Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 3,84 Mb.
bet10/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

Kobalt va uning biologik roli.
Temir kabi, kobalt ham muhim biogen elementlardan biri hisoblanadi. Katta yoshdagi odam organizmidagi kobaltning umumiy miqdori taxminan 1,5 mg atrofida boʻladi. 1 sutkada odam organizmiga kiritiladigan Co ning optimal miqdori 20-50 mkg ga teng.
Odam organizmida Co asosan В12 vitamini tarkibida boʻladi. Bu modda, gem singari makrotsiklik kompleks birikma boʻlib, bu yerda Co3+ ning koordinatsion soni 6 ga teng.
Makrotsiklik ligand sifatida tetradentat birikma-porfin ishtirok etadi. Bu yerda R- murakkab organik oʻrinbosar hisoblanadi. Siankobalamin analoglarida CN– anioni oʻrniga turli boshqa organik oʻrinbosarlar qatnashadi.



7-rasm. В12 vitaminining tuzilishi
В12 vitamini eritrotsitlarning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol oʻynaydi (eritropoeze). В12 vitamini tanqisligi (sutkasiga 3 mkg dan kam kirishi) og‘ir kasallik–xavfli anemiya (kamqonlilik) ni keltirib chiqaradi.Toksik dozasi inson uchun 500 mg.
Siankobalamin analoglari turli xil fermentlarning aktivator-kofaktorlari hisoblanishi aniqlangan (eritropoezda ishtirok etuvchi). Kofaktorlar yetishmasligi gemoglobin va eritrotsitlar tanqisligida namoyon boʻladi.
Kobalt kobalamin – koferment B12 tarkibiga kiradi (8-rasm). Bu endogen vitamin boʻlib, ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Kobalamin makrosikl – korrin xalqasini hosil qilib, nukleotid va demetilbenzimidazol bilan bogʻlanadi. Korrin xalqasidagi boʻshliqning markazini koordinatsion soni 5 ga teng boʻlgan Co atomi egallaydi, oltinchi koordinatsion oʻrnini esa (masalan, koferment B12 da) – CH2 – guruh orqali bogʻlangan 5-deoksiadenozin egallashi mumkin. Shunga asosan koferment B12 tabiiy metalloorganik birikmaga misol boʻladi. Agar oltinchi koordinatsion oʻrinni qandaydir boshqa oddiy ligandlar egallasa, akvakobalamin,gidroksokobalamin, sianokobalamin (vitamin B12) hosil boʻladi.
Kobalaminda Co atomi uch xil oksidlanish darajasini namoyon qiladi: +3, +2 va +1. Co (III) ning koordinatsion soni 6 ga, Co (II) niki esa 5 ga teng. kobalaminning asosiy fermentative ahamiyati H yoki CH3 radikallarini bioligandlar orasida tashish bilan bogʻliqdir. Boshqa kobalamin fermentlari izomerlanish (mutaza) va degidratlanish (liaza) hollarida radikallar almashinuvining katalizatorlari hisob-lanadi. Radikallar almashinuvi Co – C bogʻlarining susayishi bilan boshlanib, Co (II) va CH2R ning hosil boʻlishiga olib keladi. CH3 guruhining almashinish reaksiyasi Co (+1) ning yuqori nukleofilligiga asoslangan. Bu reaksiya metionin biosintezida va metan ishlab chiquvchi metanogen-bakteriyalar faoliyatida namoyon boʻladi. Kobalamin yuqori organizmlarning hayot faoliyati uchun muhim moddadir (odam uchun kuniga bir necha mg zarur), lekin u faqat mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Vitаmin B12 аsоsаn hаyvоnlаr vа kishilаr оrgаnizmidа kоbаmid kоfеrmеntlаri hоlаtidа uchrаydi. Ulаr оrgаnizmdаgi biоlоgik sistеmаlаrdа bоrаdigаn koʻplаb izоmеrizаsiyalаnish jаryonlаridа, хususаn fеrmеntаtiv, mоlеkulаlаr ichidаgi qаytа guruhlаnish rеаksiyalаridа qаtnаshаdi. Mаsаlаn, dеzоksiаdеnоzil - B12 L-glutаmin kislоtаsini -mеtil-L-аspаrаgin kislоtаsigаchа izоmеrlаshdа kаtаlizlоvchi fеrmеnt kоfаktоri sifаtidа хizmаt qilаdi.
Bundаn tаshqаri vitаmin B12 vа uning hоsilаlаri оqsil biоsintеzidа vа uglеvоdlаr аlmаshinuvidа qаtnаshаdilаr.
Oʻsimlik va hayvonlar В12 ni sintez qila olmaydilar. Uni bakteriyalarning ba’zi turlarigina ishlab chiqaradi. Odamning oshqozon-ichak traktida esa bunday bakteriyalar mavjud, boʻlib ular yetarli miqdordagi В12 vitaminini sintez qila oladilar. Anemiya (kamqonlilik) qonga ushbu vitaminning soʻrilishining buzilishi bilan bogʻliq.
Organizmga Co asosan ovqat orqali kiradi. Ayniqsa u jigarda, sutda, qizil lavlagida, rediskada, koʻk piyoz, karam, petrushka salat va chesnokda koʻproq boʻladi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish