  narxining  pastligi  qо„llash 
uchun qulaydir. 
Etilenglikol  yoki  glikol  – 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish