5.1.Jadval.
Ayrim mahalliy anestetiklarning o‘zaro qiyosiy taqqoslama
faolligi va zaharliligi (shartli ta’sir birliklarda)
Dori vosita
Anesteziyadagi faolligi
Zaharliligi
yuza
qatma-qat
o‘tkazuvchi
Kokain
1
3,5
1,9
3,5
Dikain
10-20
10-20
10-20
10-15
Novokain
0,1
1
1
1
Trimekain
0,4
3-3,5
2,5-3,5
1,2-1,4
Lidokain
0,5
2-4
2-3
1,5-2
Bunda adrenomimetiklar qon tomirlarini toraytirib, novokainning so‘rilishini
kamaytiradi. Natijada uning ta’sir davomiyligi uzayadi, zaharliligi esa
kamayadi.
Rezorbtiv ta’siri natijasida novokain asab tizimiga susaytiruvchi va kamroq
miqdordagi analgetik samaralar keltirib chiqaradi. Yuqori dozalarda esa
talvasalar kelib chiqishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri natijasidagi gipotenziv effekt (asosan
MNS faoliyatini hamda periferik simpatik gangliylarni susaytirishi tufayli) va
qisqa muddatli antiaritmik (samarali refrakter davrni va yurakning o‘tkazuvchi
tizimi orqali impulslarning o‘tish vaqtini oshiradi, qo‘zg‘aluvchanlik va
avtomatizmni pasaytiradi) samaralar kuzatiladi.
Novokain qon plazmasidagi esterazalar ta’sirida tezda dietilaminoetanol va
paraaminobenzoy kislotalarigacha parchalanadi. Metabalitlardan oxirgisi
sulfanilamid guruhiga kiruvchi antibakterial vositalar bilan raqobatlashuvchi
antagonist bo‘lib hisoblanadi va bu ularni bir paytda tavsiya qilmaslikni taqozo
etadi. Metabolitlari buyraklar orqali ajratiladi.
B u p i v a k a i n g i d r o x l o r i d i (longokain, merkain) keying yillarda
keng qo‘llanilayotgan va kimyoviy tuzilishi hamda farmakologik xossalari
bo‘yicha lidokainga juda yaqin dori vosita bo‘lib, yuqori faollikka ega va ta’sir
davomiyligi uzoq bo‘lgan mahalliy anestetik hisoblanadi. Asosan o‘tkazuvchi
- 190 -
(orqa miya) va infiltratsion anesteziyalar uchun qo‘llaniladi. Samarasi 5-10
daqiqadan keyin yuzaga chiqadi va epidural anesteziyada 3-4 soat,
qovurg‘alararo blokadada 7-14 soat, ba’zan esa 24 soatgacha va undan ortiq
davom etadi. Dozasi oshib ketgan paytlarda kuchli kardiotoksik (qorinchalar
aritmiyalari kelib chiqishi mumkin) va neyrotoksik (uyquchanlik, nistagm,
tremor, talvasa va b. kelib chiqishi ehtimoli mavjud) samaralar kelib chiqishi
mumkin.
L i d o k a i n (ksikain, ksilokain) mahalliy anesteziyaning barcha turlarida
qo‘llaniladi. Uning anesteziyalovchi faolligi novokaindan 2,5 marta yuqori va
ta’sir davomiyligi 2 marta uzoqroq davom etadi. Agarda novokainni
adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilganda ta’sir davomiyligi tahminan 1,5-2
soatgacha davom etadigan bo‘lsa, bu narsa lidokainda 2-4 soatni tashkil etadi
(har ikkalasining ham 0,5 foizli eritmalarida). Zaharliligi deyarli novokainniki
bilan bir xilda yoki salgina yuqoriroq bo‘lishi mumkin. To‘qimalarga nisbatan
ta’sirlantiruvchi xossaga ega emas. Ko‘zga tomizilganda qorachiqqa va tomirlar
tarangligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni asosan adrenalin gidroxloridning 0,1 foizli
eritmasi bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.
Dozasi oshib ketganda zaharlanish kelib chiqadi va bunda uyquchanlik,
ko‘rishning buzilishi, ko‘ngil aynishi, tremor, talvasalar paydo bo‘ladi. Og‘ir
holatlarda yurak-qon tomir buzilishlari, nafas yetishmasligi paydo bo‘lishi
mumkin.
Boshqa dori vositalardan farqli ravishda lidokain qorinchalar aritmiyasida
ham yuqori samaradorlikka ega.
T r i m e k a i n – kimyoviy tuzilishi bo‘yicha lidokainga yaqin dori vosita
bo‘lib, u ham anesteziyaning barcha turlarida keng qo‘llaniladi. Faolligi
bo‘yicha novokaindan 2-3 marta yuqori, zaharliligi bo‘yicha ham undan biroz
ustunroq. Ta’sir davomiyligi 2-4 soatni tashkil etadi. Yuza anesteziyasida
faolligi pastroq, shuning uchun nisbatan yuqori, 2-5 foizli eritmalari qo‘llaniladi.
Trimekain bosh miya po‘stlog‘iga va miya o‘zagining ko‘tariluvchi retikulyar
- 191 -
formatsiyasiga kuchli susaytiruvchi samara ko‘rsatadi. Shuning uchun ham u
tinchlanintiruvchi, uyqu chaqiruvchi va tutqanoqqa qarshi samaralar keltirib
chiqaradi. Dori vositani vena orqali kiritilganda aritmiyaga qarshi samara kelib
chiqadi.
Qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziyalarda terapevtik dozalarda qabul
qilinganida yurak-qon tomir va nafas tizimlarida deyarlik nojo‘ya ta’sirlar
keltirib chiqarmaydi. Ba’zan nojo‘ya ta’sir sifatida dori vosita kiritilgan sohada
achishish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, zaharlanishlarda esa klonik tirishishlar
paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |