Safro ajralishini kuchaytiruvchi vositalar
Bu guruhga oddiy sfinkterini bo‘shashtiruvchi vositalar kiradi. Asosan bular M-
xolinoblokatorlar va miotrop ta’siriga ega spazmolitik dori vositalardir (
atropin
guruhi, no-shpa, papaverin va boshqalar
).
Xoletsistokinin
(pankreozimin) – 12 barmoqli ichakning gormoni, safro
ajralishini kuchli darajada oshiruvchi ta’sirga ega. 33 ta aminokislota
qoldig‘idan iborat peptid. Cho‘chqalarning 12 barmoqli ichagi shilliq qavatidan
olinadi. Sintetik – oktapeptid dori vositai ham mavjud. Ikkalasi ham o‘t pufagini
qisqartiradi, me’da osti bezi sekretsiyasini kuchaytiradi, me’dada HSl ajralishini
susaytiradi. Asosan o‘t pufagining qisqarish qobiliyatini va uning ichidagi
jismlarni aniqlashda tashxis vositasi sifatida tomirga kiritiladi.
Magniy sulfat ichilganda o‘t qopchasini qisqartiradi, Oddiy sfinkterini
bo‘shashtiradi, safro ajralishi ortadi.
Ta’sir mexanizmi: magniy sulfatning gipertonik eritmasi ichak
retseptorlarini qo‘zg‘atib, ichakning shilliq qavatidan xoletsistokininni
- 505 -
ajralishini kuchaytiradi. Natijada o‘t qopchasi qisqaradi, ichak peristaltikasi
tezlashadi. 20-25% eritmasidan 1 osh qoshiqdan 2-3 marta kuniga ichiladi.
Duodenal zondlashda 25% eritmasida 50 ml yoki 10% eritmasidan 100 ml zond
orqali ichakka kiritiladi, dori vositaning 20% ichakdan so‘riladi va buyrak orqali
ajraladi.
Qo‘llanilishi: safro haydovchi vosita sifatida, duodenal zondlashda (surgi
sifatida).
Homiladorlik, hayz ko‘rayotgan kunlarda, buyrak yetishmovchiligi va
o‘tkir gastoenteritlarda, gastroenterokolitlarda qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, qayt qlish, poliuriya, ichakda yallig‘lanish
jarayonini kuchayishi.
Sorbit
(Sorbitum) – ko‘p atomli spirt, safroni hosil bo‘lishini va ajralishini
kuchaytiradi. Ichilgandan so‘ng ichakning shilliq qavatidan xoletsistokinin
gormonini ajralishini oshiradi. U esa o‘t pufagini qisqartiradi. Oddiy sfinkterini
bo‘shashtirib, 12 barmoqli ichakka safro tushishini kuchaytiradi. Ichilganda
ta’siri 5-6 minutdan keyin boshlanadi. Magniy sulfatnikidan tezroq.
Ksilit
(Xylitum) –
besh atomli spirt ta’siri sorbitnikiga o‘xshash. Lekin
ksilit ta’sirida faqatgina o‘t pufagidagi safro emas, balki jigarda ham safro
ajralishi ortadi, uning tarkibida bilirubin, xolkislotasi, lipoproteinlar kompleksi
ko‘p bo‘ladi. Ta’sir kuchi bo‘yicha pankreozimin dori vositaidan qolishmaydi. B
guruh vitaminlarini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi, ketoz rivojlanishiga
qarshilik qiladi. Ksilitning ta’sirini atropin bartaraf etadi, shu sababli vagolitiklar
bilan ksilitni qo‘shib ishlatilmaydi.
Ksilit va sorbitni qo‘llashga ko‘rsatmalar: surunkali xoletsistitlar, o‘t
yo‘llarining gipokineziyasi, surunkali pankreatitlar, surunkali kolitlar. Turli xil
sabablar tufayli yuzaga keluvchi ich ketishda qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: ikkala dori vosita ham ichni surishi mumkin.
- 506 -
Fenobarbital, benazonal, ziksorin dori vositalari ham jigar MOS faolligini
kuchaytirishi hisobiga o‘t hosil bo‘lishi, bilirubinni glyukuronidatsiyalanishini
oshirib, safro tarkibida ajralishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |