OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʼRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QOʼQON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
QDPI Magistratura bo’limi I bosqich magistri
Alimova Yayraxon Xotamovnaning
”Sinf rahbarinig tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari”
mavzusidagi
KURS ISHI
Q O’ Q O N – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH.
I. BOB. SINF RAXBARINING O'QUVCHILAR BILIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
1.1. Sinf raxbari o'quvchini tabiiy hayol va ish faoliyati sharoitida o'rganish.
1.2. O'quvchilaring o'quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 34
II.BOB. SINF RAXBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI.
2.1. O'qituvchining o‘quvchini shaxsi va jamoani o‘rganishdagi mahorati.
2.2. O‘quvchilar jamoasi tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar.
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ko’p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog’liq bo’lib, unda ta’lim tarbiya sohasida sezilarli sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda bo’ladi. Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo’lga kiritilayotgan sifat o’zgarishlarining mazmun-mohiyatiga bog’liqdir.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilinayotgan har bir farmon va qarorlarda barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi; Farmonlari; 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”, 2019 yil 19 iyuldagi PQ-606-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarorlari; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”, 2017 yil 11 avgustdagi 610-son “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari, 2020 yil 23 sentyabrdagi O’RQ-637-son O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risida Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi, 2019 yil 30 sentyabr O‘zbekiston Republikasi Prezidenti "Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kurs ishi mohiyatini yoritishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xalqimizga xos milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga hamohang usullarni topish va amaliyotga joriy etish, sharqda qadimdan amalda bo‘lgan ta’lim-tarbiyani bir-biridan ajratmaslik qoidasi va ularning o‘zaro mutanosibligiga erishish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Yuqordagi vazifalarni ro’yobga chiqarishda o’rta umumta’lim maktablarida barkamol yosh avlod tarbiyasini amalga oshirish uchun sinf rahbarinig tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari tadqiq qilish zarur va dolzarb tarbiya masalalaridan biridir..
Do'stlaringiz bilan baham: |