О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Karantin sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’grisida audioselektr yig’ilishi va amalga oshirilgan ishlar



Download 101,14 Kb.
bet5/6
Sana03.06.2023
Hajmi101,14 Kb.
#948480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

2.3. Karantin sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’grisida audioselektr yig’ilishi va amalga oshirilgan ishlar.

Yig`ilishda, joylardan Bosh prokuratura va hududiy shtablari hamda ishchi guruhlar a`zolari, viloyat va tuman-shahar prokurorlari, shuningdek, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i, departamentning hududiy boshqarmalari hamda tuman-shahar bo`limlari boshliqlari qatnashdi. Ta`kidlandiki, hozirgi vaziyatda har bir davlat organi va mas`ullardan infeksiyani yurtimizda keng tarqalishining oldini olish, uning davlat va jamiyat hayotiga, fuqarolarning kundalik turmush tarziga salbiy ta`sirini kamaytirishda alohida mas`uliyat talab etiladi. Kuni kecha, global inqiroz va pandemiya sharoitida prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar bo`yicha aholimizga Bosh prokuraturaning murojaati e`lon qilindi.Shundan kelib chiqqan holda, Bosh prokuror o`rinbosari tomonidan murojaatda ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha barcha darajadagi prokurorlar hamda Departament boshliqlariga aniq ko`rsatmalar berildi.


Ayniqsa, yordamga muhtoj, yakka-yolg`iz, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga e`tiborni kuchaytirish zarurligi ta`kidlandi.Jumladan, prokurorlar sektorlarida og`ir turmush sharoitidagi hamda karantin davrida vaqtinchalik daromad manbaini yo`qotgan 5 mingta oilaga prokuratura organlari tomonidan moddiy yordam ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.Ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa birinchi darajali to`lovlarni o`z vaqtida to`lanishiga oid qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi. Ma`lumki, karantin cheklovlarini joriy etilishi munosabati bilan, ko`plab hayotiy masalalar, ayniqsa aholini oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy niqob va boshqa vositalar bilan uzluksiz ta`minlash kabi o`ta muhim va dolzarb masalani zudlik bilan hal etish zarurati yuzaga keldi.Bu borada, prokuratura organlari tashabbusi bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida muntazam ravishda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda, bozorlarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar narxida kiritish doimiy amalga oshirilmoqda.Shu jumladan, “Aholini oziq - ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay ta`minlashning vaqtinchaliktartibi” asosida 1 apreldan buyon 25 826 ta ko`chma savdo rastalari tashkil etilib, ular orqali savdo nuqtalaridan uzoq va chekka hududlarda yashovchi aholiga 28 737 tonna oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.Maxsus jihozlangan 127 ta ko`chma dorixona orqali 979,7 mln. so`mlik dori vositalari va tibbiyotbuyumlari sotilishi ta`minlandi.
Amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, ayrim hududlarda narxlarni asossiz oshirish, savdo maskanlarida sanitariya-epidemiologiya qoidalarga rioya etmaslik holatlari ham kuzatilayotganligi qayd etildi.Shu bois, zarur mahsulotlarni uzluksiz etkazib berilishi va narx-navosi barqarorligini ta`minlash ustidan nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ko`rsatib o`tildi. Xususan, prokurorlardan, joylarda ushbu mahsulotlar ta`minoti ahvolini, shuningdek, laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo`yicha test uchun zarur vositalar zahirasi etarliligini doimiy o`rganib borish, vujudga kelayotgan mavjud muammolar bo`yicha Bosh prokuraturaga zudlik bilan takliflar taqdim etilishi talab etildi.
Departament organlari rahbarlariga tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda sun`iy taqchillikni oldini olish, ko`chma savdo rastalarini tashkil etishda hududdagi aholi soni va joylashuvini hisobga olish, bozor va savdo majmualariga kirish-chiqishda dezinfeksiya ishlarini tashkil etish, savdo rastalarida ijtimoiy masofaga amal qilinishini ta`minlash bo`yicha ishlarni jadallashtirish topshirig`i berildi.Koronavirus infeksiyasini iqtisodiyotga ta`sirini yumshatish, zarur sohalarda tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu sababli, tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, karantin cheklovlari, sanitariya va gigiena talablariga rioya etgan holda ularning faoliyati to`xtab qolishiga yo`l qo`ymaslikning barcha zarur choralarini ko`rish, soliq to`lovlari, bank kreditlari hamda kommunal to`lovlar bo`yicha berilgan imtiyozlarning to`liq qo`llanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi. Bu yo`nalishda hududiy prokurorlar tomonidan qisqa vaqt davomida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida turli sabablarga ko`ra faoliyat ko`rsatmayotgan 289 ta eksportyor korxonalarining faoliyati tiklandi, 58 ta korxonaga aylanma mablag`larini shakllantirish uchun 153,5 mlrd. so`m kredit ajratilishi ta`minlandi.Ayni vaqtda, bu borada ba`zi tarmoq va hududlarda sustkashlikka yo`l qo`yilganligi ham ta`kidlab o`tildi.
Ayrim hududlarda esa, eksportyorlarning muammolarini o`rganish va ularni bartaraf etishga ko`maklashish bo`yicha ishlar samarali tashkil etilmagan.Yig`ilishda, 3.379 nafar eksportyorlar, shuningdek, 30 dan ortiq ish o`rniga ega, yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining har biriga prokuratura xodimlarini biriktirish orqali ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va tezkor hal qilish bo`yicha tegishli vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, prokurorlardan, eksport prognozi bajarilishi bo`yicha topshiriqlar ijrosiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan, tadbirkorlarga yordam berish o`rniga suiiste`molchilik qilgan mutasaddi idoralarning rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atishgacha bo`lgan keskin choralar ko`rilishi talab etildi.
Mavjud 516 ta karantin postlariga biriktirilgan Departament xodimlariga yuk tashishda turli to`siq va muammolar vujudga kelishining oldini olish yuzasidan qat`iy choralarni ko`rish topshirildi. Bundan tashqari, byudjet tushumi ijrosini ta`minlash va yangi tushum manbalarini aniqlashga faol ko`maklashish, davlat hamda hududiy investisiya dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish topshiriqlari berildi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosi yuzasidan oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash choralari doirasida prokuror sektorlarida g`alla parvarishi, chigit ekilishi, shuningdek, aholi tomorqalarida ertaki ekinlar to`liq ekilishini ta`minlash zarurligi alohida qayd etildi.
Karantin cheklovlari davrida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari bir zum ham to`xtatilmaydi.Bunda fuqarolarning karantin qoidalariga so`zsiz rioya etishlarini ta`minlash, shuningdek, koronavirus pandemiyasi haqida asossiz xabarlar tarqatish, aholi orasida sarosima va vahima keltirib chiqarishga urinishlarning oldini olishga alohida e`tibor qaratish lozimligi ko`rsatib o`tildi. Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan fuqarolarni tezkor aniqlash va ularning salomatligini nazoratga olish bo`yicha prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda tashkil etilgan tergov guruhlari faoliyatini kuchaytirish, bu borada sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari bilan hamkorlikni yanada oshirish bo`yicha topshiriqlar berildi.Yig`ilish yakunida, prokurorlar va Departament rahbarlaridan, pandemiya sharoitida qonun hujjatlari bilan tegishli mutassaddi idoralarga yuklatilgan vazifalarni so`zsiz va muddatda bajarilishi ustidan ta`sirchan nazoratni amalga oshirish, har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan qat`iy munosabat bildirish lozimligi alohida talab etildi. Yig`ilishda, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar bo`yicha hududiy prokurorlar va departament boshliqlari tomonidan tushuntirish va izohlar berildi.Bu borada mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygan va talabchanlikni susaytirgan rahbar xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod qilishgacha bo`lgan choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi..
Mamlakatimiz hududida koronavirus infektsiyasi qayd etilgani sababli 2020 yil 16 martdan boshlab ushbu infektsiya keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus choralar, ya'ni karantin joriy etildi. Karantin choralarining tatbiq etilishi davlat organlari va boshqa muassasalar ish tartibiga, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga jiddiy o'zgartirishlar kiritilishiga, fuqarolarning erkin harakatlanishiga, shu jumladan, erkin mehnat qilish borasida ayrim cheklanishlarga sabab bo'ldi.
Shunga qaramay, pandemiya sharoitida ham mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy amal qilinmoqda. Asosiy qonunimizning37-moddasiga muvofiq, aholining ijtimoiy huquqlarini himoya qilish maqsadida masofadan turib faoliyat yuritish, ta'lim olishning masofaviy usullari keng yo'lga qo'yilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Ma'lumki, davlatimiz tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar zamirida aholi farovonligi va turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadi mujassamdir. Mamlakatimizda amal qilib turgan epidemiologik vaziyatlarda inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish maqsadida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo'llab-quvvatlash zarurati yuzaga keldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qator yengilliklar yaratildi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi aholining soliqlar bo'yicha to'lovlar miqdori keskin kamaytirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni bilan fuqarolarga, hususan jismoniy va yuridik shaxslarga karantin davrida bir qator imtiyozlar yaratilganligini ko'rish mumkin. Jumladan, karantin davrida aholi extiyoji uchun zarur bo'lgan ayrim turdagi mahsulotlarni chetdan olib kirishda to'lanadigan bojxona boji va aktsiz solig'ining nol` stavkalari ko'rsatilib, 2020 yilning 31 dekabrigacha amal qilishi belgilandi.
Konstitutsiyamizning 39-moddasiga asoslanib hamda mazkur farmonga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy yordam oluvchi aholi qatlami uchun joriy yilning mart-iyun` oylarida tugaydigan to'lov muddati, shuningdek bolalari bo'lgan nafaqa oluvchi oilalar va bola parvarishi uchun moddiy yordam oluvchilarning to'lov muddati arizalarsiz 6 oy muddatga to'xtovsiz amalga oshirilishi belgilandi. Banklar tomonidan moliyaviy qiyinchilikka uchragan jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning so'ndirilish va fuqarolarning mulk va yer soliqlarini to'lash muddati uzaytirildi.O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda 2020 yilning yakuniga qadar:
14 yoshgacha bolalari bo'lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazishni;
bola 2 yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirishni;
moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazishni ta'minlash kabi vazifalar yuklatildi.Konstitutsiyamizning 40 moddasida belgilab qo'yilganidek, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. Pandemiya davrida ushbu konstitutsiyaviy me'yor to'la ta'minlanishini kafolatlash, ayniqsa, muhim sanaladi. Nafaqat milliy, balki xorijiy ekspertlar ham haqli e'tirof etganidek, mamlakatimiz aholi salomatligini saqlash, bemorlarga sifatli hamda tezkor tibbiy xizmat ko'rsatish, COVID-19 infektsiyasiga qarshi samarali kurash olib borish kabilar bo'yicha jahonning ko'plab davlatlariga o'rnak bo'la olmoqda. Yurtimizdagi barcha viloyat va shaharlarda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni xalqaro standartlar asosida davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari tashkil etildi. Natijada, O'zbekiston kasallikni jilovlashga muvaffaq bo'lib kelayotgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, mamlakatimizda koronavirusdan tuzalish ko'rsatkichi o'rtacha 90 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan me'yorlar pandemiya davrida ham mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishga asos bo'lmoqda. Shu bilan birga, bu boradagi chora-tadbirlar pandemiyaning rivojlanishiga bog'liq holda doimiy o'zgaruvchan va moslashuvchan bo'lishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, aholi orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ya'ni uy-joy sharoiti bo'lmagan oilalar qatlami uchun ajratilayotgan subsidiyalar miqdorini yanada ko'paytirish va moddiy yordamlarning haqiqatan ham muhtoj insonlarga yetib borishini ta'minlash, pandemiya sababli aholining iqtisodiy imkoniyatlari qisqarganini inobatga olib, uy-joy olish uchun ipoteka krediti foizi miqdorlarini kamaytirish kabi masalalar bo'yicha ham amaliy choralar ko'rish inson huquqlari kafolatlanishiga asos bo'ladi. Pandemiya ko‘p mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimi uchun juda qiyin davr bo‘ldi. Ish va tirikchilik vositalaridan mahrum bo‘lgan davrda ko‘plab odamlarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji oshdi. Bundan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari ijtimoiy masofani saqlash va infeksiya tarqalishini oldini oluvchi qo‘shimcha ehtiyot choralari qo‘llanilayotgan sharoitda o‘zgarishlarga uchradi.O‘zbekistonda kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj odamlarga keng ko‘lamli bir martalik ijtimoiy yordam mart oyida tashkil etilgan Inqirozga qarshi jamg‘armasidan ko‘rsatilmoqda. Uning ijtimoiy sohaga qaratilgan xarajatlari 11 avgust holatiga 2,56 trln so‘mni tashkil etdi, shundan 489 mlrd so‘m mablag‘ ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga sarflandi.
O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun ehtiyojmandlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan «temir daftar» ro‘yxati joriy qilindi. Ro‘yxat mahalla qo‘mitalari raislari tomonidan sektor rahbarlari bilan birgalikda shakllantiriladi. Mas’ul shaxslar ma’lumotni «temir daftar»ga elektron shaklda sakhovat.argos.uz saytida elektron imzo kaliti yordamida kiritadilar.
Xulosa
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni, shuningdek, mahalliy va chet elik ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eʼtibor xorijlik tadbirkorlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Jumladan, Eronning «Ehsan Maybod Manufacturing Group» (“EMG”) kompaniyasi rahbari Muhammad Taqi Holiqiy “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida bu boradagi ishlarni alohida eʼtirof etdi.
— Pandemiya sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «​Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatda faoliyat olib borayotgan barcha xorijiy investorlar, tadbirkorlar va ishbilarmon doira vakillari uchun muhim voqea bo‘ldi, — dedi Muhammad Taqi Holiqiy. — Ushbu hujjatlarda belgilangan imtiyozlar va hukumatning o‘z vaqtida ko‘rsatgan ko‘magi tufayli hozirgi kunda korxonada yuzaga kelgan og‘ir vaziyat muvaffaqiyatli yengib o‘tilmoqda. Jumladan, korxonamiz tomonidan o‘zlashtirilgan 7,2 million dollarlik kredit mablag‘lari bo‘yicha to‘lovlar muddati 5 oyga kechiktirildi. Shuningdek, har qanday qo‘shimcha to‘lovlar 6 oyga kechiktirilgani xorijiy investorlar uchun ayni muddao bo‘lganini qayd etish o‘rinli. Taʼkidlash joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat hamda mutasaddi davlat tashkilotlarining o‘z vazifalariga masʼuliyat bilan yondashayotgani tufayli pandemiya davrida O‘zbekiston iqtisodiy qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib o‘tmoqda.
“EMG” guruhi «Barchamiz mushtarak makonda istiqomat qilamiz» degan g‘oyadan kelib chiqib, O‘zbekistonni o‘z vatani sifatida qabul qilgan. Kelgusida yurtingizga kiritiladigan sarmoya miqdorini oshirish orqali yirik loyihalarni ro‘yobga chiqarish hamda yangi ish o‘rni yaratishni maqsad qilganmizMaʼlumot uchun, Eronning “EMG” kompaniyasi 2017 yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida keramik plitkalar ishlab chiqarish korxonasiga asos solgan.
Mazkur korxonaning umumiy investitsiya loyihasi qiymati 20 million AQSH dollarni tashkil etadi. Shundan 10,5 million AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘lib, qolgan 7,2 million AQSH dollari «ASIA ALLINCE BANK» tijorat banki kredit mablag‘lari hisoblanadi.
Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash butun dunyoda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham dolzarb masalaga aylandi. Shunday qiyin vaziyatda, davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi samarali sheriklik namoyon boʻlmoqda, yaʼni Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari birlashib, inqirozni yengib oʻtishga harakat qilinmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga koʻmak berish maqsadida ularning roʻyxati, yaʼni “Temir daftar” shakllantirildi. Biroq mahalla raislari obyektiv/subyektiv sabablarga koʻra, muayyan yordam oluvchilarni eʼtiborsiz qoldirgan, odamlar davlat koʻmagisiz qolgan holatlar ham uchradi. Bunday vaziyatda koʻpincha inson omili rol oʻynadi, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farovonligini baholash mezoni standartlashtirilmagani va koʻp hollarda subyektiv mezonlarga asoslangani koʻzga tashlandi. Masalan, “temir daftar”ga kiritish paytida mahalla xodimlari va sektorlar rahbarlari bir necha yil davomida toʻplangan mol-mulk (transport vositalari, koʻchmas mulk va boshqalar) asosida moddiy ahvolni baholashgani, ular oilalarning daromadsiz qolganini inobatga olishmaganini aytish mumkin.
“Ijtimoiy himoya”, “reabilitatsiya” kabi atamalar mohiyati yana-da chuqurlashdi. Bu hayotimiz holatini toʻliq baholash, aholi bilan ishlashda boshqaruv tamoyillarini oʻrganish, ijtimoiy himoya uchun masʼul boʻlgan davlat idoralari tarkibida oliy maʼlumotli xodimlarning yangi ish uslublarni oʻzlashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoya bilan shugʻullanuvchi kadrlarni 3 ta OTM tayyorlaydi. Har yili 900 dan ortiq bitiruvchi diplomga ega boʻladi, ammo aksariyat davlat idoralarida ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mavjud emas. Vaholanki, bu davlat idoralari uchun keng inson resursi boʻlishi mumkin. Mamlakatda muhtojlarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun ijtimoiy xodimlar tizimini yaratish kerak. Bunda ijtimoiy himoya nafaqat moddiy yordam shaklida, balki inqirozga uchragan oilalarga patronaj xizmati, yolgʻiz keksalarga, yetimlarga yordam va mehnat muhojirlari oilalari bilan ishlash shaklida ham boʻlishi mumkin.
Shuning uchun ham mamlakatda ishdan boʻshatishlarning katta toʻlqinini oldini olishga erishildi. Bunda tashkilot va kompaniyalar hukumatga moliyaviy muammolarga duch kelgani, ishchilarga oylik maosh toʻlay olmasligi va davlat tomonidan yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishadi.
Davlat esa bu majburiyatni zimmasiga oladi va maoshlarning 50-70 foizini toʻlab beradi (korxonaning faoliyat shakli, oila aʼzolari soni hisobga olinadi), bu bilan fuqarolarning ishdan boʻshatilishidan himoya qiladi.
Shu sababli O’zbekistonda ishsizlik past darajada saqlab qolindi, baʼzi firmalar endilikda ishchilari maoshlarining toʻlanmay qolgan qismini toʻlab berishmoqda. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari ham berilmoqda. Ehtiyojmand oilalarga ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilmoqda. Hozirgi pandemiya davrida yordamga muhtoj aholi qatlamini himoya qilish masalasida ayrim savollar yoki maʼlum bir noroziliklar boʻlmoqda. Bu masalada jarayonning shaffofligini taʼminlash uchun ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi ishlab chiqildi. Yaʼni himoyaga olish onlayn tizim orqali amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, pandemiya davrida aholini moddiy, nomoddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylarda ishchi guruhlar tashkil etildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning dastlabki roʻyxatlari shakllantirildi. Mazkur roʻyxatni onlayn tarzda yuritish, monitoring qilish maqsadida avtomatlashtirilgan “Saxovat.Argos.Uz” elektron dasturi ishga tushirildi. Endilikda yordamga muhtoj aholi qatlamining roʻyxatini mazkur dasturga kiritish, daromad manbasini aniqlash, mehnatga layoqatli qismining bandligi taʼminlash, ular doimiy daromadga ega boʻlgandan soʻng, “Temir daftar”dan chiqarish ishlari bevosita onlayn amalga oshirilmoqda. 640 601 913-ushbu raqam bugungi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni hisoblanadi. Shundan 6 616 337 nafari bu dunyoni tark etdi. 620,317,629 nafari esa sog’aydi. Bundan ko’rinib turibdiki ushbu kasallik dubyodagi eng katta yo’qotishlarga sabab bo’ldi.

Download 101,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish