Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar. Ta'sir qiluvchi moddaga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli va dozalari. Bolalar va keksa yoshdagi bemorlar uchun ichga qabul qilish uchun suspenziyani qabul qilish tavsiya qilinadi. Suspenziyani ovqatdan keyin yoki ovqat bilan birga qo'llash mumkin. Uni issiq va sovuq ichimliklarga (choy, suv, sut), hamda sutli butilkachalarga qo'shish mumkin.
Kuchli gaz hosil bo'lishda va meteorizmda:
- emizikli chaqaloqlar, kichik bolalar (6 yoshgacha):
2 portsiyadan* (1 ml) har ovqat qabul qilishda
- bolalar va 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlar:
2 portsiyadan (1 ml) har ovqat qabul qilishda yoki undan keyin (zarurati bo'lganida preparatni suv bilan birga ichish mumkin); yana 2 portsiyani kechasiga qabul qilish mumkin;
- kattalar: 2-4 portsiyadan (1-2 ml) har ovqat qabul qilinganida yoki undan keyin (zarurati bo'lganida preparatni suv bilan birga ichish mumkin).
Kattalarda qorin bo'shlig'ini tekshirishga tayyorlashda:
4-6 portsiyadan (2-3 ml) har ovqat qabul qilishdan keyin, tekshirishdan oldin 1 kun davomida, hamda ertalab muolajadan oldin.
Yuvish vositalari bilan zaharlanishni davolash hollarida preparatning dozasi
zaharlanishning og'irligiga bog'liq. Minimal tavsiya qilinadigan doza preparatning 10 portsiyasi (5 ml).
Iste'mol qilishdan oldin preparatli flakonni chayqatish kerak.
Nojo'ya ta'sirlari. Allergik reaktsiyalar.
O'zaro ta'siri. Aniqlanmagan.
Maxsus ko'rsatmalar. Suspenziyani diabetda qo'llash mumkin.
Chiqarilish shakli. Ichga qabul qilish uchun suspenziya. 50 ml va 100 ml dan rez`bali, buraluvchi past va yuqori zichlikdagi oq rangli polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonlardi. Har bir flakon dozalovchi moslama va qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
APKOSUL
Farmakologik xususiyatlari. Tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq jamlanma ta'sir ko'rsatadi.
Sapparis spinosa - rutinga boy (R vitamini), jigar xujayralarini tiklaydi.
Cichorium intybusni- suvli ekstrakti o't-safro sekretsiyasini kuchaytiruvchi sikorin glikozidi, ishtahani oshiruvchi laktubin va intubin achchiq moddalarini saqlaydi, jigar faoliyatini butunlay tiklanishiga yordam beradi va mumkin bo'lgan ikkilamchi buzilishlarini oldini oladi.
Mandur Bhasma- temir saqlaydi, qonda gemoglobin miqdorini oshiradi,hamda jigar kasalliklariga ko'pincha hamroh bo'ladigan dispepsiyani davolash uchun samarali.
Solanum nigrumni -barcha qismlaridan tayyorlangan suvli ekstrakti, jigarning surunkali sirrozlarida qo'llaniladi.
Cassia occidentalis - ildizlarining ekstrakti, jigar kasalliklari bilan bo?liq bo'lgan shishlarda qo'llaniladigan emodin, eksimetilantraxinonlar, toksalbumin saqlaydi, hamda u jigar patologiyasi bilan bo?liq, bo'lgan entsefalopatiyadagi tirishishlarini susaytiradi yoki oldini oladi.
Terminalium arjunani - suvli ekstrakti o't yo'llarining faoliyatini buzilishlarida ishlatiladi.
Achilla millefolium- tonusni oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Qo'llanilishi. Barcha turdagi gepatitlarni, anoreksiyani davolash, gepatotoksik ta'sirga ega bo'lgan preparatlar qabul qilinganda, himoyalovchi vosita sifatida ham qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |