O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliyuniversiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 378,33 Kb.
bet12/80
Sana14.01.2022
Hajmi378,33 Kb.
#360097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
Geografik tadqiqot usullari

Pedagogik texnologiya deb, odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga, ta’limda ko’zlangan natijalarga erishishga qaratilgan pedagogikaning yo’nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).

Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash o’ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Agar tegishli metod noto’g’ri tanlangan bo’lsa o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati samarasiz bo’lib qoladi. Shuning uchun o’qitish metodlarini tanlash ma’lum bir tamoillar asosida olib borilmog’i lozim. Ular quyidagilardan iborat.

«Tanlangan metod» o’tiladigan mavzuning mazmuniga mos bo’lishi lozim. Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti hisoblanadi. Ko’p xollarda bir xil mazmundagi dars o’tish uchun yagona bitta metodni qo’llash ko’p xollarda samara bermaydi. Shuning uchun o’qituvchilarni va o’quvchilarni faoliyatiga mos keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda o’quvchilarni bilish imkoniyatlari, ular amalga oshiradigan faoliyatning murakkablik darajasi, vaqt omili va geografiya kabinetida zarur bilim manbalarining bor yo’qligi metod turini aniqlab beradi.

O’qitish metodini tanlaganda o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini hisobga olish tamoyili, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:

‐ o’quv mavzusining murakkabligiga;

‐ nazariy bilimlar xajmiga;

‐ sinf o’quvchilari darajasiga;

‐ o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga;

Geografik bilimlarni xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

‐geografik voqea va xodisalarni tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan voqealar haqida tasavvur‐larni shakillantiradi. Masalan, tog’lar o’rmonlar, cho’llar, ko’llar, daryolar, kartalar va x.k.;

‐geografik voqea va xodisalarni fazoda joylashishi haqidagi bilimlar tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, shaharlar, ma’muriy birliklarini joylashuvi;

‐geografik voqea va xodisalarni xossalari haqidagi bilimlar. Bunday bilimlarga tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug’lanish, intensiv va ekstensiv xo’jalik, tog’ jinslarining qattiqligi, suvning sho’rligi va harorati va x.k;

‐geografik jarayonlar xaqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga shamol, yog’inlar, suv erroziyasi, surilmalar, zil‐zilalar, ishlab chiqarish jarayonlari, migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqa jarayonlar kiradi;

‐geografik borliq va hodisalarning tarkibi xaqida bilimlar. Masalan, tog’ jinslarining tarkibi, yog’inlarning tarkibi, yer resurslarniiing tarkibi, aholining milliy tarkibi va x.k;

‐geografik borliq va xodisalarining tuzilishi haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga yerning qobig’i, yerning tuzilishi, atmosferaning tuzulishi, yerning ichki tuzilishi, qishloq xo’jaligining tuzilish, tuproqning tuzilishi, xalq xo’jaligining tuzilishi va x.k;

‐geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar xaqidagi bilimlar, masalan, sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funktsional aloqalar.

Mazkur bilimlarning har biri alohida o’qitish usullarini qo’llashni taqazo etadi.

Qo’llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:

a) metod tarbiyaviy bo’lishi lozim, ya’ni o’quvchilarning rivojlanishga, qiziqishlariga ta’sir ko’rsatishi lozim;

b) tanlangan metod ilmiy bo’lishi lozim, metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo’lsa, shunchalik ravshan va aniq bo’ladi:

v) metod ommabop bo’lishi lozim;

g) metod samarali bo’lmog’i zarur, ya’ni o’quv materiallarini mustahkam egallashga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.

An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oliy ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg‘ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra, “yetkazib beruvchi” rolida endi o‘qituvchi emas, balki talaba namoyon bo‘ladi. Talaba, asosan, o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o‘qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o‘rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. Talaba (talaba)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo‘lib qoladi. Bir qarashda talaba yoki o‘qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg‘otadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim (ma’lumot)lar juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o‘rganishlariga ko‘ra shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni shaxs: manbani o‘zi o‘qiganida 10 %; ma’lumotni eshitganida 20 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida 30 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50 %; ma’lumot (axborot)larni o‘zi uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega.

Shunga ko‘ra interfaol o‘qitish “ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba va talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – talaba – talabalar guruhi”ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi”.



Download 378,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish