Gidrologik tadqiqotlar
Yer usti va yer osti suvlari, ularning turlari. Gidrologik tadqiqot ishlarining ikki bosqichi. Birinchi bosqichda daryo, irmoq, ko‘l, buloqlarning morfologik tuzilishining o‘rganilishi. Ikkinchi bosqichida gidrometrik ishlarni bajarish. Gidropostlar. Tadqiqot paytida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.
Yer usti va yer osti suvlaridan namunalar olish va suv sarfi, suvning fizik (loyqaligi, tezligi, harorati, tiniqligi, rangi) va kimyoviy (tarkibi, ta’mi, hidi, ichishga yaroqligi) xususiyatlarini aniqlash.
Daryolarning to‘yinishiga ko‘ra turlari: muzlik-qor, qor-muzlik, qor-yomg‘ir, yomg‘ir va boshqa manba suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
Suv toshqinlari, muzlash holati, muzning erish payti, kam suvli (qurg‘oqchil) yillar haqidagi ma’lumotlarni mahalliy keksa kishilardan so‘rash.
Gidrografik kartalar va ularning shartli belgilari, mazmuni ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |