OH
CH
OH
CH
2
2
– sodda ikki atomli
spirtdir. Bu rangsiz quyuq shirin tamli, hidsiz suyuqlik. Uning malekulyar massasi
62,07, zichligi ρ = 1,115 g/sm3, atmosfera bosimidagi qaynash harorati -197,5
o
C,
solishtirma issiqlik sig„imdorligi – 0,55 kkal/kg.
Etilenglikol suv bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Uning suvli
aralashmasi past haroratda muzlaydi va qish vaqtida mashina dvigatellarini
sovutish sifatida muzlamaydigan suyuqlik sifatida keng qо„llaniladi. Suvli
eritmasining muzlash harorati quyidagi 6.2-rasmda keltirilgan.
Dietilenglikol (
OH
CH
CH
O
CH
OH
CH
2
2
2
2
) tо„liq bо„lmagan efir
etilenglikolni ifodalaydi va suyuqlik rangsiz holda bо„ladi. Uning molekulyar
massasi 106,12, zichligi ρ = 1,117 g/sm
3
, atmosfera bosimidagi qaynash harorati
– 244,5
o
C.
Dietilenglikol ham har qanday nisbatda suv bilan va gigroskopik
etilenglikol bilan aralashadi.
Glikollardan
eng
samarali
absorbent
trietilenglikol
(
OH
CH
CH
O
CH
CH
O
CH
OH
CH
2
2
2
2
2
2
) isoblanadi. Uning olekulyar
massasi 150,17, zichligi ρ = 1,1254 g/sm
3
, atmosfera bosimidagi qaynash harorati
– 287,4
o
C. Uning bug„larining elastikligi deetilenglikolnikidan bir necha marta
kichik.
Trietilenglikolning asosiy kamchiligi uning konsentratsiyali aralashmasi
og„ir uglevodorodlarda katta bо„lmagan miqdorda yutilish xususiyatiga egadir.
Shuning uchun tarkibida og„ir uglevodorod bо„lgan gazlarni quritishda eritmaning
pasaytirilgan konsentratsiyasi qо„llaniladi.
156
6.2-rasm. Suvli eritmalaini muzlash haroratini tarkibga bog„liqligi:
1 – etilenglikol; 2 – dietilenglikol; 3- trietilenglikol
Qaysiki, quritish sovutilgan holatda gazlarning tarkibidagi suvlarning
kondensatsiyalanishini oldini olishda qо„llaniladi, uni baholashda mutloq namlik
miqdoriga nisbatan shudring nuqtasini kо„rsatgichiga qarab quritish
samaradorligini kо„rsatgichini bohalash qulaydir. Shunday qilib, suv bug„ining
bosimini absorbent ustidagi haroratni о„zgarishiga bog„liqligini toza suvning
ustidagi bosimga yaqinlik qonuni bо„yicha hamda har qanday absorbentning
samaradorligini quritilgan gazning shudring nuqtasi va kontaktlashish harorati
oralig„idagi farq bо„yicha baholash mumkin. Bu kattalik odatda shudring
nuqtasining depressiyasi deyiladi.
Gazning shudring nuqtasining qiymatlarini diagrammasidan foydalanib,
deetilenglikol va trietilenglikolni muvozanatda bо„lishini har xil haroratdagi
kontaktini va absorbentning konsentratsiyasidan foydalanib absorberlarni hisobini
soddalashtirish mumkin (6.2 va 6.3 – rasmlar). Shunday qilib, diagrammalardan
tо„g„ridan-tо„g„ri talab qilingan yutuvchining konsentratsiyasi va kontakt harorati
aniqlanadi hamda gazni quritishni belgilangan darajasiga erishiladi. Tabiiy gazni
quritish
uchun
absorberlarni
loyihalashtirishda
diagramma
amaliyotda
erishilmaydigan shartlarni yoritadi. Bunday holat glikol kolonna bо„ylab oqqanda
157
aralashadi va haqiqiy likopchalarning soni aniqlanadi, gazni va absorber bilan
tо„qnashishi sodir bо„ladi hamda ular о„rtasidagi muvozanatni о„rnatish yetarli
bо„lmaydi.
Tabiiy gazlarni quritish qurilmasini ishlatishni tajribalaridan kelib chiqib,
absorberlarni hisoblash va loyihalashtirishda quyidagi empirik qoidalarni kiritish
mumkin:
a) tizimdagi sirkulyatsiyada 1 kg absorberlangan suvda 25 l glikol bо„lishi
kerak;
b) absorberda haqiqiy holatda tо„rtta likopcha bо„lishi kerak.
Grafikdan kо„rinib turibdiki, haqiqiy va nazariy kо„rsatgichlar oralig„ida
katta uzilishlar mavjud. Kо„p holatlarda shudring nuqtasining erishadigan qiymati
33
0
S dan oshmaydi va yer osti gaz uzatmalarini о„rnatish chuqurligi yetarlidir.
Shuning uchun gazni quritishning kо„pgina qurilmalarida glikol bilan
absorberning tо„rtta likopchasi qо„llaniladi, FIK odatda 25...40% chegarasida
joylashadi. Bunday kolonnaning ish unumdorligi bir muvozanatli tо„qnashish
pog„onasining ish unumdorligiga yaqin ekvivalentli bо„ladi.
Agar tabiiy gazni quritish qurilmalarida chuqur quritish talab qilinganda
unga erishish uchun 1 kg suvdagi sirkulyatsiya absorbentining miqdori oshiriladi.
6.3 –rasm. DEG eritmasi bilan gazlar tо„qnashganda muvozanatlashish nuqtasi
158
6.4 - rasm. TEG eritmasi bilan gazlar tо„qnashganda muvozanatlashish nuqtasi
Quyida shudring nuqtasining depressiya grafigida sanoat qurilmasida
erishiladigan hamda empirik qoida va nazariy depressiyaning ma‟lumotlari
keltirilgan.
6.5 - rasm. Shudring nuqtasining depressiya grafigi
Absorbentning suvdagi sirkulyatsiya miqdori 75 l/kg.dan oshirilganda
shudring nuqtasining depressiyasi oshmaydi (6.6–rasmda 1 kg suvdagi glikolning
tarkibi foizlarda kо„rsatilgan).
Grafikdan kо„rinib turibdiki, haqiqiy va nazariy kо„rsatgichlar oralig„ida
katta uzilishlar mavjud. Kо„p holatlarda shudring nuqtasining erishadigan qiymati
159
33
o
C dan oshmaydi va yer osti gaz uzatmalarini о„rnatish chuqurligi yetarlidir.
Shuning uchun gazni quritishning kо„pgina qurilmalarida glikol bilan
absorberning tо„rtta likopchasi qо„llaniladi, FIK odatda 25..40% chegarasida
joylashadi. Bunday kolonnaning ish unumdorligi bir muvozanatli tо„qnashish
pog„onasining ish unumdorligiga yaqin ekvivalentli bо„ladi.
Agar tabiiy gazni quritish qurilmalarida chuqur quritish talab qilinganda
unga erishish uchun 1 kg suvdagi sirkulyatsiya absorbentining miqdori oshiriladi.
Absorbentning suvdagi sirkulyatsiya miqdori 75 l/kg.dan oshirilganda
shudring nuqtasining depressiyasi oshmaydi (6.6–rasmda 1 kg suvdagi glikolning
tarkibi foizlarda kо„rsatilgan).
Asosiy mezonlardan biri gazni quritish qurilmasining ishini samaradorligi
glikollarni mexanik holatda olib chiqib ketilishini yо„qotilishiga qarab aniqlanadi.
Glikolning katta bо„lmagan miqdori bug„lanish va oqib chiqish natijasida
yо„qotiladi. Agarda gazni quritish qurilmasi belgilangan rejimda ishlatilganda
glikolning yо„qotilishi 8 mg/m3 dan oshmaydi. Ba‟zida quritiladigan gazning
tarkibida uglevodorod kondensati hamda uning tarkibida aromatik uglevodorodlar
yoki boshqa komponentlar bо„lganda glikollarni eritish xususiyatiga ega bо„ladi va
yо„qotilish ruxsat etilgan kо„rsatgichdan oshib ketmaydi. Absorberda glikolning
kо„pirishi natijasida kо„proq chiqib ketishlar sodir bо„ladi. Kо„pikning hosil
bо„lishi og„ir uglevodorodlar bilan glikolni ifloslantiradi, yupqa despersli qattiq
chо„kmalarni yoki tuzli suvlarni tizimga kirishiga olib keladi.
6.6 - rasm. Sanoat absorberlarini ta‟sirida shudring nuqtasini depressiyasiga
glikol konsentratsiyasini ta‟sir etish grafigi
160
Gazni glikolli absorberga berishdan oldin u samarali ishlaydigan
ajratgichdan о„tkazib olinadi. Eritmada kо„pikni paydo bо„lishini kamaytirish
uchun unga kо„pikka qarshi qо„shimcha qо„shiladi. Bu maqsadda trioktilfosfat-2
qо„llaniladi; uning miqdori 0,05% qо„shilganda glikolning yо„qotilishini 240
mg/m
3
. dan 8 mg/m
3
gacha va undan kichik miqdorda kamaytiradi.
Mexanik aralashmalar orqali glikolni chiqib ketishini oldini olish uchun
glikollarni chiqishda ushlab qoluvchi tindirgich о„rnatiladi. Gazni glikol bilan
quritish qurilmalarida quritishda jiddiy korroziya murakkabliklari kelib chiqadi.
Glikol toza holatda uglerodli pо„latlarda korroziyani chaqirmaydi, lekin gaz bilan
kirib keladigan begona moddalar mahsulotlarni yoyilishini va oksidlanishini
keltirib chiqaradi va salbiy ta‟sirlarni paydo qiladi. Korroziyani oldini olish uchun
koroziyaga qarshi tayyorlangan apparaturalar о„rnatiladi va eritmalarni
harakatlanish tezligini pasaytiradi hamda korroziya ingibitorlari qо„llaniladi va
glikolni yoyilib ketishiga yо„l bermaydi.
Glikol oksidlanganda oraliq mahsulotlari, organik perekis hosil bо„ladi,
undan keyin esa chumoli kislotasiga va formaldegitga aylanadi. Oksidlanish
jadalligi harorat kо„tarilganda kislorodning parsial bosimini oshishiga va
kislotaning mavjudligiga bog„liq bо„ladi. Eritma vakuumli regeneratsiya
qilinganda desorbsiya tizimiga kislorod kelib tushadi. Shuning uchun bunday
qurilmalarning pN kо„rsatgichi doimiy ravishda nazorat qilib turiladi. Agarda pN
kо„rsatgichi oshib ketganda eritma yemiruvchi muhitga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |