Maxsus ko'rsatmalar. Me'da-ichak yo'llarining o'tkir kasalliklarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Homiladorlik davrida, ayniqsa 1-nchi uch oyligi davomida va laktatsiya davrida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfi faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Gvayfenezin markaziy nerv tizimining susayishini chaqiruvchi alkogol` va boshqa vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Nojo'ya ta'siri. Patsientlar odatda preparatni yaxshi o'zlashtiradilar.
Ammo kam hollarda:bosh aylanishi, charchoqlik, uyquchanlik, allergik reaktsiyalar, ekzantema, me'da-ichak yo'llarida buzilishlar (ko'ngil aynishi, qusish, spazmlar, jig'ildon qaynashi, diareya, ich qotishi), diqqatni jamlashni pasayishi, kabi noxush xolatlar bo'lishi mumkin, bular preparat bekor qilgandan keyin tezda o'tib ketadi.
Preparat dozasini oshirib yuborilishi (Intoksikatsiya). Dozani oshirib yuborilishi avval uyquchanlik va ezilish hissiyoti bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik bu simptomlar ko'ngil aynishi, mushaklarni yengil bo'shashishi, bo'g'imlarni og'rishi, me'dada og'irlik his qilish bilan birga kechishi mumkin.Shifokorgacha yordam: me'dani yuvish.
Simpatil
Farmakologik xususiyatlari. Esholtsiya, do'lana va magniy oksidini majmuaviy ta'siri ularni bir-birini to'ldirib sedativ samara qilishidir, xavotirlik holati va u bilan bog'liq bo'lgan vegetativ buzilishlarni yo'qotadi, taxikardiyani bartaraf qiladi va uyqu buzilishlarini yengil shaklini korrektsiyalaydi.
Do'lananing faol moddalari - triterpin birikmalari va flavonoidlar yurak va miya qon tomirlarini tanlab kengaytirib, spazmolitik ta'sir ko'rsatadi; markaziy nerv tizimi va yurak mushaklarini qo'zg'aluvchanligini susaytiradi.
Eshol`tsiya protopin turidagi alkoloidlar, flavanoidlar va karatinoidlar saqlashihisobiga, xavotirlikni yo'qotish, sedativ samara, uyqu buzilishlarini yengil shakllarini korrektsiyalash (uyqu chaqirish vaqtini qisqartiradi, uyquni sifatini yaxshilaydi) xususiyatlariga ega. Eshol`tsiyani protopin guruhi alkoloidlari in vitro sharoitida o'-aminomoy kislotasini unga sezgir bo'lgan miya retseptorlari bilan bog'lanilishini oshiradi.
Magniy natriy va kaliyni transmembran almashinuvini boshqarilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, kal`tsiyni antogonisti hisoblanadi, nerv mushak sinapslarida qo'zg'alish o'tkazilishi, silliq va ko'ndalang targ'il mushaklar qisqarishi qobiliyatini pasaytiradi. Magniy neyrosedativ, spazmalitik va xavotirlikni bartaraf qilish xususiyatlarini namoyon qiladi.
Magniy oksidi me'dada magniy xloridiga aylanadi va passiv so'rilish mexanizmi yordamida ingichka ichakda absorbtsiyalanadi, so'rilish darajasi 50% dan oshmaydi. Magniy asosan siydik orqali chiqariladi. Komponentlarining ta'siri kinetik kuzatishlar uchun mashaqqatli.
Qo'llanilishi. Yuqori qo'zg'aluvchanlik, bezovtalik, jizzakilik, xavotirlik, qo'rquv, holsizlanish, yurak urib ketishi bilan kechadigan emotsional zo'riqish va stress va uyquni buzilishlari (yengil shakllari).
Do'stlaringiz bilan baham: |