79
Binar (qo`shqiymatli) tasvirlar ko`p qiymatlisiga nisbatan soddaligi sababli
chekli sinfdagi halaqitlarga ega. Ularni yo`qotish uchun asosan mantiqiy filtrlash
usullari ishlatiladi. Bu usullarning algoritmlari odatda evristik (iste`molchi
filtr
parametrlarini manba tasvir sifatiga bog`liq ravishda oladi) ko`rinishda bo`ladi.
Qo`shqiymatli tasvirlarda halaqit asosan 4 ta sababga ko`ra:
tasvirning asl nusxasidagi ifloslik;
bo`yalish sifatining pastligi;
tasvirni EHMga kiritish jarayonida kichik xatoliklar;
ko`pqiymatli tasvirni qo`shqiymatlisiga o`tkazish bo`sag`asining
noto`g`ri tanlanishidan bo`ladi.
Keyingi ishlov berishlar natijasi sifatli bo`lishini ta`minlash uchun bu
sabablarga ko`ra paydo bo`lgan halaqitlarni yo`qotish lozim. Ishonchli filtrlash
algoritmlarini ishlab chiqish uchun qo`shqiymatli tasvirlarda
uchraydigan asosiy
halaqitlarni aniqlaymiz. Qo`shqiymatli tasvirlarda ayniqsa ko`p uchraydigan
halaqitlardan biri chiziq shaklining notekisligidir. U turli ko`rinishda bo`lishi
mumkin: qalinlikning o`zgarishi, ya’ni chiziqlarda haddan tashqari keng yoki tor
bo`laklar bo`lishi, chiziqlar konturining notekisligi va hokazo. Ko`p uchrash
bo`yicha keyingi o`rinda yakkalangan kichik qora dog`lar,
chiziq ichidagi
yakkalangan bo`shliqlar va nihoyat kamroq uchraydigan, ammo yo`qotish eng qiyin
bo`lgan halaqit–bu chiziqlardagi uzilishlar hamda bir necha chiziqlarning qo`shilib
ketishidir. Tasvirlarga sifatli ishlov berish uchun ba’zi parametrlarni o`zgartirish
yordamida turli tasvirlarga moslashib, imkoni boricha ko`proq halaqitlarni
yo`qotuvchi algoritmlar zarur. Bunday parametrlar sifatida filtrlarning o`lchami,
bo`sag`a qiymatini olish mumkin. Filtr o`lchamlarini tanlashda quyidagi asosiy
omillarni hisobga olish zarur: filtrlash algoritmining vazifasi, algoritmni dasturlash
qiyinchiligi
algoritmning ishlash vaqti, manba tasvir sifati hamda halaqitlarni
yo`qotish darajasi. Halaqitlarning hajmiga qarab qo`shqiymatli tasvirlar 4 ta sinfga
bo`linadi:
1)
o`ta halaqitli tasvirlar, ya’ni tasvirda barcha turdagi halaqitlar mavjud hol;
80
2)
chiziqlarning uzilishlari va qo`shilib ketishlaridan tashqari barcha halaqitlar
mavjud hol;
3)
tasvirdagi kichik bo`shliqlar, chegara notekisligi ko`rinishidagi halaqitlar
mavjud hol;
4)
faqat obyekt chegaralaridagina halaqit bo`lgan hol. Halaqitlarni yo`qotish
uchun qo`shqiymatli tasvirlarda asosan markazidagi qiymati
atrofidagi bir jinsli
elementlar asosida o`zgartiruvchi tekislovchi filtrlar ishlatiladi.
Biror manzaraga qaraganimizda, unga shisha plastina tutamiz deb tasavvur
qilaylik. Agar bu shisha plastina mukammal darajada shaffof bo`lmasa qaralayotgan
manzara o`zgarib ko`rinishi. Shishaga, u nimadan tayyorlanganiga bog`liq ravishda
o`zgarishlar juda turli xil bo`lishi mumkin. Masalan, shisha rangli bo`lsa, tasvir mos
ravishda ko`rinadi, xira shishadan esa shuvalib ko`rinadi. Tasvirlarni filtrlash ham
dunyoga shunday shishalar orqali qarashga o`xshaydi, tajribalarni qancha ko`p turli
plastina bilan takrorlashga qarab effektlar ham turli xil bo`ladi. Tasvirlarni filtrlash
ostida, bir necha qoidalar asosida o`z natijasi bilan manba tasvir o`lchmidagi boshqa
tasvirni hosil qilish jarayonlari tushuniladi. Odatda natijaviy tasvirdagi har bir
piklsel intensivligi(rangi) manbaa tasvirda ayrim kesishuvlarida joylashgan pisellar
ranglariga bog`langan. Filtrlash qoidalari(o`qlarni filtrlar deb yuritiladi) eng turfa xil
bo`lishi mumkin. Bu ma`ruzada biz eng soda filtrlarni ko`rib chiqamiz.
Eslatib
o`tamiz, taklif qilingan tasnifga ko`ra ikki va undan ortiq filtratsiya ketma ketligini
o`z ichiga olgan jarayonlar ham filtratsiya hisobnadi. Shu yo`sinda oddiy amal
bo`lgan tashkil etuvchi filtrlar haqida gapirishimiz mumkin. Ushbu ma`ruzadagi
filtrlarning asosiy turlarini o`rganib, keying ma`ruzalarda keluvchi turli xil
masalalarda filtlrardan tashkil topgan filtrlarni qo`llashni o`rganamiz. Tasvirlarni
filtrlash kompyuter ko`rishi faning obrazlarni tanish va tasvirlarni tahlil etish asosiy
jarayonlaridandir. Amalda manba tasvirning u yoki bu filtratsiya bilan ko`plab
uslublar boshlanadi. Ushbu ma`ruzada ko`riladign filtrlar
ularni turli ilovalarda
qo`llaniladi va juda ahamiyatli hisoblanadi.
Chiziqli filtrlar bu juda oddiy matematik izohga ega filtrlar oilasidir. Shuning
bilan birga ular juda turli effektlarga erishishga imkon beradi. Aytaylik, yarim tonli
81
A manbaa tasvir berilgan bo`lsin, uning piksellari intensivligini A(x,y) deb
belgiaymiz. Chiziqli filtr rastrda berilgan F funksiya orqali aniqlanadi. Ushbu
funksiya filtratsiya yadrosi deb yuritiladi, filtratsiyaning o`zi esa diskret aylantirish
orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: