Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................31-bet
Kirish
Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda. Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR),Zakavkazye respublikalari [ZSFSR;1936-yildan ittifoqdosh respublikalar Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR),Gurjiston (Gurjiston SSR,keyinchalik-1925 yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrogʻi (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi.Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi Repressiya. Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |