Morfologik belgilariga - bakteriyalarning vegetativ tanasini, shakli (kokklar, tayoqchalar va boshqalar), ularning katta-kichikligi, spora hosil qilishi, xarakatchanligi, Gramm usulida bo‘yalishi kiradi.
Kultural belgilari - bakteriyalarning har xil oziqa muhitlarida o‘sish xususiyatlari demakdir. Oziqa muhitida mikroorganizmlarni o‘sish xususiyatlari - parda hosil qilishi (silliq, burishgan), loyqa hosil qilishi, cho‘kma hosil qilishi kuzatiladi. Oziqa muhitlarida koloniyalarning rangi, hajmi,
|
Koloniyalarning formasi: 1- doirasimon; 2-chetlari notekis doirasimon; 3- chetlari bo‘rtiq doirasimon; 4, 5-rizoidsimon; 6-chetlari rizoid ko‘rinishida; 7-amyobasimon; 8-ipsimon; 9-burmali; 10-noto‘g‘ri shoxlanish; 11-konsentrik; 12-murakkab.
|
|
Koloniyaning yon tomondan ko‘rinishi: 1-egri; 2-kratersimon; 3-g‘adir-budir; 4-substrat ichiga o‘suvchi; 5-tekis; 6-qavariq; 7-tomchisimon; 8-konussimon.
|
|
Koloniyaning chekkalari: 1-silliq; 2-to‘lqinsimon; 3-tishli; 4-parrakli (kurakli); 5-noto‘g‘ri uchlangan; 6-mayda tukli; 7-ipsimon; 8-tuk bilan qoplangan; 9-sershoxli.
|
ustki qismi, konsistensiyasi kuzatiladi. Ularning hajmi ularning diametri orqali aniqlanadi. Yirik diametri - 4 mm; o‘rtacha-2-4 mm; mayda- 1-2 mm bo‘ladi.
Fiziologik belgilariga - oziqlanish xarakteri: uglevod manbalarida (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar, spirtlar, moylar va hokazo): azot manbalaridan (oqsil, pepton, aminokislotalar, mineral azot tuzlari, erkin azotdan) foydalanadilar; uglevodlarda o‘sganda gaz, kislota va spirt hosil qiladi; nafas olish xarakteri – havo kislorodiga munosabatidir (aeroblar, anaeroblar, fakultativ anaeroblar).
Zamburug‘larni mikroskop orqali o‘rganish uchun sof kulturadan «ezilgan tomchi» preparati tayyorlanadi.
Buning uchun bir sutkali mukor kulturasidan yoki 2-3 sutkali aspergill va penitsill sof kulturalaridan preparat tayyorlanishi uchun foydalaniladi.
Preparat tayyorlashda mukorning kul rang boshchalaridan, aspergill va penitsilning esa koloniyalari markazidagi qoramtir, sariq, yashil rangli qismidan namuna olish tavsiya etiladi.
Zamburug‘larni mikroskopda ko‘rishda avval kichik ob’ektivda (8) topish va ularni yaxshilab kuzatish uchun esa o‘rtacha ob’ektivda (40) kuzatish kerak. Preparatda mukor zamburug‘ining sporangisporalari sharsimon, ellipssimon, tuxumsimon shaklda, shu sporalarni o‘zida saqlagan sporangiylar esa noksimon, sharsimon, tuxumsimon, silindrsimon shaklda bo‘lishi kuzatiladi. Aspergillning sporali yumaloq, tuxumsimon, ellips shaklida bo‘ladi. Uning sterigmalari kungaboqar gullarining yaproqlari kabi konidiybandlarining boshchasiga yopishgan bo‘ladi. Penitsillinning esa konidiylari, sterigma va metulalari konidiybandlari bilan birgalikda supurgi ko‘rinishida kuzatiladi.
Aktinomitsetlarni mikroskopda kuzatishda ular o‘stirilgan suyuq oziqa muhitidan surtma tayyorlanadi. Fiksatsiya qilingan surtma Pfeyffer fuksini bilan bo‘yaladi.
Preparatda aktinomitsetning bo‘yalgan turli tomonga tarqalgan yoki to‘planib qolgan ipsimon giflari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |