Dozani
oshirib
yuborilishi.
Sirtga
qo'llanganida
preparatning
faol
komponentlarini juda past tizimli so'rilishi tufayli, amalda dozani oshirib
yuborilishi mumkin emas.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Voltaren Emulgel fotosensibilizatsiya chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini
kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri
ta'riflanmagan.
Ibuprofen
Isitmani tushiruvchi, og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Paydo bo'lish joyiga ta'sir qilish yo'li bilan oshgan tana harorati, og'riq va shish
kabi simptomlarning namoyon bo'lishini kamaytiradi.
Emizikli bollar va bolalarda quyidagi hollarda qo'llaniladi:
-Turli genezli tana haroratini oshishi:
- shamollash kasalliklarida,
- o'tkir respirator virusli infektsiyalarda,
- 747 -
- grippda, anginada (faringitda),
- tana haroratini oshishi bilan birga kechuvchi bolalar infektsiyalarida,
- emlashdan keyingi reaktsiyalarda.
Turli kelib chiqishga ega kuchsiz va o'rtacha jadallikdagi og'riq sindromi:
- tish og'rig'i, tishlarni og'riqli chiqishi,
- bosh og'rig'i, migren, tayanch-harakat apparatining jarohatlari oqibatidagi
mushaklar, bo'g'imlar og'rig'i,
- o'rta quloqning yallig'lanishidagi quloq og'rig'i.
Qo'llash usuli va dozalari.
5 ml suspenziya 100 mg ibuprofen saqlaydi. Ishlatish
oldidan bir xil suspenziya olingunicha chayqatilsin. Dori preparati katta
miqdordagi suyuqlik bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi.O'ramiga shkalali o'lchov
qoshiqchasi beriladi.Doza bolaning yoshi va tana vazniga qarab belgilanadi.
Ibufen suspenziya preparatining sutkalik dozasi:
20-30 mg/kg tana vaznini tashkil
qiladi.Preparat bir martalik dozalarda quyidagi sxema bo'yicha buyuriladi 6 dan 12
oylikkacha bo'lgan emizikli bolalar (7,7-9 kg): 2,5 ml dan sutka davomida 3 dan 4
martagacha (bu sutkada 150-200 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar(10-15 kg):
5 ml dan sutka davomida 3
marta (bu sutkada 300 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).
4 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (16-20 kg):
7,5 ml dan sutka davomida 3 marta
(bu sutkada 450 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).
7 dan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar (21-29 kg):
10 ml dan sutka davomida 3 marta
(bu sutkada 600 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).
10 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (30-40 kg):
15 ml dan sutka davomida 3
marta (bu sutkada 900 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).
3 dan 6 oylikkacha bo'lgan emizikli bolalardagi emlashdan keyingi reaktsiyalarda:
3 dan 6 oylikkacha bo'lgan emizikli bolalar (5-7,6 kg): 2,5 ml dan sutka davomida
2 marta (2,5 ml qabul qilish kerak, takroriy qabul esa 2,5 ml – 6 soat o'tgach). 8
oylikgacha bo'lgan bolalarda dori shifokor bilan maslahatlashgandan keyin,
uning tavsiyasi bo'yicha qo'llash mumkin. Agarda isitma saqlansi, shifokor bilan
maslahatlashish kerak.
- 748 -
Do'stlaringiz bilan baham: |