Taraqqiyotning O’zbek modeli. Milliy g’oyaning hayotbaxshligi taraqqiyotning O’zbek modelini amalga oshirishda yakqol namoyon bo’ladi. O’zbekiston — ulkan imkoniyatlar mamlakati. Bu zaminda tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy saloyuiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.
O’zbekiston – o’ziga xos mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olgan davlat. Bu yo’l jahonda O’zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo’lidir. Uning ratsional mag’zi jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion – tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi.
O’zbek modelining asoschisi Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo’lining ko’pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. SHu sababdan, u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma’naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.
O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo’g’ini faoliyati nazarda tutilmoqda).
Demak, ushbu taraqqiyot modeli o’zining nazariy va amaliy jihatlariga ega. Uning nazariy jihati mamlakatning yuzaga chiqqan salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlari rivoji, infratuzilmasi, yurtimizning tabiiy boyliklari, demografik vaziyati, aholining ongi, bilimi, kasbiy salohiyati kabi omillarni hisobga olgan holda rivojlanish kontseptsiyasini, oddiy til bilan aytganda, bizning o’zimizga xos va o’zimizga mos yo’limizni asoslaydi. U bir necha nisbatan mustaqil yo’nalishlardan iborat: iqtisodiy siyosat tamoyillari va makroiqtisodiy nazariya; davlat qurilishi va jamiyatni demokratiyalash tamoyillari; mulkdorlar sinfini shakllantirish va ijtimoiy stratifikatsiyani (jamiyatning ijtimoiy, tabaqaviy tuzilmasi) takomillashtirish tamoyillari; milliy g’oya, milliy mafkura kontseptsiyasi va ma’naviy-madaniy rivojlanish masalalari; tashqi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tamoyillari va xokazo.
Modelning amaliy tomoni ham bir necha yo’nalishlarga ega:
Islohotlarning huquqiy bazasini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan siyosat;
Davlatning nazariy xulosalarni, muljallarni amalga oshirish yuzasidan tashkilotchilik ishlari va aniq ijro mexanizmini o’zida aks ettirgan farmonlar, qarorlar, maqsadli dasturlarni (shu jumladan investitsiya dasturlarini) kabul qilishi;
Amaldagi investitsiya siyosati, soliq siyosati, moliya-kredit siyosati, iqtisodiy-tarkibiy siyosat, fond bozorini, kimmatli kog’ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish, iste’mol bozoriga ta’sir ko’rsatish va xokazo;
Farmonlar va xukumat qarorlari mohiyatini odamlarga to’g’ri yetkazish, ularni birlashtirish, ularda eski tuzum inertsiyasini yengishga qodir irodani shakllantirish borasida targ’ibiy-tashviqiy va tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish.
Xo’sh, O’zbek modelining asosiy ustuvor xususiyatlari nimalardan iborat? O’zbekiston mustaqillikka erishgach, nafaqat iqtisodiy taraqqiyot masalalarini, balki milliy davlatchilik asoslarini, milliy qadriyatlarini, xalqning o’zligi va g’ururini qayta tiklashi, rivojlantirishi, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilashi va mustaqillik g’oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritadigan kadrlarni tarbiyalash kabi masalalarni ham hal etishi lozim edi.
Germaniya, SHvetsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Frantsiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko’proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy merosni va ona tilini tiklash singari masalalar ham dolzarb bo’lmagan (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan).
SHunday qilib, O’zbek modeli iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini va xususan, o’rta sinfni shakllantirish, ijtimoiy-sinfiy tuzilmani takomillashtirish va kadrlar tayyorlash, madaniy meros va ma’naviyat bilan bog’liq jihatlari singari bir qator keng qamrovli hayot sohalarini qamrab oladi. Bu uning o’ziga hos ustuvor xususiyatlaridan biridir.
Istiqlolning dastlabki yillarida Prezident Islom Karimov rahbarligida islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Bunda taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o’tish tajribasi, mamlakatimiz boshdan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. SHu tariqa jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili vujudga keldi:
Birinchi tamoyil iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga buysundirilishi mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |