Adrenoretseptorlarni qo’zg’atuvchi vositalar(α, β -adrenomimetiklar).
Bu guruhning tipik vakili adrenalin (epinefrin) hisoblanadi. Kimyoviy
tuzilishiga ko’ra fenilalkilaminlarga kiradi. Adrenalin - buyrak usti bezining
miya qismidagi xromaffin hujayralarida hosil bo‘ladigan gormon. Sintetik yo‘l
bilan ham olingan. So‘yilgan qora mollarning buyrak usti bezidan ajratib
olinadi.
Adrenalin α va β-adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. Fiziologik
konsentratsiyalarida
faqat
β-adrenoretseptorlarni
qo‘zg‘atadi,
katta
konsentratsiyalarda α adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atadi. Buning natijasida
yurak qisqarishlarining soni va kuchi ortadi (yurakning minutlik va sistolik
hajmi ortadi), qon bosimi ko‘tariladi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, lekin ko‘zning
ichki bosimi oshmaydi, chunki tomirlar torayadi va suyuqlik ishlab chiqish
pasayadi. Bronxlarning silliq musqo’llari bo‘shashadi. Agar bronxospazm bo‘lsa
yo‘qoladi, MITning sfinkterlari tonusi oshadi, lekin a’zolar tonusi va harakati
pasayadi. Qorataloq qisqaradi, undagi qon tomirlarga o‘tadi. Teri, ichak,
buyrakning qon tomirlari torayadi, bosh miya, o‘pka, skelet mushaklar, yurak
qon tomirlari kengayadi. Giperglikemiya va giperlipidimiya rivojlanadi. Yurak
mushaklarining O
2
ga bo‘lgan talabi ortadi. Qonda sut kislotasi miqdori ortadi.
MNSni adrenalin qo‘zg‘atadi (bezovtalanish, tremor yuzaga keladi), MITda
adrenalin parchalanib ketishi tufayli, uni faqat mahalliy yoki parenteral yo‘l
bilan kiritiladi - (t/o, m/i, t/i), adrenalinning ta’siri davomli emas (5 min tomirga,
30 min mushakga kiritilsa), chunki ekstraneyronal yutiladi va parchalanadi.
Qo‘llanilishi:
-
anafilaktik shok (bronxlarni kengayishi, qon bosimi ko‘tarish uchun)
-
bronxial astma hurujlarini daf etish
-
gipoglikemik koma
-
mahalliy anesteziyada (qon tomirlarni toraytirish uchun)
-
ochiq burchakli glaukomada, ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun.
- 255 -
Adrenalin yurak qorinchalari ekstrasistoliyasiga olib kelishi mumkin,
ayniqsa miokardni unga sezgirligini oshiruvchi moddalar ta’sirida (ftorotan,
siklopropan).
Noradrenalin
– (levarterenol, noepinefrin) α va β adrenoretseptorlarni
(kuchsizroq β
2
) bevosita qo‘zg‘atadi. qon bosimi kuchli, lekin qisqa vaqt oshadi
(bir necha minut), chunki teri, shilliq qavatlari, MIT a’zolarini, buyrak qon
tomirlarini toraytirib, ularning umumiy periferik qarshiligini oshiradi. β
2
-
adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atmaganligi sababidan NA ta’sirida adrenolinnikiga
o‘xshab keyinroq qon bosimi pasaymaydi.
NA bradikardiyaga olib keladi, chunki karotid koptokchasidagi
baroretseptorlar qo‘zg‘alib, reflektor yo‘l bilan adashgan nerv markazi
qo‘zg‘aladi, lekin yurakning sistolik hajmini oshiradi. MNS, ichki a’zolarning
mushaklariga va modda almashinuviga NA adrenalinga o‘xshab, lekin
kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi. MITda NA parchalanganligi uchun uni parenteral
yo‘l bilan kiritiladi. Teri ostiga kiritilganda, tomirlarni kuchli toraytirganidan,
nerkozga olib keladi, shuning uchun tomir ichiga tomchilab, qon bosimini
e’tiborga olgan holda kiritiladi.
Organizmda NA tez parchalanadi va uning qoldiqlari buyrak orqali
peshob tarkibida ajraladi.
Organizmdagi NAning asosiy miqdori presinaptik membranada hosil
bo‘ladi. Faqat 15% buyrak usti bezining miya qismida sintezlanadi.
Qo‘llanilishi: qon bosimini keskin pasaygan holatlarida (travmatik
shoklar, xirurgik muolajalar va hokazo).
Noxush ta’sirlar: kamdan kam uchraydi (bosh og‘rig‘i, aritmiya, nafas
olishning buzilishi).
- 256 -
Do'stlaringiz bilan baham: |