1.Bob.Ibtidoyi jamiyatda foydali bilimlarning o‘sishi.
1.1. Moddiy madaniyatning rivojlanishi
Amaliy bilimlar. Odamning tabiat bilan juda og’ir kurashida mehnat qurollari
murakkablasha va takomillasha borgan; bunda suyiltayoqlar va kupol tarashlangan tosh
parchalaridan kamon va o’qlar, silliqlangan tosh boltalar va suyak buyumlar,
metallardai foydalaiish, juda oddiy dastgohlar ixtiro qilish sari rivojlanish yuli bosib
o’tilgan. Eng sodda mexanik moslamalar: er kovlaydigan tayoq va chopqich asosida
yuzaga kelgan richag-dastak va pona bo’lmay turib hozirgi texnika mavjud bo’la olmas
edi. Odamlar tabiiy g’orlardan foydalanish ishlaridan turli-tuman sun’iy uy-joylar
qurishga asta-sekin o’ta borishgan.
Novdalar, xodalar, pustloq, terilar, namat, keng barglar, poxol, kolish, turli
hayvon suyaklari, chim, daraxt, loy, tosh, keyinrooq g’isht, avval boshda quritilgan
g’isht, so’ngra pishirilgan g’isht uy-joylar qurish uchun material sifatida xizmat qilgan.
Dastlabki turar joylar parda devorsiz, eshiksiz va derazasiz bo’lgan. Arxeologlar doimiy
turar joylarning gulxanlar yordamida isitila boshlanishining orinyak-solyutre bosqichiga
oid deb hisoblaydilar. Turar joyning tepasidan ochilgan tuynukdan yorug’ ham tushib
turgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, madlen davrida sun’iy yoritish paydo
bo’lgan.Uy-joyni yoritish uchun pilikli tosh kosalarga yog’ solib ishlatilgan.
Shuningdek, qorachiroqdan foydalanilgan. Dastlab hech qanday mebel
bo’lmagan, erga buyra, terilar solib, bosh ostiga yostiq o’rniga yog’och taglik quyib
uxlashgan Suri va mebel keyinroq paydo bo’lgan. Amerika indeetslari gamaklarda
(osma tur belanchaqlarda) uxlaganlar. Uy-ruzg’or buyumlari navdalardan, qayin
po’stlog’idan, bambuk, kokos yong’og’i po’chog’i, qovoq yogoch, loy va teridan
yasalgan.
Dastavval maxsulotlar to’qima, usti loy bilan suvalgan idishlarda saqlashan,
ovqat esa qizitilgan toshlar yordamida yog’och tog’orachalarda pishirilgan.Faqat
keramika ixtiro qilingandan keyingina chinakam ovqat pishirish mumkin bo’lgan.
Ovqat eyish vaqtida kosa, tovoq, qoshiq, pichoq va cho’plar ishlatilgan. Don
maydalash- talqon qilish uchun toshdan yasalgan don yanchgichlar, yog’och o’g’irldar
mavjud bo’lgan. Ibtidoiy kiyim-boshning turlari juda xilma-xildir. Uning yuzaga kelishi
va rivojlanishi iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan. Hammadan aaval sovuq o’lkalarda
kiyim-bosh paydo bo’lgan. Fartuk, kamar (belbog’), plash, yupka erkak va ayollarning
kiyim-boshining eng qadimgi elementlari deb hisoblanadi. Engil kiyim va ishton
keyinroq iaydo bo’lgan. Tabiiy sharoitlarga qarab barglardan, teri, o’simlik tolasidan va
yungdan kiyimlar tikilgan. Kiyim-boshni suyak ninalar bilan tikishgan.
Yog’ochdan, pustloq-chiptadan, teridan, namat va yungdan qilipgan oyoq
kiyimlari kiyim-boshga nisbatan keyinroq vujudga kelgan va hamma joyda birdan
paydo bo’lavermagan. Uy-joylar qurilishi, kiyim-bosh, oyoq kimiyi, uy-ro’zg’or
anjomlari ishlab chiqarish xona kasblarining yog’och, daraxt po’stlog’i va teri ishlash,
terilar tayyorlar va to’qish shaklida rivojlana borishi bilan bevosita bog’liqdir. Avval
boshda qayiqlar, chana, chang’i, keyiiroq bronza asrida ixtiro etilgan g’ildirakli aravalar
transport vositasi bo’lib xizmat qilgan.Inson faoliyatining barcha sohalaridagi tajribalar
saqlanmay turib progressiv tarixiy taraqqiyot mumkin bo’lmagan bulur edi.
Urug’ning, qabilanitng zo’r berishlari tufayli orttirilgai bilimlarpi keksa avlod
ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan ta’lim vositasi bilan yosh avlodga berib kelgan.Ilk
yoshidagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan. Lekin initsnatsiya
vaqtida yigit va qizlarga chinakam ta’lim berilgan. Odamlarning amaliy bilimlari
maqollar va matallarda aks etgan Insonning tabiat bilan kurashida aks sadolarini xalq
og’zaki ijodida (folklorda) uchratamiz.
Afsonalarda, miflarda, ertaklarda qahramonlarning mardonavor ish-xarakatlari
aks ettiriladi, ko’pincha urug’larning, qabilalarning kelib chiqishlari haqida, dunyoning
paydo bo’lishi to’g’risida hikoya qilinadi.Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo’lmagan, shuning
uchun afsonalar avloddanavlodga og’zaki ko’chib yurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |