DIMEKS siropi
Tarkibi. 100 ml da faol moddalar:
Difengidramin-gidroxlorid - 0,1992, Ammoniy xloridi- 1,992.
Qo'llash usuli va dozalari.
1-3 yoshgacha bolalarga doza – 0,5 choy qoshiqda kuniga 3-4 marta,
4-8 yoshgacha bolalar uchun - 0,5- 1 choy qoshig'ida kuniga 3-4 marta,
9 yoshdan katta bolalar uchun -6-8 soatdan keyin: 1-2 choy qoshiq.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri. Bir vaqtda preparatni MAO ingibitorlari bilan (nuredal va boshqa dorilar bilan) qo'llanilishi uni ta'sirini kuchayishiga olib keladi. Bir vaqtni o'zida uchtsiklik antidepressantlar bilan (amitriptilin, psixoforin va boshqalar bilan) qo'llanilishi keksa yoshdagi odamlarda uni nojo'ya ta'sirlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Dimeksni alkogol` bilan birga qo'llanilishi uning markaziy nerv tizimiga ta'sirini ortishiga olib keladi.
Qo'llanilishi. Preparat yo'talga qarshi, yuqori nafas olish yo'llarining yallig'lanishida, o'tkir va surunkali bronxitlarda, traxeobronxitlarda qo'llaniladi. Yo'tal xurujlarini bosadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar. Preparat bronxial astmani o'tkir xurujlarida, peptic yaralarda, siydik chiqarish kanallarini torayishida, prostata bezini kattalashishida, yopiq burchakli glaukomada (ko'zning ichki bosimi ortganda) qo'llanilishi mumkin emas. U yana bir yoshgacha bo'lgan bolalarga, homiladorlikda va emizishda, preparatning qaysi-bir tarkibiy
qismiga sezuvchanlik ortganda qo'llanilishi mumkin emas.
Dori vosita 52,5g saxarozani saqlaydi. har bir 5 ml doza 2,1g gacha saxaroza mavjud.
Fruktozani tug'ma ko'taraolmaydigan, mal`absorbtsiyaning glyukoza/galaktoza sindromi bilan (glyukozani va galaktozani o'zlashtirilishini buzilishi) yoki saxarozani /izomal`tozani enzimlarini tanqisligi bo'lgan bolalarga to'g'ri kelmaydi.
Dori vosita 7,68 ob.% etanolni saqlaydi. har bir 5 ml doza 0,32g gacha alkogol` saqlaydi.
Jigar kasalliklari, epilepsiya, miya jarohatlanishi yoki kasalliklari bo'lgan bemorlarga xuddi shunday homiladorlarga va bolalarga havf tug'diradi. Alkogol` boshqa dori moddalarni ta'sirini o'zgartirishi yoki kuchaytirishi mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari. Dimeks bosh aylanishi (6% bemorlarda), uyquchanlikni (4,5% bemorlarda) chaqirishi mumkin, bu dori qabul qilingandan keyin taxminan sakkiz soat ichida davom etishi mumkin. U yana og'iz qurishini, ko'ngil aynishi, asabiylashish holatini chaqirishi mumkin.
Ba'zida paradoksal qo'zg'alishi reaktsiyalarini: uyqusizlikni, qo'zg'aluvchanlikni, qaltirashni chaqirishi mumkin. Yana yorug'likka allergik reaktsiyalar, ko'rishni buzilishi, siydik chiqarishini qiyinlashishi, ishtahani ortishi, vaznni ko'payishi kuzatiladi.
Uyquchanlik xurujini va koordinatsiyaning buzilishini chaqirish ehtimoli sababli, avtotransport haydovchilariga va mexanizmlar bilan ishlaydiganlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak.
Dori vositasi u bosh og'rishini, me'dani ta'sirlanishini va ichketishni glitserolni chaqirishi mumkin bo'lgan; dermatitni sorbin kislotasini chaqirishi mumkin bo'lgan terini, ko'zni va shilliq qavatlarning bir oz ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan benzoy kislotasini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |