O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,76 Mb.
bet6/8
Sana22.01.2017
Hajmi0,76 Mb.
#880
1   2   3   4   5   6   7   8

3.1.3-jadval

O‘zbekiston iqtisodiyotida mehnat va kapital unumdorligi ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi36

Yillar

Yalpi ichki mahsulot, mlrd.so‘m

Iqtisodiyotda band bo‘lganlarning o‘rtacha yillik soni, ming kishi

O‘rtacha yillik mehnat unumdorligi (yalpi ichki mahsulotga nisbatan), ming so‘m

Asosiy ishlab chiqarish fondlari

(yil oxiriga balans qiymatida), mlrd.so‘m

Kapital unumdorligi, so‘m

2003

9844,0

9589,0

1026,6

12685,8

0,78

2004

12261,0

9910,6

1237,2

15102,2

0,81

2005

15923,4

10196,3

1561,7

18545,4

0,86

2006

21124,9

10467,0

2018,2

21917,7

0,96

2007

28190,0

10735,4

2625,9

28566,3

0,99

2008

38969,8

11035,4

3531,3

35494,9

1,10

2009

49375,6

11328,1

4247,8

46834,8

1,05

2010

62388,3

11628,4

5365,1

58019,9

1,08

2011

78764,2

11919,1

6608,2

70940,5

1,11

2012

96589,8

12223,8

7901,8

87323,1

1,11

Mamlakatimiz iqtisodiyotida mehnat unumdorligi darajasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillar ichida (2003-2012 yillar) bu ko‘rsatkich muttasil o‘sib borish tendensiyasiga ega (3.1.3-jadval). Agar 2003 yilda har bir ishlagan ishchiga to‘g‘ri keladigan YaIM 1026,6 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib bu ko‘rsatkich 7901,8 ming so‘mni tashkil etib 7,7 barobar oshgan. Bu juda katta ijobiy o‘zgarish bo‘lib, mehnat unumdorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillardan unumli foydalanilganligini ifodalaydi.

Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham foydalanilishi, uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanishi ko‘rsatilgan.

Ya'ni:

KU═M ∕ K; KU═MD ∕ K; KU═F ∕ K.

bu yerda:

KU – kapital unumdorligi;

K – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdori;

M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;

МD – yalpi daromad;

F – foyda.

Kapital unumdorligi tahlili shuni ko‘rsatadiki, (3.1.3-jadval) har bir so‘m sarflangan kapital hisobiga olingan YaIM 2003 yilda 0,78 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, dan 2012 yilda 1,11 so‘mga yetgan.

Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.

Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta'sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta'sir qiladi:

1) fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishda qo‘llash;

2) ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;

3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g‘inlarini o‘zgartirish;

4) ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish;

5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xom ashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish;

6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislarni tayyorlash;

7) ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda qatnashgan omillarning bir-biriga mutanosibligi va muvozanatliligi.

Bular ichida mutanosiblik va muvozanatlik omili hozirgi kunda respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy nomutanosibliklar ishlab chiqarish natijalarining past bo‘lishiga yoki yo‘qotishlar ro‘y berishiga olib keladi. Bunga yaqqol misol tariqasida mamlakatimizdagi paxta xom ashyosini yetishtirish hamda uni sanoat korxonalarida qayta ishlashning turli darajalari o‘rtasidagi nomutanosiblikni keltirish mumkin.

Ma'lumki, O‘zbekiston jahonda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi o‘rinni va uning eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har yili O‘zbekistonda taxminan 3,4-3,6 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirilib, undan 1-1,2 mln. tonna paxta tolasi olinadi va uning 75 foizga yaqini eksportga jo‘natiladi37.

Mamlakatimizda yillar bo‘yicha paxta xom ashyosi yetishtirish va undan tola olish bo‘yicha taxminiy nisbatni statistik ma'lumotlar asosida hisoblab ko‘rish mumkin (3.1.4-jadval). Biroq, bu o‘rinda shuni ham nazarda tutish kerakki, birinchidan, har yili yetishtirilgan paxta xom ashyosi shu yilning o‘zida qayta ishlanmasligi mumkin. Ikkinchidan esa, paxta xom ashyosidan tola olish darajasi, uning toifalari, navlari va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra keskin farqlanadi.



3.1.4-jadval

O‘zbekistonda paxta xom ashyosi yetishtirish va undan paxta tolasi olish o‘rtasidagi nisbatlar38

Yil

Paxta xom ashyosi,

ming tonna

Paxta tolasi, ming tonna

Tola olish darajasi

foizda

nisbat

2003

2803,3

943,9

33,7

1:0,34

2004

3536,8

977,0

27,6

1:0,28

2005

3728,4

1184,2

31,8

1:0,32

2006

3600,6

1171,2

32,5

1:0,33

2007

3683,4

1124,8

30,5

1:0,31

2008

3400,5

1174,0

34,5

1:0,35

2009

3401,9

1049,5

30,9

1:0,31

2010

3404,0

1118,5

32,8

1:0,33

2011

3500,0

1102,1

31,5

1:0,32

2012

3460,1

1077,8

31,1

1:0,31

Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimizda paxta xom ashyosi yetishtirish va undan tola olish bo‘yicha taxminiy nisbat o‘rtacha 1:0,3-0,35 ni tashkil etadi. Holbuki, paxta xom ashyosining sifatini yaxshilash va uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish orqali bu ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada oshirish mumkin bo‘lib, hozirda bu borada hukumatimiz tomonidan tarmoqni texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2013 yil yangi ob'ektlarni qurish, mavjud korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 9 ta loyiha amalga oshirilib, 2210 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Bu borada, 4 ta yangi ob'ektlarni qurish loyihalari rejalashtirilgan. Shu jumladan, Toshkent viloyatidagi “Textile Technologies Group” MChJ xorijiy korxonasida loyiha quvvati 6 ming tonna paxtadan yigirilgan ip, 7,5 mln.kv.m. ip gazlama, 5 mln.donaga teng bo‘lgan tayѐr mahsulotlar ishlab chiqarish tekstil majmuasi, shuningdek Jizzax shahridagi “A.Sattorov” MChJ negizida loyiha quvvati 6 ming tonna paxtadan yigirilgan ip va 4 ming tonnaga teng bo‘lgan trikotaj matolar yigiruv va to‘quvchilik bo‘yicha ishlab chiqarish, Xorazm viloyatidagi “Qatqal'ateks” MChJda loyiha quvvati 12 mln juft paypoq va 780 ming donaga teng bo‘lgan trikotaj matolari ishlab chiqarish, Andijon viloyatidagi “Saxovotteks” MChJda loyiha quvvati 6,3 ming tonnaga teng bo‘lgan yigirilgan ip ishlab chiqarish tashkil etiladi”39.

Keyingi yillarda paxta tolasini mamlakatimiz ichida qayta ishlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Paxta tolasi ahamiyatli qismining yengil sanoat korxonalarida qayta ishlashga yo‘naltirilishi natijasida uning eksportdagi solishtirma salmog‘i yildan-yilga pasayib bormoqda (3.1.5-jadval).



Bu holatni Prezidentimiz I.Karimov tashqi savdo tarkibidagi chuqur ijobiy o‘zgarishlar ifodasi sifatida e'tirof etadilar: “Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni paytda O‘zbekiston uchun an'anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi”40. Bu ko‘rsatkich keyingi yillarda yanada pasayib, 2012 yilda 9,3 foizni tashkil etdi.

3.1.5-jadval

O‘zbekiston eksportining umumiy qiymati va unda paxta tolasining ulushi41

Yil

Eksportning umumiy qiymati, mln. AQSh doll.

Shu jumladan, paxta tolasi eksporti, mln. AQSh doll.

Solishtirma salmog‘i, foizda

2003

3725,0

739,1

19,8

2004

4853,0

876,1

18,1

2005

5408,8

1033,3

19,1

2006

6389,8

1097,0

17,2

2007

8991,5

1127,4

12,5

2008

11493,3

1066,8

9,3

2009

11771,3

1012,7

8,6

2010

13023,4

1572,7

12,1

2011

15021,3

1347,9

9,0

2012

13599,6

1259,7

9,3

Prezidentimiz ta'kidlab o‘tganlaridek, «To‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur»42, degan edilar. Bu esa, paxta tolasini o‘zimizda qayta ishlash hajmini 2 barobardan ko‘proqqa, kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlarini 3 barobar43 oshirish imkonini beradi.

Statistik ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda paxta tolasini qayta ishlab, undan turli darajadagi tayyor mahsulotlar olishning mavjud imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Buni birgina paxta tolasi va undan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahsuloti o‘rtasidagi nisbatdan ham kuzatish mumkin (3.1.6-jadval).

Jadvaldagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish jonlanib, 2012 yilda uning salmog‘i 18,5 foizni tashkil qilgan hamda paxta tolasi bilan ip-kalava ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbatning 1:0,19 ga yetganligini ko‘rishimiz mumkin. Holbuki, bizga ma'lum bo‘lishicha 1 kg paxta tolasidan 0,85 kg ga qadar ip-gazlama chiqishi mumkinligi e'tiborga olinsa, paxta tolasi va undan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahsuloti o‘rtasidagi nisbat 1:0,85 ga qadar yetishi mumkin. Paxta tolasining ip-kalavaga aylantirilmasligi esa undan keyingi turdagi tayyor mahsulotlar (masalan, gazlama, trikotaj mahsulotlari va h.k.)ning ham ishlab chiqarilishini cheklab qo‘yishni anglatadi.


3.1.6-jadval

O‘zbekistonda tayyorlangan paxta tolasi va undan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahsuloti o‘rtasidagi nisbat44

Yillar

Paxta tolasi, ming tonna

Gazlama to‘qiydigan ip-kalava

miqdori, ming tonna

paxta tolasi hajmidagi ulushi, %

paxta tolasi bilan ip-kalava o‘rtasidagi nisbat

2003

943,9

168,6

17,9

1:0,18

2004

977,0

171,4

17,5

1:0,18

2005

1184,2

170,8

14,4

1:0,14

2006

1171,2

164,6

14,1

1:0,14

2007

1124,8

179,6

16,0

1:0,16

2008

1174,0

160,1

13,6

1:0,14

2009

1049,5

173,9

16,6

1:0,17

2010

1118,5

225,6

20,2

1:0,20

2011

1102,1

171,8

15,6

1:0,16

2012

1077,8

199,3

18,5

1:0,19

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda paxta xom ashyosini yetishtirish hamda uni sanoat korxonalarida qayta ishlashning turli darajalari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash yalpii ichki mahsulot va milliy daromadning sezilarli ravishda oshishiga olib kelishi mumkin. Chunki, milliy sanoat korxonalarida paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash natijasida qo‘shilgan qiymatning ahamiyatli darajada oshib borishi pirovardida tarmoqdagi va binobarin mamlakatimizdagi daromadning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadi.

Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida milliy iqtisodiyot samaradorligini ta'minlashda ichki va tashqi talab o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash, bunda ichki talabni rag‘batlantirish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarilgan tovarlarga talab yetarli bo‘lmasa uni sotish va, binobarin, xarajatlarni qoplab, ma'lum foyda olish mumkin bo‘lmay qoladi. Global darajadagi yalpi talabning qisqarishi ham tashqi ham ichki bozorlardagi muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonning Inqirozga qarshi choralar dasturida asosiy yo‘nalishlardan biri – bu mahsulotlarimizga tashqi talab qisqarayotgan bir sharoitda ichki talabni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Mamlakatimizda ichki talabni qo‘llab-quvvatlash orqali tarmoqlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash bir qator yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur. Bulardan asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish;

- ularni imtiyozli kreditlar ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash;

- eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga byudjet-soliq imtiyozlarini berish;

- eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish;

- mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni rag‘batlantirish.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda asosiy e'tibor eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning barqaror ishlashini ta'minlashga qaratilmoqda. Chunki, hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqarishni o‘ylamagan mamlakat uzoq muddatli taraqqiyotga erisha olmaydi.

Eksportni rivojlantirish esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishni taqozo etadi. Bunga faqat mahsulot tannarxini pasaytirish orqali erishish mumkin.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida samaradorlikni oshirish maqsadida tarmoqlar o‘rtasida mutanosiblikni ta'minlash, ichki talabni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda tarmoqlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yuksaltirish hamda barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, tobora keskinlashib borayotgan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta'siri oqibatlarini yanada yumshatishda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish iqtisodiy salohiyatimizni mustahkamlashga imkon yaratadi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish