O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


IIV proteazalarining ingibitorlari



Download 30,26 Mb.
bet411/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

IIV proteazalarining ingibitorlari:

Indinavir, Ritonavir, Sakvinavir. Nelfinavir
troviruslarga qarshi birikmalardan biri nukleozidlarning hosilasi bo‘lgan zidovudin (azidotimidin, retrovir, 3-azido-3-dezoksitimidin) hisoblanadi. Uning ta'sir prinsipi Shundan iboratki, u hujayralarda fosforlanib trifosfatga aylanadi va virionlarning teskari transkriptazasini ingibitsiyalaydi.
Shu tufayli viruslarning RNKsidan DNK hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada iRNK va virus oqsillarini sintezi to‘xtaydi. Ana Shu jarayon dori vositaning shifobaxsh ta'siri zaminida yotadi. Dori vosita yaxshi so‘riladi, biologik o‘zlashtirilish darajasi anchagina katta.
Gematoensefalik barerdan oson o‘tadi. Dori vositaning tahminan 75% jigarda metabolizmga uchraydi (azidotimidinning glyukuronidi hosil bo‘ladi). Zidovudinning bir qismi buyrak orqali o‘zgarmagan holda ajraladi.
Zidovudinni qo‘llash imkoni boricha erta boshlanmog‘i kerak. Uning terapevtik ta'siri davolashning birinchi 6-8 oylarida yuzaga keladi. Zidovudin bemorlarni hastalikdan halos eta olmaydi, faqat uni rivojlanishini to‘xtatadi. Retroviruslarni unga chidamliligi rivojlanishini e'tiborga olmoq darkor.
Noxush ta'sirotlari ichida birinchi o‘rinda gematologik buzilishlar: anemiya, neytropeniya, Trombotsitopeniya, pansitemiya turadi. Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mialgiya, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lishi mumkin.
IIVga qarshi stavudin (zerit) ham samarador. U timidinning sintetik analogidir. Organizmda trifosfatga aylanadi va u teskari transkriptazani ingibitsiyalashi va DNK, iRNK va virus oqsilini sintezini susaytirishi hisobiga IIV replikatsiyasini bostiradi.
Enteral yo‘l bilan kiritilganda tez va yaxshi so‘riladi, biologik o‘zlashtirilish darajasi yuqori. Qon zardobida tez to‘planadi. Zardob oqsillari bilan juda oz miqdorda bog‘lanadi. Dori vositaning asosiy qismi va uning metabolitlari buyrak bilan ajratiladi.
IIV bilan zararlangan bemorlarda zidovudinni davomli qo‘llab bo‘lgandan so‘ng davolashni davom ettirish uchun qo‘llaniladi. Enteral yo‘l bilan kiritiladi. Noxush ta'sirotlar sifatida periferik neyropatiya, bosh og‘rig‘i, isitmalash, dispepsiya, anoreksiya, uyqusizlik, allergik reaksiyalar kuzatiladi.
IIV infeksiyalarni, Shu jumladan OITSni davolash uchun didanozin (vireks) va zalsitabin (xivid) taklif qilingan. Ikkala dori vosita viruslarning teskari transkriptazasini ingibitsiyalaydi. Noxush ta'sirot sifatida ko‘proq periferik neyropatiya kuzatiladi. Surunkali pankreatitni kuchayishi, anemiya, leykopeniya, Trombotsitopeniya, dispepsiya, jigar funksiyalarini buzilishi (didanozinni qo‘llaganda) rivojlanishi mumkin.
Ushbu dori vositani zidovudindan so‘ng yoki u samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Enteral kiritiladi. Ushbu guruhga lamivudin, abakavir ham tegishli. Nukleozid bo‘lmagan retroviruslarga qarshi dori vositalarga nevirapin (viramun), delavirdin (reskriptor), efavirens (sustiva) tegishli.
Teskari transkriptaza ingibitorlarini qiyosiy tasviri.

Dori vosita

Viruslarga qarshi samaradorligi

Biolo-gik o‘zlashtirilish darajasi, %

Dori vositaning qon zardobida maksimal konsetratsiyada to‘planish vaqti (Tmax),soat

Yarim ajralish davri (t½), soat

Qon o‘ardobi oqsillari bilan bog‘lanishi, %

Jigarda metabolizmga uchrashi, %

Buyrak orqali o‘zgarmagan dori vositani ajralishi, %

Nukleozidlar:
Zidovudin
Didanozin
Zalsitabin
Stavudin
Lamivudin
Abakavir

++
++


+
++
++
+++

60-70
40


~90
80-90
80
>70

0,5-1
0,5-0,75


0,8
0,5-0,75
0,5-1,5
0,5-0,63

0,8-1,9
1,0


1-2
1,4
5-7
0,8-1,5

20-38
<5


<5
<5
<35
~50

60-80
50


20
80
20-30
>80

15
20-50


60-70
40
50-85
<5

Nukleozid birikmalar:
Nevirapin
Delaverdin
Efavirens

+++
+++


+++

90
85


50

2-4
0,5


3,5-5

25-30
2-11


40-50

60
40-50


99

>97
>97


>97



<3
<3
<1

Ular teskari transkriptazaga bevosita raqobatsiz ingibitsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadilar. Nukleozid birikmalarga nisbatan ushbu fermentning boshqa joyi bilan birikadilar. Ushbu moddalar DNK-polimerazaga bloklovchi ta'sir ko‘rsatishi haqida ma'lumotlar mavjud. Jigarda tsitoxrom P-450 ishtirokida faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Faqat IIV-1 bilan hastalanganlardagina qo‘llaniladi. Noxush ta'sirot sifatida ko‘pincha terida toshmalar paydo bo‘ladi, transaminazalarning ko‘rsatgichlari ortadi.


IIV infeksiyalarini davolash uchun dori vositalarning yangi guruhi – IIV proteazalarining ingibitorlari taklif etilgan. Tuzilish oqsillari va IIV virionlar fermentlarini hosil bo‘lishini boshqarish retroviruslarning ko‘payishi uchun zarurdir. Ushbu fermentlarning yetishmasligida viruslarning yetilmagan o‘tmishdoshi hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida infeksiyani avj olishini to‘xtatadi. IIV aspartat proteazasi tuzilishi bo‘yicha insonlarning ana Shunday fermentidan jiddiy farqi bo‘lganligi yuqori darajada tanlab ta'sir etuvchi, viruslarga qarshi, qayd etilgan tipdagi, dori vositani yaratishga imkon beradi.
Bu guruhga peptidlar unumi bo‘lgan – sakvinavir (inviraza), nelfinavir (virasept), indinavir, ritonavir va boshqalar tegishlidir. Klinik sinovlarning ma'lum bo‘lgan natijalari, sintezlangan IIV proteazasi ingibitorlarining kuchli darajada retroviruslarga qarshi faollikka ega ekanligidan darak berdi.
Klinikada sakvinavir ancha keng miqyosda sinalgan. U IIV-1 va IIV-2 proteazalarining yuqori darajada va tanlab ingibitsiyalovchisidir. Dori vositaning biologik o‘zlashtirilish darajasi past bo‘lishiga qaramasdan (~4%)1 qon zardobida retroviruslarni ko‘payishini to‘xtatuvchi konsentratsiyani hosil qiladi. Moddaning katta qismi qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanadi. Dori vosita enteral qo‘llaniladi.
__________________________
1Sakvinavirning anchagina kattaroq biologik o‘zlashtirilish darajasiga ega bo‘lgan (~20%) dori vositasi fortovaza sintezlangan.
Viruslar sakvinavirga chidamlilik orttirishlari mumkin. Noxush ta'sirotlar sifatida dispeptik buzilishlar, jigar transaminazalari faolligini ortishi, yog‘ almashinuvining buzilishlari, giperglikemiya kuzatiladi.
IIV infeksiyalarini davolashda IIV proteazalari ingibitorlarini boshqa dori vositalar bilan qo‘shib ishlatish eng samarador hisoblanadi (masalan, sakvinavir + zidovudin; sakvinavir + zidovudin + zalsitabin). Nukleozidlarni sintetik hosilasi bo‘lgan uchuqqa qarshi tanlab ta'sir ko‘rsatuvchi vositalarni yaratilishi yuksak yutuq bo‘ldi.
Ushbu guruhga mansub bo‘lgan yuqori darajada samarador dori vosita – asiklovir (zoviraks)dir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha u purin nukleozidlarining analogidir.
Hujayrada asiklovir fosforlanadi. Zararlangan (ya'ni infeksiya yuqqan) hujayralarda trifosfat shaklida1 ta'sir ko‘rsatib viruslar DNKsi buzadi.
Ba'zi IIV-proteazasi ingibitorlarining qiyosiy tavsifnomasi.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish