IV. Test topshiriqlari: Ma’lum dori shakli ko‘rinishida tayyorlanadigan dori vositasi: dori preparati
dori vositasi
dori moddasi
dori shakli
Vrachning ko‘rsatmasiga binoan dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari: magistral preparatlar
ofitsinal preparatlar
novogalen preparatlar
galen preparatlar
oddiy preparatlar
Farmakopeyaga kiritilgan tayyor dori vositalari: ofitsinal preparatlar
magistral preparatlar
oddiy preparatlar
novogalen preparatlar
galen preparatlar
Tarkibidagi keraksiz moddalardan batamom tozalangan, o‘simlik xom-ashyosidan olinadigan preparatlar: novogalen preparatlar
organopreparatlar
galen preparatlari
ofitsional preparatlar
magistral preparatlar
Kasallikni davolashda eng ko‘p ishlatiladigan doza: terapevtik doza
sutkalik doza
kurslik doza
bo‘sag‘a doza
maksimal doza
Dorini dorixonadan shoshilinch ravishda olish lozimligini ko‘rsatuvchi so‘z: Cito!
Pro auctore!
Signa!
Pro me!
Verte!
Qattiq dori modda yoki suyuqliklarni erituvchida eritish yo‘li bilan olinadi: eritma
suspenziya
emulsiya
tindirma
damlama
Bir nechta suyuqlik yoki suyuqlikda eritilgan qattiq modda aralashmasi: mikstura
emulsiya
damlama
tindirma
suspenziya
Suyuq dori shakllarining ta’mini yaxshilash uchun qo‘shiladigan modda: siroplar
yog‘lar
xushbo‘y suvlar
shilimshiqlar
ekstraktlar
Suyuq dori shakllarining yoqimsiz hidini yo‘qotish uchun qo‘shiladigan modda: xushbo‘y suvlar
karbon suvlar
shilimshiqlar
siroplar
yog‘lar
Suyuq dori shakllarining ta’sirlantiruvchi xususiyatini bartaraf qilish (kamaytirish) uchun qo‘shiladigan modda: shilimshiq
xushbo‘y suvlar
siroplar
yog‘lar
ekstraktlar
Qattiq dori modda zarrachalarining suyuqlikda muallaq holatda turadigan suyuq dori shakli: suspenziya
emulsiya
mikstura
tindirma
ekstrakt
Suyuq dori shakllari uchun korrigenslar: 1) spirtlar 2) shilimshiqlar 3) xushbo‘y suvlar 4) shakar 5) natriy gidrokarbonati: 2, 3
1, 4, 5
3, 4, 5
1, 4
2, 3, 4
Damlamalar, qaynatmalar, emulsiyalar. Dorivor yig‘malar. Tomchilarda dozalanadigan eritmalar. Tindirmalar va suyuq ekstraktlar Damlamalar, qaynatmalar, emulsiyalar Damlama – bosh kelishik birlik sonda – infusum, qaratqich kelishik birlik sonda – infusi, qisqartirilgan holda – Inf.
Qaynatma – bosh kelishik birlik sonda – decoctum, qaratqich kelishik birlik sonda – decocti, qisqartirilgan holda – Dec.
Dorivor o‘simlik xom-ashyosi (barglar, o‘tlar, ildizlar va boshqalar) suv h ammo mida +1000C haroratdagi suv bilan muayyan vaqt mobaynida ishlanganida shifobaxsh o‘simliklarning ta’sir qiluvchi moddalari ajralib chiqadi. O‘simlik xom ashyosidan suvda olingan bunday ajratmalarga damlamalar va qaynatmalar deyiladi. Damlamalar ko‘pincha o‘simlikning yumshoq qismlaridan: barglar (folia), gullar (flores), o‘tlar (herbae) dan, ayrim paytlarda esa qattiq qismidan tayyorlanadi. Qaynatmalar odatda o‘simliklarning birmuncha dag‘al, qattiq qismlari (ildizlari – radix, po‘stlog‘i – cortex, ildizpoyasi – rizoma) dan, ba’zi hollarda esa yumshoq qismidan tayyorlanadi.
Damlamalar 15 daqiqa qaynatilib, batamom sovuganidan keyin filtrlanadi. Qaynatmalar 20-30 daqiqa qaynatilib, qaynoq holida filtrlanadi (agar sovub qoladigan bo‘lsa liqildoqsimon (xolodessimon) massa hosil bo‘ladi). Damlamalar va qaynatmalar tez buzilib qoladigan bo‘lgani uchun ular bevosita bemorga berishdan oldin ko‘pi bilan 3-4 kunga etadigan qilib, kerakli miqdorda dorixonalarning o‘zida tayyorlanadi va bunda albatta ularni o‘simlikning qaysi qismidan tayyorlash lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma ham berilishi kerak. Ular ko‘pincha osh qoshiqlarda (ayrim paytlarda – de- sert va choy qoshiqlarda) ichish uchun buyuriladi. Damlamalar va qaynatma- larni yozib berishning yagona (qisqartirilgan) shakli bor.
Damlamalar va qaynatmalartayyorlashuchun o‘simliklarning quyidagi standart konsentratsiyalari qabul qilingan:
1. Tarkibida zaharli moddalar saqlovchi o‘simliklar uchun – 1:400 nisbat. Bu guruhga quyidagi o‘simliklar kiradi:
a) Angishvonagul bargi – Folium Digitalis
b) Ipekakuana ildizi – Radix Ipecacuanhae
v) Sichqon o‘t (yoki termopsis o‘ti) – Herba Thermopsidis
2. Tarkibida kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar saqlovchi o‘simliklar uchun – 1:30 nisbat. Ushbu guruhga quyidagilar kiradi:
a) Marvaridgul o‘ti – Herba Convallaria
b) Valeriana ildizi – Radix Valerianae
v) Bahorgiadoniso‘ti – Herba Adonis vernalis
g) Sanoildizi – Radix Sennae
d) Shohkuya (qorakuya, qoramug‘) zamburug‘i – Secale cornutum
3. Qolgan barcha (tarkibida zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bo‘lmagan) o‘simliklar uchun– 1:10 nisbat.
Keltirilgan fikr-mulohazalarni jamlashtirgan holda damlama va qaynatmalarga retsept yozishda quyidagilarga amal qilish lozim:
1) retsept faqat qisqartirilgan shaklda yoziladi;
2) damlama va qaynatmalar 12 marta ichish uchun etadigan qilib beriladi (180-200 ml miqdorida);
3) o‘simliklarning miqdori erituvchiga nisbati maxsus standart konsentratsiyalarga asosan hisoblanadi;
4) faqat osh qoshiqlarda dozalanadi.
Misollar: 1. Termopsis o‘tidan tayyorlanadigan damlamaga retsept yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin.
Hisoblash:
1) suv 15 ml x 12 martaga=180 ml, hisoblashga oson bo‘lishi uchun 200 ml qilib olish mumkin;
2) 1:400 400 ml – 1 g
200 ml – x