Sirdaryo viloyat davlat arxivining tarixi
Sirdaryo viloyati davlat arxivi, Sirdaryo viloyati ijroiya qo'mitasining 4\ 89-son qaroriga asosan 1963 yil 15 iyunda tashkil topgan. Sirdaryo viloyatining tashkil topishi munosabati bilan O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1962 yil 5 maydagi 403-sonli qaroriga asosan Mehnatkashlar Deputatlari Sirdaryo oblast Soveti Ijroiya Komitetining 1963 yil 15 iyundagi “Sirdaryo oblastida davlat arxivlarni tashkil qilish to'g'risida”gi 4/89-sonli qaroriga binoan Mehnatkashlar Deputatlari Sirdaryo oblast Soveti Ijroiya Komiteti qoshida 18 shtat birligida oblast davlat arxivi tashkil topgan. Shunindek ushbu qaror bilan Sirdaryo posyolkasida Sirdaryo va Guliston tumanlariga xizmat ko'rsatuvchi Sirdaryo rayonlararo arxivi, Yangier shahri va Yangier rayonlariga xizmat ko'rsatuvchi Yangier rayon arxivi, Jizzax shahri va Jizzax rayonlariga xizmat ko'rsatuvchi Jizzax rayon davlat arxivi va Kirov posyolkasida Kirov hamda Paxtaorol rayonlariga xizmat ko'rsatuvchi Kirov rayonlararo arxivlari tashkil qilingan. Rayonlararo davlat arxivlari shtat birliklari jami 8 tani tashkil qilgan. O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965 yil 26 martdagi 172-sonli qaroriga asosan Mehnatkashlar Deputatlari Sirdaryo oblast Soveti Ijroiya Komitetining 1965 yil 16 iyundagi 7/268-sonli “Kelgusida Sirdaryo oblastida arxiv ishini riojlantirish to'g'risida”gi qarori bilan Sirdaryo oblast Soveti Ijroiya Komiteti qoshida arxiv bo'limi tashkil qilinib Sirdaryo oblast davlat arxivi, Sirdaryo oblast davlat arxivi Jizzax filiali, Sirdaryo oblast davlat arxivi Kirov filiali, Sirdaryo oblast davlat arxivi Sirdaryo filiali va Sirdaryo oblast davlat arxivi Yangier filiallaridan iborat arxiv muassasalari tarmog'i tashkil qilingan. Sirdaryo viloyat davlat arxivi tashkil topgandan keyin arxiv Guliston shahri Sayxun ko'chasidagi 1 uyga joylashtirildi. Mazkur bino yaroqsiz holga kelib qolgandan keyin 2005 yilda Guliston shahri Mustaqillik ko'chasidagi sobiq meditsina bilim yurtining yotoqxonasi davlat arxiviga ta'mirlanib bino qilib berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrdagi “2013 yilga mo'ljallangan Investitsiya Dasturi to'g'risida”gi PQ-1855-sonli qarori asosida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Viloyat davlat arxivining yangi binosi qurilishi uchun 2312,0 mln so'm mablag' ajratilib barcha sharoitlarga ega bo'lgan zamonaviy bino 2013 yilning 23 dekabr kuni foydalanishga topshirildi. 0,80 ga er maydonida joylashgan viloyat arxivining yangi binosi 200000 saqlov birligini saqlash uchun mo'ljallangan bo'lib 1147,9 kv/metrlik 6ta hujjatxona va 759,33 kv/metrlik 26ta xonalar, mebel jixozlari hamda 10 ta zamonaviy komptyuterlar bilan jixozlandi
Viloyat davlat arxivining yangi binosi
Yangi binoning 2014 yil 12 iyun kunidagi ochilish marosimi
Bugungi kunda viloyat davlat arxivida oktyabr to'ntarishi davridagi Qizilarmiya va ishchi deputatlar kengashi Mirzacho'l uezdi ijroiya qo'mitasining o'sha davridagi tarixini aks ettirgan. 1918 yillarga oid hujjatlari 1930 yillardagi qatagon davrini ko'rsatuvchi qishloq xo'jaligi tashkilotlari xujjatlari ikkinchi jaxon urushi davrida Mirzacho’lni bog'u-bo'stonga aylantirganligi va boshqa hujjatlar saqlanmoqda. Sirdaryo viloyat davlat arxivida Milliy arxiv fondiga tegishli jami 624 ta fondlar mavjud bo'lib boshqaruv hujjatlari saqlov birligi 3.001 dan ziyodni, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 237 tani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |