O‘tkir zaharlanishlarni simptomatik davolash:
Yuqorida keltirib o‘tilgan davolash chora-tadbirlari bilan bir qatorda o‘tkir
zaharlanishlarni (ayniqsa, spetsifik ziddi zaharlari bo‘lmagan dori moddalari
bilan) davolashda ular keltirib chiqargan belgilarga qarshi simptomatik davo
o‘tkazish ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Bunda asosiy e’tibor hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolarning (yurak, nafas)
faoliyatini ushlab turishga qaratilishi lozim. Bu maqsadda ko‘pincha
kardiotoniklar, arterial qon bosimini boshqaruvchi hamda periferik to‘qimalarda
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi vositalar, nafas apaleptiklari va ba’zida
oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Tortishish va titrashlarda diazepam, aminazin
kabi tutqanoqqa qarshi vositalar, o‘pka va miya shishida furosemid va mannit
singari diuretiklar, kuchli og‘riqlarda morfin va unga o‘xshash analgetiklar
qo‘llaniladi. Kislota-ishkor muvozanati buzilishlarida tegishli dori vositalarning
eritmalari kiritiladi. Atsidozlarda natriy gidrokarbonat, alkalozlarda esa
ammoniy xlorid eritmalari qo‘llaniladi. Shuningdek, suv-elektrolit balansining
muvrozanatini ham nazorat qilib turish lozim.
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, dori moddalardan o‘tkir
zaharlanishlarni davolashda majmuaviy detoksikatsion hamda simptomatik davo
chora-tadbirlari bilan birga zarur paytlarda reanimatsion jonlantirish amaliyoti
ham olib boriladi.
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish:
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish har bir shifokorning
asosiy vazifasi hisoblanadi. Buning uchun har bir dori vositasini asosli ravishda
tavsiya qilish va Shuningdek, dori dori vositalarini kasalxona hamda uy
sharoitida saqlanishiga juda katta ahamiyat berish lozim. Dori vositalarini oziq-
ovqat mahsulotlari bilan birgalikda shkaf va muzlatkichlarda saqlash mumkin
- 179 -
emas. Ularni yosh bolalarning qo‘li yetmaydigan joylarda saqlash kerak.
Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan dori dori vositalarini darhol yo‘q qilish lozim,
Chunki uni kasalxonada yoki uyda kimdir bilmasdan ishlatib qo‘yishi ehtimoli
bor. Ko‘pchilik dori vositalarini faqatgina shifokorning tavsiyasi bo‘yicha
qo‘llash va bunda ularning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi borligiga, yaroqlilik
muddatining o‘tib ketmaganligiga, dori vositalarning saqlanish holatiga hamda
dozasiga katta ahamiyat berish kerak. Bu talab ayniqsa tarkibida zaharli hamda
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar saqlovchi dori vositalari uchun o‘ta zarur
hisoblanadi. O‘z-o‘zini davolash holatlariga ham imkoni boricha chek qo‘yish
kerak, Chunki ko‘pchilik holatlarda ular o‘tkir zaharlanishlarga sabab bo‘ladilar.
Agarda barcha tibbiy xodimlar va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan oddiy
insonlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarga to‘liqrioya qiladigan bo‘lsalar, u holda
dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldi olinishiga 100 foiz kafolat
berish mumkin.
- 180 -
Do'stlaringiz bilan baham: |